Osiyo Tinch okeani mintaqasi va Janubiy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyoti va mamlakatshunosligi


Download 255.93 Kb.
bet2/10
Sana18.06.2023
Hajmi255.93 Kb.
#1588705
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
jahon xojaligi va milliy iqtisodiyotda xalqaro moliyaviy iqtisodiy

Kurs ishining maqsadi: Xalqaro moliyaviy – iqtisodiy tashkilotlar faoliyatini o’rganish, ularning jahon xo’jaligida tutgan o’rnini aniqlash va kelgusida rivojlanish istiqbollarini ko’rib chiqish, Islom taraqqiyot banki faoliyati bilan tanishishdan iborat.
Kurs ishining vazifalari:

  • Milliy iqtisodiyot rivojlanishida moliyaviy – iqtisodiy tashkilotlarning rolini aniqlash;

  • Moliyaviy – iqtisodiy tashkilotlarning jahon xo’jaligida tutgan o’rnini aniqlash;

  • Jahon taraqqiyot banki faoliyati bilan tanishish;

  • Moliyaviy – iqtisodiy tashkilotlar, xususan, Islom taraqqiyot bankining kelgusida rivojlanish istiqbollarini tahlil qilish.

Kurs ishining obyekti: xalqaro tashkilotlar va Islom taraqqiyot banki kurs ishining obekti bo’lib hisoblanadi.
Kurs ishining predmeti: xalqaro tashkilotlar, ular tarkibiga kiruvchi moliyaviy – iqtisodiy tashkilotlar, alohida Islom taraqqiyot banki, ularning faoliyat yo’nalishlari va jahon xo’jaligidagi tutgan o’rni mazkur kurs ishining predmetidir.
Kurs ishining tuzilish tarkibi: Mazkur kurs ishi kirish,ikkita bob va uning tarkibiga kiruvchi to’rtta bo’lim, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan tarkib topgan.

I.BOB. MILLIY IQTISODIYOT RIVOJLANISHIDA XALQARO TASHKILOTLARNING ROLI 1.1. Xalqaro tashkilotlarning turlari va vazifalari


Xalqaro tashkilotlar - davlatlarning yoki hukumat qaramogʻida boʻlmagan milliy jamiyat (assotsiatsiya)larning siyosiy, iqisodiy, ijtimoiy, fan-texnika, madaniyat va shu kabi sohalarda umumiy maqsadlarga erishish uchun tuzilgan uyushmasi, davlatlar oʻrtasidagi koʻp tomonlama hamkorlikning eng muhim shakllaridan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda xalqaro tashkilotlarning soni 4 mingdan ortiq boʻlib, 300 tasi hukumatlararo tashkilotdir. Xalqaro tashkilotlar oʻziga xos bir qancha xususiyatlari bilan ajralib turadi. Jumladan, xalqaro tashkilotlarning tuzilmasi, asosiy maqsad va tashkilot faoliyatining yoʻnalishlarini belgilab beruvchi taʼsis hujjati (ustavi) boʻladi. Bunday tashkilotlar doimiy yoki vaqti-vaqti bilan faoliyat yuritadi, koʻp tomonlama muzokaralar va muammolarni muhokama qilish ular faoliyatining asosiy usuli hisoblanadi. Qarorlar ovoz berish yoki konsensus yoʻli bilan qabul qilinadi va ular odatda, tavsiyaviy kuchga ega boʻladi. Hukumatlararo xalqaro tashkilotlar va nohukumat xalqaro tashkilotlar, shuningdek, umumjahon va mintaqaviy tashkilotlar farqlanadi.2
Xalqaro tashkilotlar tashkilot, ittifoq, jamgʻarma, bank, agentlik, markaz va va boshqa nomlar bilan ataladi.
Davlatlararo kelishuvlar asosida ishtirokchi davlatlarning yagona moliya va kredit siyosatlarini amalga oshirish uchun pul mablag’larining davlatlararo maqsadli fondlari tuziladi. Davlatlararo fondlar (tashkilotlar) daromadlarini shakllantirish usullari va moliyalashtirish tusiga ko’ra bir qancha turlarga bo’linadi.

Download 255.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling