Asosiy ma’lumotlar Reja


Tayvan mamlakatida turizmning rivojlanish holati


Download 74.43 Kb.
bet8/10
Sana09.04.2023
Hajmi74.43 Kb.
#1344593
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
7-mavzu

7.6. Tayvan mamlakatida turizmning rivojlanish holati
Tayvan Xitoy Xalq Respublikasi viloyati, ammo alohida davlat sifatida faoliyat yuritadi. Tayvan asosiy bir orol va o’z atrofidagi bir qancha mayda orollardan iborat. Ikkinchi jahon urushidan so’ng mustaqil taraqqiyot yo’lidan bormoqda. Hududi 36.180 kv. km., aholisi 21,6 mln. kishiga yaqin. Poytaxti Taybey – 2.5 mln. ga yaqin aholi yashaydi. Jahondagi bir qancha davlatlar bu mamlakatning tan olishiga qaramay to’la mustaqillika ega emas.
XX asrning birinchi yarmida Xitoydagi siyosiy rivojlanish beqarorlikka yuz tutdi va natijada bu mamlakatda fuqarolar urushi kelib chiqadi. 1949 yilda bu urush kommunistlar g’alabasi bilan tugaydi. Mag’lub bo’lgan Xitoy zodagonlari Tayvanda o’z davlatlarini tuzishadi. Bu davlatning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, u yuqori taraqqiyot sur’atlariga ega va yangi industrial mamlakatlar guruhiga kiradi. Kichik bir mamlakatning eksport qudrati nihoyatda yuqori bo’lib, jahonda oldingi o’rinlardan birini egallagan. Valyuta zahiralari 80 mlrd. AQSh dollardan ortiq, iqtisodiy rivojlanishda besh yillik rejalardan foydalanadi. Temir yo’llari uzunligi 4600 km. atrofida, avtomobil yo’llarining uzunligi esa 20.1 ming km. Asosiy dengiz portlari: Gaosyun, Tszilun, Xualyan. Asosiy savdo sheriklari: AQSh, Yaponiya, Gonkong va XXR bilan ham bevosita savdo munosabatlarini olib boradi.
Tayvanga turistlar asosan Shou Tur, Teatr, madaniy hordiq, ot sporti hamda har yili o’tkaziladigan turli xil festivallarda ishtirok etish uchun kelishadi. Shuningdek Syanganda «Sun» imperatorligi davridan qolgan yodgorliklar saqlanib qolgan. Ularni ham ko’plab turistlar ziyorat qiladilar. Tayvan turizm bozorini: Yaponiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, AQSh, Tailand, Avstraliya, Koreya, Yangi Zelandiya mamlakatlari ta’minlaydi. Tayvan aholisi asosan: Singapur, Indoneziya, Xitoy, Tailand, Avstraliya, Filippin mamlakatlariga sayohatga chiqadilar.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, bu mamlakatning iqtisodiyoti rivojlanish tajribasini o’rganish boshqa mamlakatlar uchun xususan O’zbekiston uchun foydalidir.

Download 74.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling