Asosiy ma’lumotlar Reja


Koreya mamlakati turizmining o’ziga xosligi


Download 74.43 Kb.
bet7/10
Sana09.04.2023
Hajmi74.43 Kb.
#1344593
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
7-mavzu

7.5. Koreya mamlakati turizmining o’ziga xosligi
Koreya Respublikasi Koreya yarim oroli Osiyo qit’asining Sharqiy qismida joylashgan bo’lib, shimoldan janubga tomon uzunligi 800 km, g’arbdan sharqqa esa 360 km. dan 122 km. gacha cho’zilgan. Shimoliy tomondan KXDR bilan chegaradosh sharqiy tomoni Yapon dengizi esib turadi. Davlat landshafti xilma-xildir, ammo uning 70% maydoni tog’li hududlardir. Sohil tomonlarida 3 mingga yaqin orolchalarga ega. Iqlimi - mussonli iqlim, asosan bahor va kuzda ochiq havoli va bulutsizdir.
Poytaxti Seul shahri. Maydoni – 99.7 ming kv. km., aholisi – 51.5 mln. kishi (2020 - yil), tili - koreys, dini - buddizm, konfutsiylik, qisman xristianlik, pul birligi - von. Yirik shaharlari - Seul, Pusan, Techjon, Inchxon, Kvanju, Ulsan. Milliy bayramlari: 15 avgust - Koreya ozodligi kuni (1945 - yil) va 3 oktyabr - Davlatga asos solingan kun.
Transporti dunyoda eng rivojlangan transportlardan bo’lib jamoat transportlari mutloqo xavsiz va qulay. Janubiy Koreada jami 6 ta yirik aeroport bor. Dengiz transporti ham rivojlangan. Mokpxo va Xondo Pusan va Chedjudo Pxoxan va Ulindo shaharlarda parоmlar ishlaydi. Milliy transportlarning eng arzon turi poezd hisoblanadi. Poezdlarning 3 turi bor: superexpress eng maqul va qulay, tez yurar poezdlar va yo’lovchi poezdlar. Koreya Respublikasining temir yo’llari uzunligi 6.763 km, avtomobil yo’llari 63200 km, ichki suv yo’llari 1.609 km. Mamlakatda jami 97 ming km yo’l bor. Asosiy portlari: Pusan, Mokpxo. Shahar transporti juda rivojlangan tarmoqda ega. Koreya davlatini bugungi kunda «To’rt ajdarho» yoki «Osiyo yo’lbarsi» deb atashadi. Koreya yangi industrial mamlakatlar ichida yetakchi o’rinni egallaydi. Janubiy Koreyaning uyushmalari kundan-kunga rivojlanib, g’arbning yetakchi kompaniyalari bilan raqobatlashmoqda. Samsung, LJ, DEU kompaniyalari jahonning yirik 100 ta korporatsiyalari qatoridan o’rin olgan.
Koreya Respublikasida boshqa sohalar qatorida turizm sohasiga ham katta ahamiyat berilgan. Turistik potentsiali juda katta. Mamlakatda turistik imkoniyatlarni mahsulot sifatida ishlab chiqarishning o’ziga xos usul va uslublari o’zlashtirilib olingan. Xalqaro turizm mamlakat iqtisodiyotining eng serdaromad sohasiga aylangan.
Ko’rishga arziydigan eng mashhur joylar: Seuldagi Xyonmyotxal ibodatxonasi, 8 darvozali shahar devori qoldiqlari, Kyonbokkun saroyi majmuyi, Vongak ibodatxonasi pagodasi, muzeylari, Olimpiada o’yinlari qishlog’i, biznes turizm, akvarium, ta’tillarda Yaponiyadan do’stlar va qarindoshlar tashrifi. Xalqaro aeroporti va otellari.
Koreyaga nimaga borishadi – shifobaxsh mineral suvlar, toza qumli plyajlar, qadimiy dinastiyalarning ulug’vor yodgarliklari, a’lo darajadagi tog’ chang’i kurortlari, zamonaviy Seul, kaloritli Inchxon va Chedjudoning kurortli orollari uchun.Bu yana oltin bilan tonirovkalangan osmon o’par binolar, ikki boshli toshboqalar, mast buqalarning jangi, mandarinning 50 sorti, hamma joydagi Wi-Fi, pult bilan boshqariladigan unitazlar, qahrabo uchun dengizga sho’ng’iydigan sho’ng’uvchi – kampirlardir.
Janubiy Korea asosan tog’li hududlar bo’lib bu hududlarda tabiatning turli manzaralari shakillangan ekoturizmni rivojlantirish imkoniyatlari keng bo’lib, tog’li hududlarning bazilarida turistik infratuzilma shakllangan. Turistik hududlari asosan Seul va umuman shahar zonalari bo’lib hisoblanadi. Hunarmandchiligi yaxshi va ko’hna turlari saqlangan bo’lib hozirgacha davom etib kelmoqda, asosan qo’l ishanmalari ularning tub aholisini eslatadi. Qo’lda to’qilgan ipak tolali kiyimlari va h.
Seul – yirik megapolis, bu prezident rezidentsiyasi, Choson dinastiyasining qirollik qasrlari, juda ko’p madaniy tashkilotlar. Seul sayyohlar uchun qiziqarli va o’ziga tortuvchi joydir. Albatta nurga to’la baxt saroyini ko’rib chiqish kerak. Bu poytaxtdagi 5 ta saroydan biri va Choson sulolasi boshqargan paytlarda asosiy bo’lgan. U shu sulolani asoschisi tomonidan poytaxt Kenjudan Seulko’chirilgan vaqtlarda qurilgan edi. Saroy Кoreyaning qadimgi madaniyati bilan tanishtiradi. Yana bir diqqatga sazovor joyi Chixandokkun saroyidir. U manzarali Bivon bog’idan va qirol qarorgohidan tashkil topgan. Pusan esa o’z plyajlari bilan mashhur, Xeunde kurorti, Pomosa ehromlar kompleksi, shoping markaz Pusandjingy, Tonnegu davolash kompleksi. Chedjudo orollari go’zal peyzajlarga boy kurort. Inchxon gastronomik jannat, osmon o’par binolar, parklar. Yonpxyo’n esa tog’-chang’i kurorti, 5600 metrli (dunyoda eng uzun chang’i trassasi, 2018 olimpiadada ishlatilgan).
Mamlakatning 2018 yilda diqqatga sazavor joylarning top o’ntaligi: 1. Seuldagi Kyo’nbokkun qasrlar kompleksi; 2. Kamalak favora ko’prigi; 3. Seulning markaziy savdo ko’chasi – Myo’ndon; 4. Koreya respublikasining harbiy memoriali; 5. Seulning teleminorasi; 6. Seuldagi Chxandoxun qasri; 7. Xvason qasri; 8. Seulning Toksugun qasrlar kompleksi; 9. Chonmyo’ qasri va qirollar qabristoni; 10. Qadimgi buddizm ehromi Pomos. (manba: https://top10.travel/dostoprimechatelnosti-yuzhnoj-korei/).
Janubiy Koreyada xorijdan 2018 yilda 15.4 mln. turist kelgan. Xalqaro turizmdan 2018 yilda mamlakat 19.9 mlrd. dollar daromad ko’rgan. Koreya turizm bozorini asosan Yaponiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, AQSh, Tailand, Avstraliya, Yangi Zelandiya mamlakatlari ta’minlaydi.
Xorijga chiqqan turistlar soni 2018 yilda 28.7 mln. kishini tashkil etgan va ularning qilgan xarajati 34.8 mlrd. dollarni tashkil etgan. Koreya aholisi Singapur, Indoneziya, Xitoy, Tayvan, Tailand, Avstraliya, Yaponiya, Filippin mamlakatlariga sayohatlar uyushtiradilar.



Download 74.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling