Osiyo Tinch okeani mintaqasi va Janubiy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyoti va mamlakatshunosligi
Download 255.93 Kb.
|
jahon xojaligi va milliy iqtisodiyotda xalqaro moliyaviy iqtisodiy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: Jahon xo’jaligi va milliy iqtisodiyotda xalqaro moliyaviy iqtisodiy tashkilotlarning ahamiyati
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTAMAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI Toshkent davlat sharqshunoslik instituti “Osiyo – Tinch okeani mintaqasi va Janubiy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyoti va mamlakatshunosligi” kafedrasi KURS ISHIMavzu: Jahon xo’jaligi va milliy iqtisodiyotda xalqaro moliyaviy iqtisodiy tashkilotlarning ahamiyati(Islom taraqqiyot banki misolida) 5231000 – Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlaktshunosligi yo’nalishi Bajardi: 3-kurs ingliz – urdu guruhi talabasi Bekmuratova S.U Himoyaga ruhsat etildi:_________________________ Ilmiy rahbar: i.f.n Xusanov Ch.K Hay’at xulosasi:_______________________________ TOSHKENT-2015 MUNDARIJA: KIRISH…………………………………………………………....3-4 I.BOB. MILLIY IQTISODIYOT RIVOJLANISHIDA XALQARO TASHKILOTLARNING ROLI……………………………………….5-11 1.1. Xalqaro tashkilotlarning turlari va vazifalari………………….5-7 1.2. Xalqaro moliyaviy – iqtisodiy tashkilotlarning jahon xo’jaligida tutgan o’rni………………………………………………………………............8-11 II.BOB. ISLOM TARAQQIYOT BANKI VA UNING MAMLAKATLAR IQTISODIYOTIDAGI AHAMIYATI…………..12-23 2.1. Islom taraqqiyot banki va uning faoliyat mehanizmi…………...12-17 2.2.Islom taraqqiyot banki va a’zo mamlakatlar o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlarning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari…………….....18-23 XULOSA……………………………………………………………..24-25 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI………………26-27 KIRISH Kurs ishining dolzarbligi: Hozirgi kunda davlatlararo har tomonlama hamkorlikning bir ko’rinishi sifatida xalqaro tashkilotlar va fondlarning ahamiyati ortib bormoqda. Ular siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy sohalarda umumiy tusdagi maqsadlarga erishish uchun davlatlar, milliy institutlar, nodavlat assotsiatsiyalarini birlashtiradi. Xalqaro tashkilotlar o’z faoliyatini har tomonlama muvofiqlashtirish uchun o’z fondlarini tashkil etadilar. Bu fondlar orqali ma’lum bir davlat iqtisodiyoti yoki uning tarmoqlari moliyalashtiriladi. Mamlakatimiz ham qator xalqaro tashkilotlarning a’zo hisoblanib, har yili yurtimizda xalqaro nufuzli tadbirlar uyushtiriladi. Prezidentimiz Islom Karimov O’zbekistonning jahon xo’jaligidagi o’rni haqida shunday deganlar: “ Uzoq muddatli istiqbolga mo’ljallangan, mamlakatimizning salohiyati, qudrati va iqtisodiyotimizning raqobatdoshligini oshirishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadigan navbatdagi muhim ustuvor yo’nalish-bu asosiy yetakchi sohalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, transport va infratuzilma kommunikatsiyalarini rivojlantirishga qaratilgan strategik ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun faol investitsiya siyosatini olib borishdan iborat. Dunyodagi mashhur va nufuzli kompaniyalar, Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki, Islom taraqqiyot banki, Janubiy Koreya, Yaponiya taraqqiyot banklari singari moliya institutlari, qator arab davlatlarining investitsiya fondlari va boshqa xorijiy tashkilotlar yuqori qo’shimcha qiymatga ega bo’lgan, yuksak texnologiyalarga asoslangan mahsulotlar ishlab chiqarish bo’yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirishda bizning yirik hamkorlarimiz bo’lmoqda”1 Download 255.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling