Asosiy mundarijaga o'tish


Mavzu: Gap (gap asosini aniqlash). Darsning maqsadi


Download 308.63 Kb.
bet23/25
Sana27.12.2022
Hajmi308.63 Kb.
#1069303
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
ona tili o\' m

Mavzu: Gap (gap asosini aniqlash).
Darsning maqsadi:
1. o`quvchilarda gap kim yoki nima haqida aytilganini (egani) va u haqda nima deyilganini bildirgan so'zni (kesimni) gapdantopish ko'nikmasini shakllantirish.
2. Nutqdan gapni ajratish ko'nikmasini o'stirish.
3. O'quvchilarni o'z fikrini aniq, tushunarli va ravon ifodalashga o'rgatish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi dars
Darsning metodi: suhbat, izlanish metodi
Darsning borishi
1. Uy vazifasi tekshiriladi.
2. ,,Gap" mavzusi esga tushiriladi.
O'quvchilar diqqatiga quyidagi gaplar havola qilinadi:
1. O'qituvchi bolalarni o'qitadi.
2. Kuzda har xil mevalar pishadi.
3. Tikuvchi kiyimlarni tikadi.
4. O'quvchilar kitoblarni sevib o'qiydilar.
—Gap nimalardan tashkil topadi?
—Og'zaki nutqda biz bir gapni ikkinchisidan qanday ajratamiz?
—Yozuvda gapning boshi va oxiri qanday belgilanadi? O'qituvchi yuqoridagi savol-javobdan so'ng, o'quvchilar javobini umumlashtiradi:
— Demak, gap tugallangan mazmun bildiradi. Gap oxiriga uning mazmuniga qarab nuqta, so'roq va undov belgisi qo'yiladi. Gap so'zlardan tuzilib, uning birinchi so'zi bosh harf bilanyoziladi.
3. O'qituvchi o'quvchilar diqqatini jadvaiga qaratadi. Har bir «ap quyidagicha tahlil qilinadi:
- Birinchi gapda kim haqida aytilgan?
- O'qituvchi so'ziga savoi bering? (Kim?) Uning tagiga bir chiziq chizamiz (O'qituvchi jadvaiga chizadi).
- O'qituvchi haqida nima deyilgan?
- O'qitadi so'ziga savol bering (nima qiladi?). Uning tagiga ikki chiziq chizamiz (O'qituvchi jadvaiga chizadi).
- Ikkinchi gap nima haqida aytilganligini qaysi so'z bildiryapti? (Mevalar) Bu so'zga savol bering (nimalar?). Tagiga chizamiz.
- Mevalar haqida nima deyilgan? (pishadi) Tagiga chiziladi. Shu tariqa keyingi gaplar ham tahlil qilinadi. Shundan so'ng
o'qituvchi tagiga chizilgan so'zlar gapning asosiy mazmunini bildirishini, yana shunday so'zlar ishtirokisiz gap hosil bo'lmasligini, agar gapning asosini bildinivchi so'zlardan loaqal bittasi ham gapda ishtirok etmasa, gap mazmun jihatdan yakunlanmay qolishi yoki noaniq bo'lib qolishi tushuntiriladi. Bu holatlar misollar bilan ko'rsatiladi. Masalan, O'quvchilar maktabga boradilar gapida gapning asoslaridan biri - o'quvchilar so'zi tushib qolsa, gapimiz noaniq bo'lib qoladi o'quvchilar haqida nima deyilgan so'z (boradilar) tushib qolsa gap mazmun ifodalamaydi. So'ng darslikdagi qoida o'qitiladi.
4. Darslik bilan ishlash. 261-mashq yozma balariladi. O'quvchi­
lar matnda nechta gap mavjudligini, gapning grammatik asoslarini
o qituvchi yordamida topadilar va ularning tagiga chizadilar. 262-mashq yuqoridagi mashq asosida o'quvchilar tomonidan mustaqil balariladi (Bunda o'quvchilar ushbu mashqni maxsus mustaqil ish daftarlariga yozib o'qituvchiga topshiradilar).
5. Jadval asosida og'zaki mashq.

Kim? bemorlarni davolaydi.

Nima? sichqonlarni tutadi.

Nima? yukni tashiydi.

O'qituvchi gapdagi so'roqlar o'rniga qo'yish uchun kerakli bo'lgan so zlarning rasmlarini ko'rsatadi (shifokor, mushuk, tuya). O'quvchilar tayanch so'zlar yordamida gaplarni o'qiydilar va gaplar og'zaki tahlil qilinadi.
6. Taxminiy tayyorgarlik ko'rib, bog'lanishli gap tuzish va uni
Texnik vosita orqali ,,Bog'bonlarga yordam" lavhalari ko'rsatiladi va hikoya yozish topshiriladi. Gap tuzishda har bir so'zni takroriy ishlatishning oldini olish uchun ma'nosi yaqin so'zlardan foydalanish tushuntiriladi (masalan: bolalar, qizlar, o'quvchilar, o'rtoqlar). Bu so'zlar xattaxtaga yozib qo'yiladi.
7. Uyga vazifa qilib 263-mashq beriladi. O'qituvchi uyga vazifani qanday balarishni tushuntiradi.

Download 308.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling