Asosiy makroiktisodiy ko`rsatkichlar va ularni xisoblash reja


Asosiy makroiktisodiy ayniyatlar


Download 158.01 Kb.
bet8/11
Sana22.06.2023
Hajmi158.01 Kb.
#1647607
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
ASOSIY MAKROIKTISODIY KO

7. Asosiy makroiktisodiy ayniyatlar.
Milliy iktisodiyot rivojlanishi jarayonlarida turli makroiktisodiy ko`rsatkichlar o`rtasida ma`lum proportsiyalar yoki tenglik ta`minlanishi lozim. Proportsiya atamasi aynan tenglikni bildirmasdan bir butunga nisbatan uning bo`laklarining nisbatini, yoki shu bo`laklar o`rtasidagi nisbatni bildiradi.Bunga mavzuimizning YAMTD ning yakuniy iste`mol va milliy jamgarishga bo`linishini misol kilib keltirish mumkin.
Odatda YAMTD xajmida yakuniy iste`mol xajmi yukori bo`ladi. Ammo mavzuning 4-savolida Xitoy Xalk Respublikasi misolida ko`rdikki milliy jamgarmalarning ulushi xam yukori bo`lishi mumkin ekan. Demak yakuniy iste`mol va milliy jamgarmalarning YAMTD dagi ulushi 3:1 proportsiyada xam, 2:1 proportsiyala xam bo`lishi mumkin ekan
SHu bilan birga iktisodiyotda muvozanat bo`lishi uchun ayrim ko`rsatkichlarning aynan teng bo`lishi talab etiladi. Turli makroiktisodiy ko`rsatkichlar, yoki ko`rsatkichlar guruxlari o`rtasidagi mavjud bo`ladigan, yoki mavjud bo`lishi iktisodiy konuniyat xisoblagan o`zaro tenglikka makroiktisodiy ayniyat deyiladi.
Xarajatlar va daromadlar ko`rinishida xisoblangan YAIM ko`rsatkichlarining o`zaro tengligi asosiy makroiktisodiy ayniyat xisoblanadi.
Y= C+ I + G + Xn
Ikkinchi bir makroiktisodiy ayniyat investitsiyalar va jamgarmalar o`rtasidagi tenglik xisoblanadi.
Investitsiyalar mikdori mamlakatdagi jamgarmalar mikdoriga boglik bo`ladi. Bu ikki ko`rsatkich o`rtasidagi tenglikka erishish makroiktisodiy barkarorlikka erishishning muxim shartidir.
Agarda, milliy iktisodiyot tashki dunyo bilan xech kanday alokaga ega emas (Xn = 0) va davlatning iktisodiyotga aralashuvi nolga teng (G=O), deb faraz kilinsa, unda YAIM orkali ifodalangan ishlab chikarish xajmi SHTD ga teng bo`ladi. YA`ni:
YAIM = SHTD = S + S, ayni paytda: YAIM = S + I
Bu erda makroiktisodiy ayniyat kuyidagi ko`rinishga ega bo`ladi:
S + I = S + S yoki I = S
Ushbu ayniyatdan ko`rinib turibdiki, uy xo`jaliklarining jamgarishga bo`lgan istaklari tadbirkorlikning kancha mikdorda investitsiyalash xoxishlariga mos tushsa, unda daromadlar xajmi (SKS) va yalpi xarajatlar (SKI) xajmiga tengligiga yoki ishlab chikarishning muvozanat darajasiga erishish mumkin.
Aytaylik, mamlakat iktisodiyoti ochik, ya`ni eksport-import alokalari yo`lga ko`yilgan, solik solish va transfert to`lovlari ko`rinishida davlat aralashuvi mavjud bo`lsin. Bunday xolatda jamgarish tushunchasi murakkablashib, kuyidagi ko`rinishga ega bo`ladi:

Download 158.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling