Asosiy qism mehnatga haq tolashning shakllari va tizimlari hamda ularni hujjatlashtirish
Mehnat tatili va kasallik boyicha qoshimcha haq hisoblashni hujjatlashtirish
Download 223.5 Kb.
|
Mehnat tatilini hisoblash tartibi
2.Mehnat tatili va kasallik boyicha qoshimcha haq hisoblashni hujjatlashtirishOzbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksiga binoan ishlamagan vaqti uchun ham ishchi va xizmatchilarga haq tolanadi. Bunday tolovlarni hisoblash ortacha ish haqiga asoslanadi. Ortacha ish haqini hisoblash va qollash tegishli normativ hujjatlar bilan belgilanadi.3 Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 133-sonli qarorining 6-ilovasiga binoan ortacha oylik ish haqini hisoblashning quyidagi tartibi belgilangan: tatil haqi, ishdan boshaganda beriladigan yordam puli, ishsizlik boyicha nafaqa tarifikatsiya boyicha ortacha ish haqi belgilangan ish haqini yoki lavozimlik okladini hisoblash kuniga birinchi yili ishlayotganlar uchun on ikkidan birga (1/12) (toliq olti oy ishlaganlar boyicha oltidan birga, toliq yetti oy ishlaganlar boyicha yettidan birga va h. k.) kopaytirib topiladi. orta maxsus va hunar texnika bilim yurtlari oqituvchilariga esa hisoblash davrida tarifikatsiya boyicha belgilangan ish haqi yoki lavozimlik okladidan oshgan qismini ondan birga kopaytirib topiladi. Bularga ishbay haqlar, mukofotlar, qoshimcha haqlar va boshqa ijtimoiy sugurtaga badal hisoblanuvchi tolanmalar kiradi. orta maxsus va hunar-texnika bilim yurtlaridagi oqituvchilarga ortiqcha bajarilgan soatlari boyicha qoshimcha haq yil oxirida ushbu soatlar bajarilgan vaqtda harakatda bolgan stavkalar boyicha hisoblanadi. xodimlar salomatligiga yetkazilgan zarar, kasbiy kasallik yoki ularning mehnat vazifalarini bajarish jarayonida salomatligiga yetkazilgan zararlarni ish beruvchilar tomonidan qoplash uchun haq hisoblash Vazirlar Maxkamasi tomonidan tasdiqlangan qoidalarga binoan olib boriladi. ishga qobiliyatsizligi togrisidagi varaqalar, homiladorlik va tugish boyicha haq hisoblash davlat ijtimoiy sug’urtasi boyicha nafaqa hisoblash tartibi togrisidagi nizomga binoan olib boriladi. boshqa (1-4 bandlarida korsatilgandan tashqari) barcha hollarda ortacha oylik ish haqi oxirgi ikki kalendar oyining ortacha ish haqisi bilan aniqlanadi. xodimlar mehnat tatilida, davlat yoki jamoat majburiyatlarini bajarishda, ikki oy ichida ish qidirish vaqtida, shuningdek kasalligi davrida tarif stavkalar, lavozimlik okladlar oshgan bolsa, korxona, tashkilot, muassasalarning mehnatga haq tolashning yangi sharoitiga togri keladigan haqiqiy ish kuni boyicha hisoblab chiqiladi. Qonunchilik bilan ortacha ish haqini hisoblab chiqishning maxsus tartibi ornatilgan hollarda, korsatilgan qoidalar qollanilmaydi. Ish vaqtidan foydalanishni hisobga olish malumotlariga va xodim tomonidan qonunchilik bilan kafolatlangan ortacha ish haqini olish huquqini tasdiqlovchi tegishli hujjatlariga asosan ortacha ish haqi hisoblab chiqiladi. Barcha xodimlarga, shu jumladan orindoshlik asosida ishlayotgan xodimlarga, dam olish va ish qobiliyatini tiklash uchun ish joyi va ortacha ish haqi saqlangan holda yillik mehnat tatillari beriladi. Ortacha ish haqi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-martdagi 133-sonli qarorining 6-ilovasiga binoan hisoblanadi. Тa’til haqi aniqlash yoki foydalanilmagan ta’til uchun kompensatsiya hisoblashda olti kunlik ish haftasi bo’yicha o’rtacha oylik ish kunining davomiyligini 25,4 kun deb hisoblaydi. Хodimlarning vaqtinchalik ish qobiliyatini yo’qotganligi uchun hisoblab to’lanadigan haqning qoplash manbai bo’lib tannarx yoki davr xarajatlari emas, balki ijtimoiy sug’urta organlarining mablag’lari hisoblanadi. Тo’lanadigan haqni hisoblab topish uchun asos bo’lib ish vaqtidan foydalanishni hisobga oladigan tabel va tibbiyot muassasalarining bergan vaqtinchalik ish qobiliyatini yoqotganligi togrisidagi varaqasi hisoblanadi. Nafaqa miqdori mehnat daftarchasi yoki uning orniga berilgan hujjatga binoan ish qobiliyatini yoqotgan kuniga hisoblab topilgan umumiy ish stajiga asosan aniqlanadi. Amaldagi qarorga binoan4 ishlab chiqilgan nizomga asosan ish stajidan qatiy nazar quyidagi xodimlarga vaqtinchalik ish qobiliyatini yoqotganligi boyicha nafaqa 100 % tolanadi: ishlayotgan ikkinchi jahon urush qatnashchilariga; baynalminal harbiylar va ularga tenglashtirilgan shaxslarga; qaramogida uch yoki undan ortiq 16 yoshga yetmagan (oquvchilar 18 yosh) farzandlari bolgan xodimlarga; Chernobil AES avariyasi oqibatlarini bartaraf etishda qatnashgan xodimlarga; Chernobil halokati natijasida evakuatsiya qilinib radioaktiv bilan ifloslangan zonalardan kochirilgan xodimlarga adenoma, rak va shunga oxshagan kasalliklarga duchor bolganda; Ish joyida shikastlanishlar yoki kasbiy kasal bolganlarga; homiladorlik va tugish boyicha. Hisobda turuvchi ijtimoi ahamiyatli kasallikka uchragan xodimlarga umumiy ish stajiga qarab vaqtinchalik ish qobiliyatini yoqotgan vaqtiga quyidagi miqdorda nafaqa tolanadi: a) umumiy mehnat staji 8 va undan kop yil bolgan, xodimlarga ish haqining 100 % miqdorida; b) umumiy mehnat staji 5 yildan 8 yilgacha bolgan xodimlarga ish haqining 80 % miqdorida; v) umumiy mehnat staji 5 yilgacha bolgan xodimlarga ish haqining 60 % miqdorida. Qolgan kategoriya xodimlarga vaqtinchalik ish qobiliyatini yoqotgan vaqtiga quyidagi miqdorda nafaqa tolanadi: - umumiy mehnat staji 8 va undan kop yil bolgan xodimlarga, shuningdek 21 yoshga chiqmagan yetim xodimlarga ish haqining 80 % miqdorida; - umumiy mehnat staji 8 yilgacha bolgan xodimlarga ish haqining 60 % miqdorida. Barcha hollarda vaqtinchalik ish qobiliyatini yoqotganligi boyicha tolanadigan nafaqa eng kam oylik ish haqidan kam va nafaqa hisoblab topilgan ish haqidan kop bolmasligi kerak. Ish haqi summasiga ish joyida ijtimoiy sugurta hisoblanadigan, mehnat haqiga kiritilmaydigan bir yola tolovlardan tashqari, barcha turdagi tolanmalar kiradi. Ishbay ish haqi oladigan shaxslarga nafaqa ishga qobiliyatsizligi boshlangan oydan oldingi kalendar oyida ishlagan ish haqidan hisoblab topiladi. Oxirgi oy oyligiga amaldagi Nizomga5 binoan hisoblab chiqilgan ortacha oylik mukofotlar summasi qoshiladi. Vaqtbay haq oladigan shaxslarga nafaqa hisoblash uchun oylik oklad, ishga qobiliyatsizlik boshlangan kungacha olingan doimiy qoshimcha haqlar inobatga olingan holda, kunlik yoki soatlik tarif stavka olinadi. Bunga «Davlat ijtimoiy sugurtasi boyicha nafaqa tayinlash va tolash tartibi togrisidagi Nizom» ga binoan hisoblab chiqilgan ortacha oylik mukofotlar summasi qoshiladi. Download 223.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling