Asosiy qism mehnatga haq tolashning shakllari va tizimlari hamda ularni hujjatlashtirish
Ish haqidan ushlab qolinadigan ajratmalar va tolovlar
Download 223.5 Kb.
|
Mehnat tatilini hisoblash tartibi
3. Ish haqidan ushlab qolinadigan ajratmalar va tolovlarKorxonalarda ishchi va xodimlarga hisoblangan ish haqidan budjet va budjetdan tashqari tolovlar uchun malum majburiy soliqlar hamda boshqa majburiy tolovlar amalga oshiriladi.6 Ayrim holatlarda Ozbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksiga binoan umumiy qoidaga kora, xodimning yozma roziligi bilan bunday rozilik bolmagan taqdirda esa - sudning qaroriga asosan ish haqidan ushlanmalar ushlab qolinishi mumkin. Bunda quyidagi holatlarda xodimning roziligidan qati nazar, mehnat haqidan ushlab qolinadi: a) Ozbekiston Respublikasida belgilangan soliqlar va boshqa majburiy tolovlarni undirish uchun; b) sudning qarorlari va boshqa ijro hujjatlarini ijro etish uchun; v) ish haqi hisobidan berilgan avansni ushlab qolish uchun xojalik ehtiyojlariga, xizmat safarlariga yoki boshqa joydagi ishga otganligi munosabati bilan berilgan bolib, sarf qilinmay qolgan va oz vaqtida qaytarilmagan avansni ushlab qolish uchun hamda hisob-kitobdagi xatolar natijasida ortiqcha tolangan summani qaytarib olish uchun. Bunday hollarda ish beruvchi avansni qaytarish yoki qarzni tolash uchun belgilangan muddat tamom bolgan kundan yohud haq tolash notogri hisoblab chiqarilgan kundan boshlab bir oydan kechiktirilmasdan avans yoki qarzni ushlab qolish haqida farmoyish berishga haqlidir. Agar bu muddat otib ketgan bolsa yoki xojalik ehtiyojlariga, xizmat safarlariga yoxud boshqa joydagi ishga otganligi munosabati bilan berilgan avansning ushlab qolinishini asossiz yoki miqdorini notogri deb hisoblasa, u holda qarz sud tartibida undiriladi; g) oz hisobidan xodim tatil olib bolgan, ish yili tugamasdan turib mehnat shartnomasi bekor qilinganda tatilning ishlanmagan davriga tegishli kunlari uchun. Ana shu kunlar uchun haq xodimning oqishga kirganligi yoki pensiyaga chiqqanligi munosabati bilan bekor qilinganda ushlab qolinmaydi; d) xodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan zararni qoplash uchun, agar yetkazilgan zararning miqdori xodimning ortacha oylik ish haqidan ortiq bolmasa; e) mehnat intizomini buzganligi uchun ortacha oylik ish haqining 20 % idan oshmagan miqdorda jarima. Ish haqini tolash vaqtida ushlab qolinadigan ushlanmalarning umumiy miqdori xodimga tegishli bolgan mehnat haqining ellik foizidan ortib ketmasligi kerak. Ishchi va xizmatchilardan ushlanadigan daromad soligi amaldagi yoriqnomada7 belgilangan tartibda ushlanadi. Jismoniy shaxslardan daromad soligi yagona shkala stavkasi boyicha yillik jamgarma daromadidan ushlanadi: har bir fuqaroning soliq majburiyatining bazasi bolib otgan yili barcha manbalardan yigilgan daromad summasi hisoblanadi; oylik daromad oraliq daromad deb hisoblanadi; daromadlar miqdoridan qatiy nazar soliqdan butunlay ozod qilinadigan fuqarolar kategoriyasi nazarda tutilmagan. Daromad miqdoridan qatiy nazar Ozbekiston Respublikasining barcha fuqorolari, chet el fuqarolari va fuqarosi bolmagan shaxslar soliqqa tortiladi; agar fuqoroning korxonasidan oladigan ish haqidan tashqari chetdan yana boshqa daromadlari bolsa, har yili ish haqisini ham qoshgan holda olingan daromadlarining umumiy summasi togrisida soliq inspeksiyasiga deklaratsiya topshirishi kerak. Shuningdek, ushbu yoriqnomaga muvofiq soliq tolovchining asosiy ish joyidan olingan soliqqa tortiladigan daromadidan har oyda qonun bilan belgilangan eng kam oylik ish haqi summasi chiqarib tashlanmaydi. Jismoniy shaxslardan daromad soligi yagona shkala stavkasi boyicha yillik jamgarma daromaddan quyidagi jadval boyicha ushlanadi.8
Daromad soligi hisoblangan ish haqining butun sonidan hisoblab topiladi. Jismoniy shaxslarning ish haqisi va boshqa daromadlaridan ushlangan daromad soligi summasi korxona tomonidan budjetga oz vaqtida va toliq otkazib berilishi kerak. Fuqarolarning daromadlaridan davlat budjeti foydasiga ushlangan soliq summalarini hisobga olish uchun 6410 «Budjetga tolovlar boyicha qarz (turlari boyicha)» passiv schyoti qollaniladi. Bu schyotning kredit qoldigi korxonaning budjetdan bolgan qarzini korsatadi, debet oboroti budjetga otkazib berilgan summani korsatadi; kredit oboroti ishchi va xizmatchilarning ish haqlaridan ushlangan soliq summasini korsatadi. Masalan, ishchiga yanvar oyida 300000 som ish haqi hisoblandi. Ushlanadigan daromad soligi miqdori quyidagicha boladi: Minimal ish haqi 12420 som. 1) 12420 x 5 = 62100 som. x 13% / 100% = 8073 som 2) 5 baravaridan oshgan summa 62100 som x 18% /100% = 11178 som 3) 10 baravaridan oshgan summa 175800 som x 25% / 100% = 43950 som 4) jami ushlanadigan daromad soligi miqdori 63201 som (8073+11178+43950) ni tashkil etadi. Ushbu summaga quyidagicha buxgalteriya hisobi yozuvi amalga oshiriladi: Dt 6710 «Хodimlar bilan ish haqi bo’yicha hisoblashishlar» schyoti -63201 so’m, Kt 6410 «Budjetga to’lovlar bo’yicha qarzlar» schyoti -63201 so’m. Mablag’ o’tkazib berilganda, Dt 6410 «Budjetga to’lovlar bo’yicha qarzlar» schyoti -63201 so’m., Kt 5110 «Hisob-kitob» schyoti -63201 so’m. Ish haqidan Pensiya fondiga 2,5 % miqdorda ajratma hisoblanganda, Dt 6710 «Хodimlar bilan ish haqi bo’yicha hisoblashishlar» schyoti -7500 so’m, Kt 6520 «Davlat maqsadli fonlariga to’lovlar» schyoti -7500 so’m. Mablag’ o’tkazilganda, Dt 6520 «Davlat maqsadli fonlariga tolovlar» schyoti -7500 som, Kt 5110 «Hisob-kitob» schyoti -7500 som. tarzida buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi. Ijro varaqalari aliment summalarini ushlash va otkazib berish uchun asos bolib hisoblanadi. Olingan ijro varaqalarini buxgalteriyada maxsus jurnal yoki kartochkada royxatga oladi. Хodimlarning arizasiga muvofiq alimentlar quyidagi hollarda ushlanadi: agar ushlanmalarning umumiy summasi 50 % dan oshsa, shuningdek agar sud qarori bilan boshqa onadan bo’lgan bolalar foydasiga, mehnatga layoqatsiz ota-onalar foydasiga, xotini (xotinlari) foydasiga. Ijro varaqalari boyicha olib boriladigan hisob-kitoblar hisobi 6990 «Boshqa majburiyatlar» schyotining 1-«Ijro hujjatlari boyicha tashkilot va shaxslar bilan hisob - kitoblar» analitik schyotida yuritiladi. Aliment hisobot oyi boyicha hisoblangan ish haqi, vaqtinchalik ish qobiliyatini yoqotgan davrida hisoblangan nafaqa summasidan soliqlar ushlangandan keyin, shuningdek, hisoblangan pensiya va stipendiya summasidan ushlanadi. Bu vaqtda buxgalteriya hisobida quyidagicha yozuv rasmiylashtiriladi: Dt 6710 «Mehnat haqi boyicha xodimlar bilan hisoblashishlar», Kt 6990-«Boshqa majburiyatlar» schyoti. Ish haqi, pensiya va stipendiyalar tolash uchun belgilangan uch kunlik muddat ichida aliment summalari tolanishi yoki aliment oluvchilar hisobidan pochta orqali otkazib berilishi kerak. Bunda 6990- schyoti debetlanib 5010- schyoti kreditlanadi. Moddiy yordam, ixtirochilik, ratsionalizatorlik takliflari uchun berilgan ragbatlantirish va shu kabi summalaridan aliment summasi ushlanmaydi. Kreditga sotilgan tovarlar boyicha ariza-majburiyatlarning hamma summasini korxona bank krediti hisobidan savdo tashkilotlariga otkazib berganda kreditga sotilgan tovarlar boyicha ushlanma operatsiyalar sodir boladi. Shunday qilib, qisman ushlanmalarni onlab savdo tashkilotlariga otkazib berish uchun bankka tolov-topshiriqlari yozish vaqti qisqaradi. Bu shakldagi hisoblashishlar uchun schyotlar rejasida 4710-«Kreditga sotilgan tovarlar boyicha xodimlarning qarzi» schyoti tayinlangan. Bu schyot aktiv bolib uning qoldigi korxonaga qaytarilmagan kredit boyicha ishchi va xizmatchilarning qarzini korsatadi; debet oboroti bank krediti hisobidan korxonaning yana bergan topshiriq-majburiyat summasini korsatadi; kredit oboroti qarzni qoplash uchun ishchi va xizmatchilarning ish haqlaridan ushlangan summani korsatadi. Basharti xodim majburiyat summasini toliq qoplamasdan boshqa korxonaga ishga otsa, korxona savdo tashkilotiga xodimning yangi ish joyini korsatib xabar beradi. Korxona shuningdek ssuda boyicha bank bilan toliq hisoblashadi. Agar korxona oz xodimlarining kreditga sotib olgan tovarlari boyicha bank kreditidan foydalanadigan bolsa, 6990-«Boshqa majburiyatlar» schyotida savdo korxonalari boyicha shaxsiy schyotlar ochadi. Download 223.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling