Asosiy ma’lumotlar Reja
Sharqiy Osiyo mintaqasi turizmining o’ziga xosligi
Download 74.43 Kb.
|
7-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7.3. Xitoy Xalq Respublikasi turizmini tahlili
7.2. Sharqiy Osiyo mintaqasi turizmining o’ziga xosligi
Sharqiy Osiyoning mamlakatlari - Xitoy Xalq Respublikasi, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Gonkong, Makao va Tayvan xalqaro va milliy turizm sohasida juda katta natijalarga erishib kelmoqda. 1990 yilda Sharqiy Osiyo mamlakatlariga 28 mln. xorijiy turistlar tashrifi kuzatilgan bo’lsa, 1995 yilga kelib ularning soni 44.1 mln. kishiga etadi. Besh yil ichida o’sish sur’atlari 46.8% o’sganligi kuzatilgan. 2000 yil bu mamlakatlar turistik markazlariga 62.5 mln. xorijiy turistlar tashrif buyurgan. Buning asosiy sababi Sharqiy Osiyo mamlakatlarida turizm sanoatining yaxshi rivojlanganligidan dalolat beradi. 1990-2000 yillar oralig’ida xalqaro turistik tashriflar 162.8% ga o’sganligi kuzatilgan. Bu hududning turizm sohasida yuqori natijalarga erishishida, dunyoning eng qadimiy madaniyatiga ega bo’lgan «Buyuk sirli mamlakat» Xitoyning ulushi benihoya katta. Xitoyning Sharqiy Osiyo mamlakatlari ichidagi ulushi 50% ni, Osiyo va Tinch okeani mamlakatlari ichidagi ulushi 5.2% ni tashkil qilgan. Sharqiy Osiyo mamlakatlarida xalqaro turizmdan kelib tushgan tushumlar miqdori 47.9 mlrd. AQSh dollarini tashkil etgan. Xalqaro turizm tushumlari bo’yicha Osiyo va Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari ichida ulushi 50.6% ni, jahon turizm tushumlari ichidagi ulishi 10.1% ni tashkil qilgan. Dam olish va ko’ngil ochish maqsadidagi Sharqiy Osiyo mamlakatlarida xalqaro turizmda nisbatan yoshroq hodisa – yigirmanchi asrning 80 yillarida shakllana boshlagan. O’tgan vaqt ichida hududga qiziqish o’z dolzarbligini saqlab qolgan kirish turizmi vujudga keldi. Bu hududida turistik kelishlar tarkibi keng miqyosi va sezilarli me’yori Xitoyning xalqaro turizm bozori ahvoliga bog’liq. Hududda barcha kelishlarning uchdan bir qismi uning ulushiga to’g’ri keladi, agar Gonkong va Tayvan hududini qo’shsak – 50 % dan ziyodrog’i to’g’ri keladi. 7.3. Xitoy Xalq Respublikasi turizmini tahlili Xitoy doimo sayohat qilish uchun dunyoda eng jozibali mamlakat hisoblangan. Qadimiy tsivilizatsiya rivojlanishiga ko’ra, Xitoy 7 ming yillik ichida Qadimiy Misr, Bobil va Hindiston bilan bir qatorda turadi. Ba’zi bir narsalar esa, Xitoyda boshqa qadimiy tsivilizatsiyadan ko’ra avvalroq paydo bo’lgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, hozirgi kunda Xitoyda 5 mingdan ortiq tarixiy-madaniy yodgorliklar mavjud, ularning ko’plari chet elliklarda hayrat va ajablanish uyg’otadi. Eng mashhur yodgorliklardan biri esa, bu qariyib 8000 km.lik Buyuk Xitoy Devoridir. Mamlakat poytaxti Pekin shahri. Pekin, xitoyliklar o’z poytaxtlarini Beytszin deb atashadi, mazkur nom xitoy tilidan Shimoliy poytaxt deb tarjima qilinadi. Xitoy o’zining rejalashtirilishining qat’iy geometriyasi va ko’chalarining dunyoning tomonlariga ko’ra mo’ljallanishi bilan o’ziga e’tiborni tortadi. Shaharning yuragi dunyodagi eng katta hisoblangan Tyananmen maydonidir, u osmon sokinligi Darvozasidir. Mamlakat iqlimi - mussonli iqlim. Xitoyning katta qismi mo`tadil va subtropik mintaqalar chegalarida, janubiy qismi esa tropik mintaqasida joylashgan. Dunyodagi eng qadimiy millatlardan va davlatlardan biri. Davlat tuzumi - Xalq respublikasi. Davlat hokimiyatining oliy organi - Butun Xitoy xalq vakillari Kengashi. Maydoni – 9.6 mln. kv. km., aholisi - 1420 mln.kishi (2020 - yil), tili - xitoy, dini - buddizm, daosizm, konfutsiylik, 30 mln. musulmon bor, pul birligi - yuan. Yirik shaharlari: Pekin, Shanxay, Tyan - tszin, Lyuyda, Uxan, Chuntsin. XXR 1949 yil 1 oktyabrda tashkil topgan. Shuning uchun 1 Oktyabr milliy bayram sifatida bayram qilinadi. XXRning iqtisodi keyingi 40 - yilda doim o’sib kelmoqda va 2010 - yilda faqat AQSh dan keyinda qolib, nominal YaIM miqdori bo’yicha dunyoda 2-o’rinda turar edi. Xitoyning iqtisodiy xo’jalik yuritish tajribasi, bozor muammolari, moliya uslublari katta bir maktab, aholisi miqdoriga nisbatan kichik hududda beqiyos ko’p xalqni ish, moddiy ne’matlar, oziq-ovqat, kiyim-kechak bilan ta’minlash, ishlab chiqarish, ta’minot, iste’mol jarayonini boshqarish, madaniyatni ko’tarish, xalqaro bozor raqobatlariga dosh berish bu hazilakam ish emas. Bu o’ta uddaburonlik, epchillik, ishbilarmonlik, tadbirkorlik, ma’suliyat, idora qilish va mustahkam intizomni taqozo etadi. Bu borada xitoyliklardan o’rgansa va ibrat olsa arziydi. Xitoyda turizm so’ngi o’n yillikda juda ham tez rivojlanayotgan sohadir. Chet ellik turistlar tashrifi bo’yicha Xitoy dunoda 3-o’rinda turadi. Undan keladigan daromad bo’yicha esa 4-o’rinda turadi(pandemiyadan oldingi holat). Xitoyning sayohatgohlarini 3 guruhga bo’lsak bo’ladi: tabiat obyektlari, tarixiy obidalar va milliy an’analar obyektlari. Buddizm va Daosizmda Xitoy Muqaddas Tog’lar maqomini quyidagi besh cho’qqi kiritiladi: sharqda Tayshan, janubda Xenshan, g’arbda Xuanshan, shimolda Xen va markazda Sunshan. Szyuchjaygou milliy bog’i, Sichuan provinsiyasidagi Xuangoushu sharsharasi, Guansi-Chjuan avtonom rayonidagi Guylin shahar okrugi manzaralari ham diqqatga sarovor joylardir. Yantszi daryosi ham shular jumlasidandir. Xitoyning uzoq yillik tarixi ko’plab yodgorliklar va shaharlarni qoldirdi. Xitoydagi eng ko’p turistlar tashrif buyuradigan shaharlar 54tani tashkil etadi. Buyuk Xitoy Devori esa eng mashhur turistik maskan va Xitoyning milliy ramzi bo’lib hisoblanadi. Bundan tashqari Buyuk Ipak Yo’li ham ko’plab sayohalrning diqqatini o’ziga qaratadi. Xenan provinsiyasida Shaolin monastiri joylashgan. Bu monastir dzen-buddizmning va shaolin ushusi jang san’atining vatanidir. Xitoy sayohat va turizm bozorini rivojlanishini yuksaltirgan bir necha omillar mavjud: nufuzga, obro’ - e’tiborga erishish yaxshigina qonuniy qolibga qo`yilgan, viza jarayonlari osonlashtirilgan va valyuta kurslari qulaylashtirilgan. Xitoy – juda ko’p tarixiy yodgorliklarga boy mamlakat. Jahon ahamiyatiga ega, ulardan 240 tasi davlat himoyasidadir. Tarixiy va inqilobiy an’analariga boy bo’lgan 24 shahar daxlsiz deb e’lon qilingan. YUNESKOning xalqaro yodgorliklari ro’yxatidan Xitoyning 41ta obyektlari o’rin egallagan. Bulardan 29tasi madaniy, 8tasi tabiiy va 4tasi aralash kriteriyalarga bo’lingan. Bu obyektlar quyidagilar: Yopiq Shahar, Mukden saroyi, Terrakota armiyasi, Mogao ibodatxonasi, Tayshabn tog’i, Pekin odami qoldig’ari, Buyuk Xitoy Devori, Uzun Devor, Xuanshan tog’lari qo’riqxonasi, Xuanlun viloyati, Tszyuchjaygou vodiysi, Ulinyuan viloyati, Udanshan tog’aridagi qadimiy qurollar, Potala saroyi tarixiy ansambli va boshqalar. Xitoyning eng mashhur diqqatga sazovor joylari: Shanxay hududida eng mashhur me’moriy-peyzajli ansambl YuyYuan parki (Shodlik bog’i) hisoblanadi. Bu mumtoz xitoy uslubidagi bog’ janubcha hislati bilan ajratib, 400 - yildan ortiq tarixga ega. Nefrit Budda ibodatxonasi, Lunxuasi monastiri, Shanxay teleminorasi, “Syuyji” va “Minyue” maydonlari, Shanxay muzeyi, Shanxay katta teatri, Shanxay tsirki. Butun jahon merosining bir qismi hisoblangan noyob yodgorliklari va tabiiy hududlarining soni bo’yicha Xitoy dunyoda Ispaniya va Italiyadan keyin uchinchi o’rinni egallaydi. Xitoyning diqqatga sazovor joylariga quyidagilar kiradi: - Qadimgi Kogure qirolligi poytaxti xarobalari va uning hukmdorlari qabrlari (shimoliy-sharqiy Szilin provintsiyasi); - Sin dinastiyasi imperatorlari va ular ajdodlarining 3 ta qabri (shimoliy-sharqiy Lyaonin viloyati); - Sin dinastiyasining birinchi va ikkinchi imperatorlarining saroyi majmualari (Lyaonin viloyati). Pekin dunyodagi qadimiy shaharlardan biri va XXR ning poytaxti, butun dunyoga mashhur madaniy va tarixiy markaz. Xitoy poytaxtining markazida juda chiroyli diqqatga sazovor joy bor – “Qirmizi ta’qiqlangan shahar”, hozirda bu Gugun muzeyi va o’timshda bu bino Xitoy imperatorlarining qarorgohi bo’lgan. Ba’zilar, qadimgi Xitoyning eng noyob durdonalaridan biri bu – Samo Ibodatxonasi deb biladilar. Mazkur ibodatxona Samo uchun qurbonlik qilishga xizmat qilgan. U 500 yillar avval qurilgan. Xitoyda imperatorlarni “Samo O’g’li” deb ataganlar. Samo Ibodatxonasida yana bitta diqqatga sazovor joy bor, u - Aks – sado beruvchi devor. Pekinning diqqatga sazavor joylari: Buyuk Xitoy devori, Yozgi saroy, Xitoyning ajralmas mo’jiza – Pekin operasi hisoblanadi. Min va Sin sulolalarining imperator saroylari va Shenyan (Mukden saroyi, Syanshan (Xushbo’y balandliklar), Lama ibodatxonasi, Osmon ibodatxonasi, Imperator bog’i, Tyananmen maydoni. Sayyohlik yo’nalishlari va turlari: Xitoy insoniyat tsivilizatsiyasining qadimiy madaniyat beshiklaridan biri bo’lganligi sabab, turistlarning asosiy qismi shu maqsadda tashrif buyurishadi. Xitoyning arxeologiyasi va me’morchiligi juda boy va rang-barang. U Xetao, Yanshao, Lunshan – kabi ibtidoiy madaniyat manzilgohlari bilan mashhur. "Buyuk ipak yo’li" ob’ektlari, dinlari, davlatchiligi, san’ati, hunarmandchilik markazlari, chinni idishlari, ipak matolar ham juda mahshurdir. Pekinda Imperatorlar saroylari, Gugun muzeyi, Tyan Tan ibodatxonasi, Buyuk Xitoy devori, Yozgi Imperator saroyi, Min sulolasi davri yer osti qabrlari, zooparki, parklari, akvaparklar. Shanxay: dengiz porti, Yuyfoslar ibodatxonasi, "Sharq marvaridi" teleminorasi, Yuyyuan parki, muzeyi, akvanarium, dengiz qirg’oqlari, pionerlar saroyi kabi qator ob’yektlari bilan mashhur. Loyan: tosh g’ori, Denfen shahridagi Shaolin monastiriga ekskursiyasi, Gunfu ta’limoti. Urumchi: "Xun Shan" parki, "Nan Shan" yaylovi. Gonkong: yirik port, savdo, moliyaviy va turizm markazi, shop tur, madaniy (opera, teatr) turlati, istirohat bog’lari, ot sporti, festivallar va okeanarium bilan mashhur. Gonkong hududida zoologiya va botanika bog’lari, Repalz Bey, Dip Uoter Bey va Stenli plyajlari joylashgan. Tsim Sha Tsui (Kaulun yarimoroli) – bu yerda Gonkongning madaniy markazi – Kosmonavtika muzeyi, Tarix muzeyi, mashhur Peninsula mehmonxonasi va “Devor bilan o’ralgan shahar” joylashgan. Makao esa kazinolar markazi. Turistlarning Gonkong orqali katerlarda tashrifi mavjud. Shanxay – nafaqat Xitoyning, balki jahonning eng yirik yirik shaharlardan biri, Yantszi daryosi deltasida joylashgan. XXRning markaziy bo’ysunishdagi to’rtta shahridan biri, mamlakatning muhim moliyaviy va madaniy markazi, shuningdek dunyodagi eng yirik dengiz porti. Shanxayning eng mashhur ko’ngilochar markazi Paramount Hall (“Yuzlab ajoyibliklar darvozasi”) bo’lgan Nefrit Budda qasri bilan mashhurdir. Shanxay shahrida Xitoyning yangi reformasi yangi cho’qqilarga chiqmoqda. Mazkur ko’tarilishning ramzi bo’lib Xuanpu daryosi ko’prigi, Shanxay teleminorasi, “Sharq durdonalari”nomlariga ega bo’lgan, metropoliten, yomg’irdan keyin bodrab chiqqan qo’ziqorinlarga o’xshaydigan osmono’par binolar va ofislar ham o’tadi. Shanxay o’zining xalqaro ahamiyatga ega megapolisi atmosferasi bilan jalb etadi. Nankinda juda ko’p o’rta asr inshootlari, shu jumladan Min davri shahar devori, qasrlar va budda ibodatxonalari, shuningdek Xitoy Respublikasining birinchi prezidenti Sun Yatsenning mavzoleyi saqlanib qolgan. Guanchjouning ziyoratgoh va diqqatga sazovor joylari: Chjenxaylou uyi (Dengizni tinchlantirish uyi), Yuesyu parki, Sun Yatsenning memorial saroyi, Bayyun tog’i, Guansyaosi ibodatxonasi, Yuntay bog’- qo’rg’oni, Guanchjou Okeanariumi. Qadimgi Xitoy qurilmalaridan biri esa, bu “Muallaq Ibodatxona”dir (Shansi provintsiyasi). Uning qurilishini 1500 yil avval boshlaganlar. Mazkur 3 qavatli ibodatxona haqiqatan ham toqqa yopishgan holda muallaq tarzda osilib turadi. Pastda u uzun ustunlarga tayanib turadi, uning tepa qismi esa, yerdan 50 metrdan ortiqroq uzoqlikda joylashgan. Leshan shahridagi Buddaning tosh haykali (Sichuan) – Buddaning dunyodagi eng katta tasviri bo’lib hisoblanadi. U to’g’ridan–to’g’ri qoyaga osilgan, 71 metr uzunlikda va 28 metr kenglikda turibdi. Uning qurilishiga 90 yil ketgan. Tyantzin esa o`zining baliqchilik sanoati bilan mashhur bo`lib, mazkur shahar XIII asrda baliqchilar qishloqchasida joylashgan. U Xyanxe daryosining quyilish joyida joylashgan. Zamonaviy Tyantszin – Xitoyning uchinchi o’rindagi sanoat markazidir. Qadimgi Sian shahrida imperator Sinshixuanning maqbarasidan askarlar va otlarning terrakotadan yasalgan figuralaridan iborat noyob muzey bor. Chjoukoudyan yaqinida esa YUNYESKOning madaniy meroslar ro’yxatiga kiritilgan noyob arxeologik uchastkalar – odamning eng qadimgi shakllari qoldiqlari topilgan joy joylashgan. Suchjouda imperator dinastiyasining ko’pgina avlodlari tomonidan barpo etilgan va yaxshi holatda saqlanib qolgan 100 dan ortiq park ansambllari mavjud. Pekinning janubiy-sharqida mashhur Tyanshan tog’i – daosizmning izzat-hurmat qilinadigan muqaddas joy, Konfutsiy ibodatxonasi va Yanshengun rezidentsiyasining me’moriy bog’ majmui bor. Pinyao shahri YUNYESKOning jahon merosi ro’yxatiga kiritilgan va qadimgi shahar devori (1370 y.), Vanfosi (X asr) ning yog’och paviloni bo’lgan Chjengosi ibodatxonasi, Shuolinsi (571 y.) va Sinsyuyguan (657 y.) ibodatxonalari hamda juda ko’p monastirlari bilan mashhur. Litszyan shahrining YuNYeSKOning jahon merosi ro’yxatidan o’rin olgan diqqatga sazovor joyi rangbarang tosh plitalar yotqizilgan ko’cha – Sifan maydoni – qadimdagi Ipak va Choy savdo yo’llarining markazlaridan biri hisoblanadi. Qadimgi Ipak yo’li bo’yicha sayohat Chan’an (Sian) shahridan boshlanadi va O’rta Osiyodan o’tib, O’rta yer dengizining sharqiy qirg’og’igacha o’tadi. Sayyohlar Sintszyanning uchta mashhur doralarida, Yantszi daryosida, Sansyadagi Emey tog’ida va Szyuchjaygou davlat qo’riqxonasida borib kelishlari mumkin. Mogao va Binlinsi g’ordagi ibodatxonalar, Maytszishan tog’laridagi g’orlar; Szyayuyguan zastavasi – Buyuk Xitoy devorining oxirgi nuqtasi, lamaistlarning Taersi ibodatxonasi, Gaochan shaharchasining xarobalari bilan tanishishingiz mumkin bo’ladi. Shenchjen – Guanchjou provintsiyasining janubiy qismidagi qirqoqdagi shahar, qirg’oq chizig’i uzunligi 230 km. Shenchjen erkin iqtisodiy hudud deb e’lon qilingandan so’ng shahar Xitoyning e’tirof etilgan sayohatchilarning “Makka” siga aylandi. Bu yerda Xitoydagi turmush darajasi eng yuqorisiga erishildi. Shenchjenda hayot tunda boshlanadi – shahardagi madaniy hayotni xususiy kompaniyalar boshqaradi, xilma-xillik ana shu bilan izohlanadi: raqs zallari, diskotekalar, karaoke, choyxonalar, barlar mavjud. Tashrif buyuruvchilarning ko’pchiligi bo’sh vaqtlarini Shenchjen shahrida Renminnanlu (Renmin Nanlu) va Szyanshelu (Jianshe Lu) ko’chalaridagi do’konlarda va restoranlarda o’tkazadi. Szinsyuchjunxua, Xitoy milliy madaniyati qishlog’i, Okeanariy, “Minsk” avianosetsi. Xaynan – Xitoyning janubida joylashgan katta tropik oroldir. Orol hududi 33.920 kv.km ni tashkil etadi. Xaynan Gavaya orollari bilan bir xil kenglikda joylashgan va shu sababli “Sharqiy Gavaya” deb ham ataladi. Xaynan Xitoyning janubidagi provintsiyasi hisoblanadi. Uning poytaxti va eng yirik shahri – Xaykou. Qirg’oq chizig’ining uzunligi 209 km, qumli plyajlar, kokosli o’rmonlar, gavanlar va ko’rfazchalar, g’orlar – bularning hammasi shaharga o’ziga xos jozibadorlikni baxsh etadi. Xaynan – kattaligi bo’yicha ikkinchi (Tayvandan keyin) va Xitoyda tropik iqlimiga ega bo’lgan oroldir. Xaynan orolining havosi sof va shifobaxshdir. Xaynan orolining iqlimi yumshoq, tropik, orolda yil bo’yi yoz bo’ladi. Turistik diqqatga sazovor joylari: Oroldagi qo’ltiq ko’rfazlar: Dadongxay ko’rfazi va Sanyavan ko’rfazi, “Nanshan” madaniy-sayyohlik hududi, “Luxueytou” parki, Okeanarium, timsohlar pitomnigi, dengiz zooparki, Chig’anoqlar muzeyi, Kapalaklar darasi, “Dunyoning oxiri”. Xitoyning buddizm va daoizmda muqaddas sanaladigan besh tog’- g’arbda Tyan-Shan, janubda Xenshan, sharqda Xuansahan, shimolda Xen, markazda Shandun tog’i. Suchuandagi Tszyuchjaygou milliy parki, Guychjoyudagi Xuangoushu sharsharasi, Tyanchi ko’li, yantsizi daryosidagi, Uch dovon (Tsyutan, Silin, U). Tarix va madaniyat yodgorliklari: Buyuk Xitoy devori (8ming km.dan uzun), Mogao g’ori (bu g’orda 2100dan ortiq haykallar bor), Shaolin monastiri (495 yil qurilgan), Udanshandagi daoizm monastir va ehromlari, Lushan madaniyati (5-6 ming yoshli arxeologik yodgorliklar). Xullas, Xitoyda tarixiy obida va kpo’rishga arziydigan joylarning son-sanog’i yo’q. Xitoyning 2018 yilda diqqatga sazavor joylarining top o’ntaligi: 1. Biyuk Xitoy devori (dunyoning yetti mo’jizasidan biri deb tan olingan ob’yaekt); 2. Siandagi askarlar haykali (terrakt armiya, 2000 ming yil yer ostida yotgan, 1974 yil qazib olingan); 3. Pekindagi “Taqiqlangan shahar” (560 yil davomida 24 imperatorga rezidentsiya bo’lgan); 4. Shanxaydagi Vaytan dengiz bo’yi (18-19 asrlarda shaharning rivojlangan rayoni bo’lgan); 5. Guylindagi Li daryosi (daryo bo’ylab karst landshaftlari); 6. Chendudagi Katta pandalar markazi (noyob va mamlakat simvoliga aylangan hayvon asraladigan joy); 7. Xuanshan (milliy parkning sariq tog’lari, Xitoyning eng go’zal tog’lari hisoblanadi); 8. Tibet poytaxti Lxasadagi Potala qasri (Dalay-lamalar muziyi bilan mashhur); 9. Gonkongdagi Viktoriya gavani (eski shaharning yuragi, 1888 yildagi tramvayi bilan mashhur); 10. Xanchjoudagi Sixu ko’li. Xitoyda turizmi tarixiga nazar solsak, u to’liq parvozlar va qulashlardan iborat. 1923 yil tijoriy banklaridan birida turizm bo’limi ochiladi. Keyinchalik u mustaqil korxona – Xitoy turistik byurosi sifatida ajralib chiqadi. U Xitoyning yirik shaharlarida 20 dan ortiq bo’limlar ochadi. Shuningdek, ayrim Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlarda uning filallari mavjud edi. Ammo, iqtisodiy jihatdan ancha qoloq bo’lgan mamlakat, buning ustiga fuqarolar urushi holatida bo’lgan Xitoy turistik yo’nalishlarda jalb etuvchi davlat bo’lolmasdi. Xitoy Xalq Respublikasi e’lon qilinganidan (1949 yil) so’ng Xitoy turizmi tarixida yangi davr boshlandi. Xitoyliklarning xorijdan qaytish oqimi jadal o’sdi, ular asosan Gonkong va Makaodan qaytib kela boshlashdi. Ular XXRga qarindoshlari bilan uchrashish, ekskursiyaga va mamlakatdagi vaziyat bilan tanishish maqsadida kelishardi. Bundan tashqari, sobiq SSSR va Sharqiy Yevropa mamlakatlari bilan turizm sohasida hamkorlik kengaydi. Ayrim G’arbiy Yevropa mamlakatlar bilan, jumladan, Frantsiya turistik tashkiloti ishchanlik aloqalari o’rnatildi. 1956-1958 yillarda XXRga 10 mingdan ortiq turistlar tashrif buyurdilar. 60-yillar Xitoy uchun siyosat va iqtisodiyotda o’sish, xalqaro maydonda ijobiy o’zgarishlar davri bo’ldi. 1964 yil XXR davlat kengashi boshlig’i Chjou Enlay Yevropa, Osiyo, Afrika bo’ylab 14 mamlakatga safar uyushtirdi. Xitoy va Frantsiya mamlakatlari o’rtasida diplomatik munosabatlar o’rnatildi. Xitoyni Pokiston bilan bog’lovchi avialiniya ochildi. Bularning barchasi turistik kelishlar o’sishiga imkon berdi. 1965 yil Xitoyda bo’lgan xorijiy turistlar soni rekord darajasiga – 13 ming kishiga yetdi. Xitoydagi «Madaniy inqilob» (1966 yil) turistik almashinuvlarning qisqarishiga olib keldi. Faqat 1971 yilda Xitoy Ruminiya va Yugoslaviya bilan turizm sohasidagi hamkorlikni qayta tiklashga muvaffaq bo’ldi. Xuddi o’sha yili Xitoyga birinchi Amerika turistlari – bor – yo’g’i 30 kishi tashrif buyurdi. Xitoy turizmining haqiqiy uyg’onish davri 70-yillar bo’ldi. Xitoy ochiqlik va islohotlar sari qadam qo’ydi. Mamlakat jahon turistik bozoriga chiqdi. Avval boshda Milliy turistik ma’muriyat keng reklama kompanisi olib borgani yo’q. Shunga qarmasdan, Xitoyga tashrif buyurishni xohlovchilar juda ko’p bo’lib chiqdi. Xitoyda boshqa sohalar singari turizm sohasi ham jadal tez sur’atlarda rivojlanib bormoqda. Xitoy Osiyo va Tinch okeani mintaqasidagi asosiy turistik mamlakatlardan biri bo’lib hisoblanadi. Xitoy dunyoning eng qadimiy madaniyatiga ega bo’lgan mamlakat. Xitoy barcha chet elliklar uchun qadimiy madaniyatga ega bo’lgan «Buyuk Sirli» mamlakatga aylanib bormoqda. 1978 yildan boshlab Xitoy o’z iqtisodiyotini zamonaviylashtirishga harakat qilgan holda turistlar uchun «Ochiq eshiklar» siyosatini yurgaza boshladi. Xitoy Xalq Respublikasining bunday siyosat yurgazishining asosiy sababi – mamlakatga chet el valyutasini oqib kirishi kerak edi. Xitoyda 1978 yildan boshlab misli ko’rilmagan o’zgarishlar ro’y berdi. Ayniqsa mamlakatda iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilganligi butun dunyo e’tiborini o’ziga tortdi. 1983-1989 yillargacha turizm Xitoy uchun chet el valyutalari tushumining eng asosiy manbai bo’lib hisoblanar edi. Bu muddat ichida Xitoy Xalq Respublikasining boshqa mamlakatlar bilan bo’lgan o’zaro aloqalari o’zgara boshladi. 1987 yildan boshlab esa Tayvan aholisi Gonkong orqali Xitoy Xalq Respublikasiga sayohatlar qila boshladi. 1990 yilda XXRga 27 mln. chet el turistlari tashrif buyurgan bo’lsa, ularning 25 mln. nafarini Tayvan, Gonkong, Makaodan kelgan turistlar tashkil etgan edi. 1980 yillarning oxirlariga kelib XXRga chet el turistlari tashrifi sonining o’sishi pasaya boshladi. Buning asosiy sababi – mamlakatda turizm sanoati yaxshi rivojlanmaganligi edi. Turizm menejmenti umuman yo’lga qo’yilmagan edi. Bu esa o’z navbatida zamonaviy talablarga javob beruvchi o’rta va oliy darajadagi yangi mehmonxonalar qurilishiga sabab bo’ldi. Bunga chet el kapitali ham jalb qilindi. Turizmni yanada rivojlantirish uchun aeroportlar, temir yo’l, transport qurilishlariga ko’proq e’tibor qaratildi. 1979-1988 y.y. Xitoyga yo’naltirilgan asosiy turistik oqim AQSh va Yaponiyada shakllanadi. Tashrif buyuruvchilarning har uchinchisi yapon, har beshinchisi amerikalik edi. Xitoyga turistik kelishlarning yarimini ularning ulushi tashkil qilardi. Keyinchalik ular qatoridan G’arbiy Yevropa mamlakatlari – Frantsiya, Buyuk Britaniya, GFR va Janubiy-Sharqiy Osiyodan – Tailand, Singapur va Filippin joy oldi. Ulardan keyin Avstraliya va kanadaliklar kela boshlahdi. 1989 yildagi «qayta qurish» tufayli sobiq Sovet Ittifoqi va XXR o’rtasidagi chegaralar ochildi hamda mamlakatga ko’plab sovet fuqarolari ham tashrif buyura boshlashdi. Ularning tashriflaridan asosiy maqsad «Shop tur» edi. Mamlakatda turizmni rivojlantirish maqsadida turistlar uchun maxsus turistik hududlar tashkil qilina boshlandi. 1982 yilda bunday turistik hududlar soni 122 tani tashkil etgan bo’lsa, 1990 yilda ularning soni 500 taga yetkazildi. Xitoyning shimoliy-sharqida ham markazidagi turistik hududlarda asosiy tarixiy va madaniy yodgorliklar joylashgan bo’lsa, janubiy turistik hududlarda dam olish, hordiq chiqarish maskani sifatida so’lim va go’zal oromgohlar bunyod etilgan. Bir vaqtning o’zida turistlarning kirish oqimi tarkibida o’zagarishlar ko’zga tashlandi. Xitoyga turistik oqimlarni ta’minlab turgan mamlakatlar qatoriga Malayziya, Koreya Respublikasi, Mug’iliston va MDH mamlakatlari qo’shildi. Xitoy asta-sekin ichki hududiy turizm ustunligiga erishishni mo’ljallab bordi. Bu tendentsiya ayniqsa 90-yillar oxirida yaqqol ko’zga tashlanadi. O’shanda mamlakatga tevarak-atrofdan kirish turistik oqim 60 % ni tashkil etdi. 1997 yilda Gonkong Xitoy tarkibiga qayta qo’shildi. Unga Xitoy ichida o’z tuzumini 50 yilgacha saqlab qolish imkoniyatiga ega bo’lgan avtonomiya berildi. Hozirgi kunda turizm Gonkong avtonomiyasida chet el valyuta tushumi manbai sifatida 3-o’rinni egallaydi. Gonkongga xorijiy turistlar asosan shoptur, madaniy hordiq, sport asosan ot sporti hamda har yili o’tkaziladigan turli xil festivallarda ishtirok etish uchun kelishadi. Shuningdek Gonkongda «Sun» imperatorligi davridan saqlanib qolgan madaniy yodgorliklarni ziyorat qilish uchun ham ko’plab xorijiy turistlar tashrif buyuradi. Hozirgi kunda Xitoy turistik markazlariga asosan Yaponiya, Buyuk Britaniya, AQSh, Olmoniya, Koreya, Tailand, Avstraliya, Yangi Zelandiya fuqarolari tashrif buyurmoqda. Xitoyliklar esa, asosan Tailand, Filippin, Indoneziya, Singapur va Yaponiya mamlakatlariga turistik sayohatlarga chiqadilar. Xitoyda turizmni rivojlantirishga qaratilgan siyosatning o’ziga xos tomoni unda «arzon narxlar» siyosati qo’llanilayapti. Jahon bo’yicha har bir turist o’z sayohati davomida o’rtacha 675 AQSh dollari sarflasa, Osiyo va Tinch okeani mintaqasida har bir turist o’rtacha 720 AQSh dollar sarflaydi, Xitoyda esa har bir turist 2002 yil ma’lumotlari bo’yicha 552 AQSh dollar miqdorida mablag’ sarfladi. Keyingi paytda o’zgarishlar nafaqat XXPdagi turizm geografiyasida, balki xorijiy turistlar talablarida ham ro’y berdi. Agar ilgari amerikaliklar va yevropaliklar Pekin - Shanxay – Sian – Gumlin yo’nalishida sayohat qilishgan bo’lsalar, XXR sarhadlarini tark etgan ba’zilari Gonkong orqali yana Guanjouga ham tashrif buyurdilar. Ammo, Xitoy yovvoyi tabiatdan bahra olish, mamlakatda o’tkazilayotgan islohotlar bilan tanishish, xitoyliklar turmush tarzi bilan tanishishni istovchilar safarlari ko’paydi. Xitoyning mashhurligi, turizm industriyasini har qanday tashrif buyuruvchining xilma-xil istak – xohishlarini qondira olishi tufayli keluvchilar soni yil sayin ko’payib bormoqda. Xitoy hukumati 20 asrning oxirgi o’n yili mobaynida xalqaro turizmni rivojlantirishga katta e’tibor bergan. Agar Xitoy 1990 yil turistik kelishlari bo’yicha dunyoda 12-o’rinni egallagan bo’lsa, 1995 yilda 8-o’ringa chiqdi, 1999 yilda esa birinchi beshlikka kirdi. BTT ma’lumotlariga ko’ra, Xitoyda 1999 yili 14 mln. kelish qayd etildi. Gonkong qo’shib hisoblanganda esa – 21 mln. kishini tashkil qildi. 21 asrning ikki o’n yilligida esa jahonda to’rtinchi o’ringa o’rnashib oldi. Hozirgi paytda Xitoy bu ko’rsatkichlar bo’yicha Osiyo mamlakatlari ro’yxati boshida turibdi. Uchinchi ming yillik boshida nafaqat Osiyo-Tinch okeani mintaqasida, balki butun dunyoda yetakchilik qilish sari qadam tashlayapti. BTT prognozlari bo’yicha, 21 asrning 20 yillari o’rtalariga borib Xitoyda kirish oqimi (Gonkongni qo’shib hisoblanganda) 200 mln. dan oshib ketadi, bu AQShga, Frantsiyaga va Ispaniyaga nisbatan qaraganda 2-2.5 marta, Italiya va Buyuk Britaniyaga nisbatan 4 marta ko’pdir. Bugungi kunda Xitoyda 1364 xalqaro turistik agentlik bor, ulardan 249tasi Pekin, Shanxay, Tyantszin va Chuntsin shaharlarida joylashgan. Ular Xitoy Turistik Xizmatiga hisobot topshirishadi. Butun Xitoy hududi bo’ylab xalqaro standartlarga javob beradigan ko’plab mehmonxona va restoranlar qurilgan. Bugungi kunda Xitoydagi 9751ta mehmonxonalar “yulduzli” reytingga ega. Xitoyga 2018 yilda xorijdan kelgan turistlar soni 62.9 mln. kishini tashkil etgan. Xalqaro turizmda ko’rilgan daromad o’sha yili 40.4 mlrd. dollarni tashkil etgan (ikkala ko’rsatgich bo’yicha ham dunyoda birinchi o’rinda). Mamlakatdan xorijga chiqqan turistlar soni 2018 yilda 149.7 mln. kishini taskil etgan va ular qilgan xarajat bir yilda 277.4 mlrd.dollarni tashkil etgan, bu dunyuda eng katta xarajat hisoblanadi. Download 74.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling