Asosiy qism Bozor sharoitida mehnat taklifi


Ishlab chiqarish bilan iste’molni bog’lash funktsiyasi


Download 27.15 Kb.
bet3/5
Sana09.06.2023
Hajmi27.15 Kb.
#1472378
1   2   3   4   5
Bog'liq
referat 12345

1.Ishlab chiqarish bilan iste’molni bog’lash funktsiyasi. Iqtisodiy faoliyat ishlab chiqarishdan boshlanib, iste’mol bilan tugallanadi. Masalan, vertolyot zavodi uchish apparatini chiqaradi, ammo o’z ishchilari uchun oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joy yaratmaydi, stanoklar, vertolyot uchun metall plasmassa, bo’yoq elektr qismlarini ham tayyorlamaydi. Zavod vertolyotini bozordr sotib, pulni ishchilarga maosh qilib beradi, ular iste’mol bozoridan tirikchilik tovarlarini sotib oladilar. Zavod ishlab chiqarish uchun zarur narsalarni ham sotib oladi. Demak, bozor orqali har xil iste’mol qondiriladi.
2.Qiymatni tovar shaklidan pul shakliga aylantirish funktsiyasi. Tovarni ishlab chiqarish uchun mehnat sarflanadi, ishlab chiqarish uchun mehnat sarflanadi, shu mehnat qiyomatni shakllantiradi. Qiymat ish kuchi va moddiy resurslar sarfidan iborat. Tovar bozorga chiqishiga qadar mehnat moddiy shaklda (masalan, ovqat, kiyim, stanok, yoqilg’i va hokazo) bo’ladi, bozorda sotilgan, undagi mehnat ma’lum miqdordagi pulga aylanadi, ya’ni tovar o’zining pul ekvivalentini topadi (ekvivalent-miqdoriy tenglik) va qiymat pul shakliga kiradi. 
3.Ishlab chiqarishni yangilashga shart-sharoit hozirlash funktsiyasi. Korxonalar bozordan o’zlariga kerakli resurslar topadilar, stanoklar, xom ashe, yoqilg’i, har xil materiallar xarid etadilar. Ular mehnat (ish kuchi) bozoridan ishchilarni yollab ishlatadilar, bozordan kerakli axborot va har xil ishlab chiqarish uchun zarur xizmatlarni ham topadilar. Bu resurslarning iste’moli esa ishlab chiqarishning yangidan boshlanishini bildiradi. 
4.Iqtisodiyotni tartiblash funktsiyasi. Bu vazifani bozor imexanizmi bajaradi. «Nimani qancha ishlab chiqarish kerak?» degan savolga bozor javob beradi. Tovarlarni bozorda chaqqon o’tishi yoki kasodligi, tovarning qimmatlashuvi yoki arzonlashuvi, ularning qanchalik kerakli yoki zarur emasligini ko’rsatadi. Bozor barometr singari iqtisodiyotdagi «ob-havodan» darak beradi. Tovar o’tmasa, demak, u kerak emas, uni ishlab chiqarish to’xtatiladi. Tovarchaqqon sotilsa va yaxshi foyda olinsa, uni ishlab chiqarish o’sadi. Tovar mo’ljallangan narxdan arzonroq narxda, lekin yaxshi sotilsa, bu tovarga ketgan sarf-harajatlarni kamaytirish zarurligini anglatadi. Bozor mexanizmi bamisoli qo’l singari iqtisodiyotni u yoki bu tomonga burib turadi. 

Download 27.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling