Osiyo Tinch okeani mintaqasi va Janubiy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyoti va mamlakatshunosligi


Download 255.93 Kb.
bet8/10
Sana18.06.2023
Hajmi255.93 Kb.
#1588705
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
jahon xojaligi va milliy iqtisodiyotda xalqaro moliyaviy iqtisodiy

2.1.3-rasm

Manba: www.isdb.org/ IDB Group Data
Izoh: ITB guruhi kapitali a’zo mamlakatlarning daromadlarini ortishi bilan proporsional ravishda ortib boradi. Joriy 2015 yilning oxiriga kelib, bu ko’rsatkich 108 mlrd AQSH dollariga yetishi ko’zda tutilmoqda. Tashkilot mablag’I 1975 yildan beri ancha oshgan bo’lib, bu 224 foizga oshgan demakdir. 2013 yil 22 maydan ITB ustav kapitalini 3 marta ga, ya’ni 150 mlrd AQSH dollariga oshirdi. Bundan ko’zlangan maqsad shuki, tashkilotga a’zo bo’lgan va bo’lmagan mamlakatlardagi musulmon xalqini qo’llab –quvvatlashdan iborat.
Saudiya Arabistonining bankka qo’ygan mablag’i bank kapitalining to’rtdan bir qismini tashkil etadi.
2.1.4-rasm

Manba: www.isdb.org/ IDB Group Data
Izoh: Jadval ma’lumotlari asosida shuni ko’rish mumkinki, bankning asosiy kapitalining 43 foizi energetika sohasiga jalb qilinar ekan. Bunga sabab shuki, tashkilotga a’zo davlatlar asosan energetika mahsulotlariga boy hisoblanadi. ITB ning asosiy ta’minotchi davlatlari bo’lgan Saudiya Arabistoni, Eron, Qatar davlatlari neft xom ashyosiga juda boydir. Keying o’rinda 11,9 foiz bilan moliya sohasi turadi, undan keyin esa sanoat asosiy o’rinlardan birini egallaydi. Eng kam mablag’ ajratiladigan soha ko’chmas mulk hamda informatika va aloqa sohasi hisoblanib,ularning ulushi bir foizdan ham kamroqdir.
2.2 Islom taraqqiyot banki va a’zo mamlakatlar o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlarning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari
Islom Taraqqiyot Banki dastlab tashkil etilganida unga 22 ta davlat a’zo bo’lgan bo’lib, bugungi kunda ularning soni 56 taga yetgan. Ularning tarkibi quyidagicha:

      • Afrika – 27 ta

      • Osiyo – 26 ta

      • Lotin Amerikasi - 1 ta

      • Yevropa – 2 ta

2.2 1-jadval
ITB ga a’zo davlatlar ro’yxati




1

Afg’oniston

29

Misr




2

Albaniya

30

Morokko

3

Aljir

31

Mozambika

4

BAA

32

Niger

5

Bahreyn

33

Nigeriya

6

Bangladesh

34

Ozarbayjon

7

Benin

35

Oman

8

Bruney

36

Pokiston

9

Burkina-Faso

37

Qatar

10

Eron

38

Qozog’iston

11

Falastin

39

Qirg’iziston

12

Gabon

40

Quvayt

13

Gambiya

41

Saudiya Arabistoni

14

Gviniya

42

Senegal

15

Gviniya-Bisau

43

Serra-Leone

16

Indoneziya

44

Somali

17

Iordaniya

45

Sudan

18

Iroq

46

Surinam

19

Jibuti

47

Suriya

20

Kamerun

48

Tojikiston

21

Komorlar

49

Togo

22

Kot d’Ivuar

40

Tunis

23

Livan

51

Turkiya

24

Liviya

52

Turkmaniston

25

Malayziya

53

Uganda

26

Maldiva

54

Yaman

27

Mali

55

O’zbekiston

28

Mavritaniya

56

Chad

Manba: http://www.un.org

Mamlakatlar bankka aksiyador sifatida a’zo bo’lib kiradi. Bankda
davlatlarning ulushi turlicha bo’lib, eng katta ulushga eg a’zolar arab davlatlari hisoblanadi. Ular quyidagi jadvalda ko’rsatib o’tilgan.
2.2.2-jadval Mamlakatlarning ITBdagi ulushi
A ksioner davlatlar Qo’yilgan Umumiy Umumiy kapitaldan miqdor kapital (% ulush (dinor)
(dinor) da)
Saudiya Arabistoni 368,513 26.57 3,685,129,984
Libiya 147,824 10.66 1,478,240,000
Eron 129,334 9.32 1,293,340,032
Misr 127,867 9.22 1,278,669,952
Turkiya 116,586 8.41 1,165,859,968
BAA 104,596 7.54 1,045,960,000
Qozog’iston 1,929 0.14 19,290,000
O’zbekiston 250 0.02 2,500,000
Manba:www. isdb.org
Yuqoridagi jadvaldan ko’rinib turibdiki, ITB kapitali tarkibiga eng katta ulushni Saudiya Arabistoni kiritgan bo’lib, bu uch yarim trillion dinardan ortiq, ya’ni umumiy kapitalning 26.57 foizini tashkil qiladi. Saudiya Arabistoni donor mamlakatlardan biri hisoblanadi. Bundan tashqari O’zbekiston va qo’shni Qozog’iston, Tojikistonning ham ulushi mavjud bo’lib, shundan mamlakatimizning umumiy kapitaldagi qiymati 0.02 foizni, ya’ni 2 yarim ming dinarni tashkil etadi.
Tashkilotga a’zo mamlakatlar o’zlarining vakillari orqali bank boshqaruvida ishtirok etishadi. Bankning yuqori organi boshqaruv kengashi va quyi organi esa direktorlar kengashi deb yuritiladi. 8
Direktorlar kengashi 18 kishidan iborat bo’lib, uning yarmini ITB ustav kapitalida ko’proq ulushga ega bo’lgan davlatlar, qolgan yarmini esa uncha ulushi katta bo’lmagan a’zo davlat vakillari tashkil etadi.9
Islom Taraqqiyot Banki umumiy hodimlar soni 189 tani tashkil qiladi.
Bankning asosiy maqsadi tashkilotga a’zo va a’zo bo’lmagan musulmon davlatlarining iqtisodiy rivojlanishiga ko’maklashish va musulmon xalqining turmush tarzini yaxshilashga qaratilgan. Bu bora ITB guruhi quyidagi sohalarda o’z xizmatlarini ko’rsatadi:
Loyihalarni moliyalashtirish:

  • Davlat, jamoaviy( suveren)

  • Xususiy (suveren bo’lmagan)

  • Davlat – xususiy xamkorlikda (PPP)

Eksport krediti va investitsiyalarni sug’urtalash
Fond va aktivlar boshqaruvi
Islom moliyaviy xizmat muhitini rivojlantirish
A’zo mamalaktlar o’rtasidagi savdoni moliyalashtirish
Texnik hamkorlik va salohiyatni rivojlantirish
Islom iqtisodiyoti va tadqiqot moliyasi Shuningdek, mahsus faoliyat:
Fan va texnoligik dasturlar
Ta’limiy dasturlar
Maxsus ko’maklar
Ushbu maqsadlardan kelib chiqqan holda bank har yili bir qancha dasturlarni amalga oshiradi.
Hozirgi kunda O’zbekistonda ham ushbu loyihalar asosida bir qancha ishlar olib borilmoqda va bu quyidagi jadvalda keltirilgan:

Download 255.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling