Asosiy qism mehnatga haq tolashning shakllari va tizimlari hamda ularni hujjatlashtirish
Mehnat haqi boyicha hisoblashishlar, ularni rasmiylashtirish va foydalanishni nazorat qilish
Download 223.5 Kb.
|
Mehnat tatilini hisoblash tartibi
4. Mehnat haqi boyicha hisoblashishlar, ularni rasmiylashtirish va foydalanishni nazorat qilishOzbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksiga binoan ishchi va xizmatchilarga ish haqi bir oyda kamida bir marta beriladi. Ayrim hollarda xodimlarning alohida kategoriyalari uchun Ozbekiston Hukumati tomonidan ish haqi tolash boyicha boshqa muddatlar belgilanishi mumkin. Oyning birinchi yarmiga ish haqi hisoblashning avansli va avanssiz tartibi qollaniladi. Birinchi holda hodimga avans berilib oyning ikkinchi yarmiga ish haqi tolanishda pirovard hisob qilinadi. Jamoa shartnomasini tuzishda avans miqdori ish beruvchi bilan kelishib olinadi. Avansning minimal miqdori tabelga binoan ishchining ishlagan vaqti boyicha tarif stavkasidan kam bolmasligi kerak. Ikkinchi holda korxona rejali avans tolashning orniga oyning birinchi yarmi boyicha haqiqiy ishlab chiqargan mahsuloti (bajargan ishi) yoki ishlagan vaqti boyicha ish haqi hisoblaydi. Avanslar oklad yoki tarif stavkasining, soliq chiqarilgandan song, 40-50 foizi miqdorida hisoblanadi. Ishchi va xizmatchilar bilan hisoblashishni rasmiylashtirish uchun foydalaniladigan hujjat bolib hisoblash qaydnomasi hisoblanadi. Quyidagi dastlabki hujjatlar ish haqi hisoblash qaydnomasi va hisoblash varaqalarini tuzish uchun asos bolib hisoblanadi: - ish vaqtidan foydalanishni hisobga olish tabeli asosida foydalanilgan vaqt yotadigan vaqtbay ish haqi va boshqa tolovlarni hisoblash uchun foydalaniladi (bekor turishlar, tungi va ish vaqtidan ortiq ishlagani, vaqtinchalik ish qobiliyatini yoqotgani va shu kabilar uchun tolanadigan haq); - ish haqini yigib boruvchi kartochkalar ishbay ishchilar uchun; - barcha turdagi qoshimcha haq va vaqtinchalik ish qobiliyatini yoqotgani boyicha nafaqalar hisoblash buxgalteriya raschyoti; - otgan oy boyicha hisoblash qaydnomaslari soliq ushlanmalar summasini hisoblash uchun; - ijro varaqalari boyicha ushlab qolish uchun sud organlarining qarorlari; - oyning birinchi yarmi uchun avans berish boyicha tolov qaydnomaslari; - rejasiz avanslar berish boyicha kassa-chiqim orderlari va h. k. Hisoblash qaydnomasi analitik hisob registri bolib hisoblanadi, chunki u har bir tabel nomeri, sexlar, xodimlar kategoriyalari, tolov va ushlanmalar turlari boyicha tuziladi. Тo’lov qaydnomasi quyidagi ko’rsatkichlardan iborat: - to’lov turlari bo’yicha hisoblandi – 6710 schyotning kredit oboroti bo’yicha; - to’lov va zachet turlari bo’yicha ushlandi va zachet qilindi – 6710 schyotning debet oboroti; - qo’liga tegadigani yoki korxonaning oy oxiriga qarzi 6710 schyotning kredit saldosi. Hisoblash qaydnomasining oxirgi korsatkichi pirovard hisoblashish boyicha tolov qaydnomasini tuzish uchun asos bolib hisoblanadi. Korxonaning ishchi va xizmatchilar bilan hisoblashishini rasmiylashtirishda bir qancha variantlar qollaniladi: - hisoblashish-tolov qaydnomaslarini tuzish yoli bilan. Bunda ikki registr birlashtirilgan: hisoblash va tolov qaydnomasi, yani bir vaqtning ozida tolashga tegishli summa hisoblanadi va u beriladi (tolanadi); - hisoblash qaydnomasini tuzish yoli bilan, tolash esa tolov qaydnomasi bilan amalga oshiriladi; - har ish oyi uchun (hisoblandi, ushlandi, qoliga tegadigani) «Ish haqi hisoblash» varaqalarini mashinalarda tuzish yoli bilan. Bunga asosan ish haqi berish uchun tolov qaydnomasi tuziladi. Moliyalash manbaidan qatiy nazar korxonaning mehnat haqi xarajatlari tarkibiga mehnatga haq tolash boyicha qilingan barcha xarajatlar, jumladan qonun boyicha xodimlarning ishlamagan vaqti uchun hisoblangan ortacha ish haqi, ragbatlantiruvchi tolovlar, kompensatsiya tolovlari kiradi. Yuqorida korsatilgan mehnatga haq tolash boyicha qilingan xarajatlarning barchasi xarajatlar tarkibi togrisidagi Nizomga binoan mahsulot (ish va xizmat)lar tannarxiga kiritiladi yoki davr xarajatlariga otkazilib, keyin har oyda hisobot davri foydasini kamaytirishga yonaltiriladi. Mehnat haqi fondidan foydalanish ustidan nazoratni asosan korxona rahbari olib boradi. 2002-yilning 1-oktabridan boshlab, mulkchilik shaklidan qatiy nazar, korxonalar va tashkilotlarning mehnatga haq tolashga yonaltiriladigan mablaglarini davlat tomonidan tartibga solish bekor qilindi. Bu oz navbatida mehnat haqi fondidan foydalanish ustidan olib boriladigan ichki nazoratni kuchaytirishni taqozo etadi. Buxgalteriya hisobining jurnal-order shakli tarkibida hisobot, haqiqiy hisoblangan mehnat haqi fondini hisoblab chiqish va rejali fonddan foydalanish ustidan nazorat qilish uchun maxsus registrlar nazarda tutilgan. Bu maqsad uchun sanoatda 5-«Hisoblangan ish haqining tarkibi va xodimlar kategoriyalari boyicha yigma va ishchi va xizmatchilar bilan hisoblashishlar boyicha yigma» ishlov berish jadvalidan foydalaniladi. Bu har oyda hisoblash qaydnomaslariga asosan tuziladi. Haqiqatan ham bu jadval 6710-schyotning malumotlarini tahlil qilish, 8, 10/1 jurnal-orderlariga, 7-qaydnomasga soliq ushlanmalari boyicha malumotnoma tuzish va oy oxiriga qolgan qoldigini bosh daftar bilan taqqoslash imkoniyatini beradi. Chunonchi, 8 - jurnal-orderga yozish uchun ishchi va xizmatchilarning ish haqlaridan ushlangan soliqlar summasi togrisidagi malumotnoma 6410-schyotning kredit malumotlariga asosan tuziladi; 10/1 jurnal-orderiga yoziladi 6710-schyotning krediti 6520-schyotning debeti boyicha; 7-qaydnomasga 4710-schyotning krediti boyicha, 6990-schyotning krediti boyicha yoziladi. XULOSA Хodimlarga tegishli ish haqi, mukofot, nafaqalar hisoblashni amalga oshirish bilan bir vaqtda bu summalar korxona buxgalteriyasida tegishli registrlarda hisobga olib boriladi. Хarajatlar tarkibi to’g’risidagi Nizomga binoan ishlab chiqarish xususiyatiga ega bolgan mehnatga haq tolash xarajatlari ishlab chiqarilgan mahsulot (ish, xizmat) lar tannarxiga otkaziladi. Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bolgan mehnatga haq tolash xarajatlariga quyidagilar kiradi: xojalik yurituvchi subyektda qabul qilingan mehnatga haq tolash shakllari va tizimlariga muvofiq bajarilgan narxnomalar, tarif stavkalari va lavozim maoshlaridan kelib chiqib hisoblangan amalda bajarilgan ish uchun ishlab chiqarish xususiyatiga ega bolgan hisoblangan ish haqi, shu jumladan bajarilgan ishni hisobga olish boyicha dastlabki hujjatlarda nazarda tutilgan ragbatlantiruvchi tusdagi tolovlar; kasb mahorati va murabbiylik uchun tarif stavkalariga va okladlarga ustamalar; ish rejimi va mehnat sharoitlari bilan bogliq bolgan kompensatsiya tusdagi tolovlar, shu jumladan: texnologik jarayon jadvalida nazarda tutilgan tungi vaqtda, ishdan tashqari vaqtda, dam olish va bayram kunlarda ishlaganlik uchun tarif stavkalari va okladlarga ustamalar va qoshimcha haq; smenali rejimda ishlaganlik, kasblarni birga qoshib olib borganlik va xizmat korsatish zonalarini kengaytirganlik uchun ustamalar; hukumat tomonidan tasdiqlangan kasblar va ishlar royxati boyicha ogir, zararli mehnat va tabiiy-iqlim sharoitlarida ishlaganlik uchun ustamalar, shu jumladan ushbu sharoitlardagi uzluksiz ish staji uchun ustamalar; aloqa, temir yol, daryo, avtomobil transporti va katta yollar xodimlarining va doimiy ishi yolda otadigan yoki qatnov tusiga ega bolgan boshqa xodimlarning ish haqiga, xojalik yurituvchi subyekt joylashgan joydan jonagan paytidan boshlab shu joyga qaytib kelgan paytigacha tolanadigan yolda otgan har bir sutka uchun tolanadigan ustamalar; qurilishda, rekonstruksiya qilishda va mukammal tamirlashda bevosita band bolgan, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda vaxta usuli bilan ishlarni bajarishgan xodimlar uchun ishning kochma va qatnov xususiyati uchun ustama; doimiy ravishda yer osti ishlarida band bolgan xodimlarga ularning shaxtada ish joyiga jonab ketishlaridan va orqaga qaytishlarigacha otadigan normativ vaqt uchun qoshimcha haq; mehnatga haq tolashning rayonlar boyicha tartibga solinishiga, shu jumladan rayon koeffitsiyentlari va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq chol, suvsiz va yuqori tog joylarida ishlaganlik uchun koeffitsiyentlar bilan belgilangan tolovlar; Хo’jalik yurituvchi subyektlarda mehnat va unga haq to’lash hisobi korxonaning hisob tizimida muhim ahamiyatga egaligi va u mehnatning son hamda sifati, iste’molga yo’naltiriladigan mablag’lardan foydalanish ustidan operativ nazoratni taminlashga qaratilgan. Mehnatga haq tolashda ishning sifatini, ishlab chiqarish normalarini bajarilishini hisobga olish va ish haqi hisoblashning malum tartibini belgilash boyicha nazariy hamda amaliy tavsiyalar berilgan. Download 223.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling