Asosiy ma’lumotlar Reja
Osiyo va Tinch okeani mintaqasida turizm harakatlarining rivojlanish dinamikasi
Download 74.43 Kb.
|
7-mavzu
7.1. Osiyo va Tinch okeani mintaqasida turizm harakatlarining rivojlanish dinamikasi
Osiyo tabiati nihoyatda xilma-xilligi bilangina emas, balki keskin tafovutlari bilan ham ajralib turadi. Yer sharidagi eng baland tog’ cho`qqisi - Jomolungma (8848 m) va quruqlikdagi eng chuqur botig’ O`lik dengizi (-395 m) shimoliy yarim sharning sovuqlik qutbi (Oymakonda) va Mesopotamiyaning jazirama issiq o`lkalari shu yerdadir. Osiyoda yer yuzasining 3/4 qismi yassi tog’liklardan va tog’ tizmalaridan iborat bo`lib, tez-tez zilzilalar takrorlanib turadi. Osiyo va Tinch okeani mintaqasi o`zining takrorlanmas rekratsion resurslari va tabiat manzaralari bilangina emas, balki yuqori darajadagi servis xizmati bilan ham alohida ajralib turadi. Mintaqada turizmga sarflanadigan xarajatlar miqdori Yevropa va Amerikaga nisbatan kamligi bilan xaraterlanadi. Yevropa va Amerika mintaqasidagi mamlakatlardan farqli ravishda Osiyo va Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari, turizm sohasida o’zining yuqori darajada tez rivojlanishi bilan ajralib turadi. Ikkinchi jahon urushidan keyingi davr Osiyo-Tinch Okeani hududidagi mamlakatlar iqtisodiyoti uchun o’ziga xos “sakrash” yillari bo’ldi. Ko’p yillar mobaynida o’rtacha va qoloq bo’lib kelgan davlatlar tarixan qisqa vaqt ichida ulkan yutuqlarga erishdilar. Yigirmanchi asrning 70-yillari oxiriga kelib, Singapur va Gonkong sharqiy Osiyodagi eng yirik moliya markaziga aylanishdi. 1980 yillar o’rtasiga kelib Gonkongning chet ellardagi to’g’ridan-to’g’ri kapital qo’yilmalari 2 mlrd. dollarni, Singapurda esa – 1 mlrd. dollarni tashkil qildi. Mintaqaning ayrim mamlakatlarida keyingi yillarda aniqrog’i 1990 yildan boshlab turizm industriyasi nihoyatda tez sur’atlarda rivojlana boshladi. Ayniqsa Xitoy va uning boshqa hududlari hisoblangan Gonkong, Makao va Tayvan shuningdek, Malayziya, Tailand, Singapur, Koreya respublikasi, Avstraliya, Yaponiya, Indoneziya, Yangi Zelandiya, Filippin mamlakatlari turizm sohasida juda katta natijalarga erishib kelmoqda. Keyingi 50 yil mobaynida Janubiy - Sharqiy (birinchi navbatda ASEAN uyushmasi, unga Osiyodagi to’rtta «Ajdarho»dan biri – Singapur, shuningdek, «Yangi to’lqin», yangi industrial mamlakatlar – Malayziya, Indoneziya, Tailand, Bruney va Filippin mamlakatlari kiradi.) va Sharqiy Osiy mamlakatlari (oldin Yaponiya, keyin Janubiy Koreya, va undan keyin esa Xitoy) muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Ushbu guruh doirasida o’zaro hamkorlik va integratsiya jarayonlarini amalga oshirib hamma sohalar bo’yicha iqtisodiy o’sish va rivojlanishga erishmoqdalar. Osiyo hududida 42 ta va Okeaniyada 20dan ortiq davlat joylashgan. Ikkinchi jahon urushi davrigacha ularning ko’p qismi mustamlaka davlat bo’lgan bo’lsa, hozirda deyarli hammasi mustaqil davlatdir. Territoriyaning katta bo’lishi turistlar harakatining cheklanmaganligi turizm uchun qulayliklar yaratadi. Osiyo qit’asi turizmi yaqin kelajakda dunyoda yetakchi regionga aylanadi. Buning asosiy sababi Osiyo mamlakatlari iqtisodiyoti tezlikda juda tez rivojlanayotgan hudud hisoblanadi. Ayrim mamlakatlarning rivojlanishi va ixtisoslashish darajasidagi farqi Yevropadagiga nisbatan Osiyoda yaqqolroq aks etgan. Ko’p mamlakatlar feodal munosabatlardan kapitalizmga o’tish bosqichini boshdan kechirmoqda. Ayniqsa quyidagi yangi industrial mamlakatlarning iqtisodiyoti juda tez rivojlanmoqda: Koreya Respublikasi, Tayvan, Singapur, Malayziya, Tayland hamda Xitoy va Hindiston. Fors ko’rfazi neft chiqaruvchi mamlakatlarida ham iqtisodiyot juda yuqori sur’atda rivojlanmoqda. Ularning ko’pida rivojlangan mamlakatlar transnastional korporatsiyalari bilan uzviy bog’liq bo’lgan yirik milliy burjuaziya shakllangan. Bugungi kunda bu mamlakatlar (hududlar) eng avvalo o’zining ekzotik tabiati, cho’milish – plyajda dam olish imkoniyatlari bilan turistlarni jalb etmoqda. Bundan tashqari, BAA, Gonkong va Sigapur a’lo shopping taklif qilmoqda. Tayland eng gavjum turistik yo’nalish bo’lib qoldi. Yaponiya, Koreya Respublikasi, Tailand va Tayvanda ko’ngilochar turizm ham yaxshi rivojlangan. Butunjahon Turizm Tashkiloti ma’lumotlariga ko’ra, jahon bo’yicha keyingi yigirma yilda turistik oqimning o’rtacha yillik o’sishi Yevropa mintaqasida 3,1%, Yaqin Sharqda 6,9%, Janubiy Osiyoda 6,4%, Osiyo-Tinch okeani mintaqasida 7,7%ni tashkil etdi. Download 74.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling