Asosiy qism metodika chet til o‘qitish nazariyasi haqida ma’lumot
Chet til materialini o ‘rgatish mazmuni
Download 59.82 Kb.
|
homaki variant
Chet til materialini o ‘rgatish mazmuni
Chet til o‘qitish metodikasida keng tarqalmagan, biroq uch til o‘qitiladigan maktablar uchun dolzarb masala bo‘lmish „Til materialini o‘rgatish mazmuni“ o‘zbek maktablari uchun yuksak ahamiyat kasb etadi, respublika metodistlari tomonidan muayyan darajada tadqiq etilgan. Til materiali tushunchasi ikki xil talqin etilmoqda: 1) muayyan tildagi leksik, grammatik, fonetik va boshqa birliklar majmuyi; 2) o‘quv maqsadlarida tanlab olingan, metodikada til minimumi nomi bilan atalgan, biroq o‘quvchilar uchun „chet tilning m aterials hisoblanadigan birliklar yig‘indisi. Ushbu kitobda ikkinchi m a’nodagi metodik tushuncha haqida gap boradi. 5 — Jamol Jalolov 65 Metodika tushunchalaridan uchtasini bir-biridan keskin farqlash kerak: „chet til o ‘qitish mazmuni", uning tarkibidan „chet til materiali “ va undan ajratib olinadigan qiyin hodisalar majmuyi, „ til materialini o ‘rgatish mazmuni ya’ni umuman tilni emas, balki „til materialini xususan o‘rgatish mazmuni“ haqida fikr yuritiladi. Demak, leksik minimumdan leksikani o'rgatish mazmuni, grammatik va talaffuz minimumlaridan ulami o‘rgatish mazmunini ajratib olish, o‘rganishda maxsus mashqlar bajarish, binobarin, tegishli vaqt va kuch sarflanishi shart bo‘lgan til hodisalarini tanlash masalasi turadi. O‘qitish mazmuni tarkibiy qismlari barcha umumta’lim maktablar uchun, ona tili (yoki ’ til tajribasi)dan qat’i nazar, bir xildir. Grammatika yoki talaffuz minimumi, mavzular yoki nutq malakalari kabilar umumiydir. Umumta’lim maktabining tashkiliy sharoitlari o'xshash bo‘lsa, o‘quvchilaming ona tilisi qaysi til bo‘lishidan qat’i nazar,-o‘qitish mazmuni ham o‘xshashdir. Tashkiliy sharoitga (soat miqdoriga) qarab, farq leksik minimum hajmida bo‘ladi. Grammatika va talaffuz minimumlari tashkiliy muhitga bog‘liq emas, chunki til minimumini tanlashda o‘quv yurtining turi, o'qitish maqsadlari va ajratilgan soatlar hisobga olinadi. Til minimumini o ‘rgatishga tayyorlash (tasniflash, taqsim va taqdim bosqichlari)da va o‘quvchilarga uni o‘rgatish chog‘ida ulaming til tajribasi, albatta, nazarga olinadi. Demak, tanlash chet tilning ichki xususiyatiga, tayyorlash va o‘rgatish o‘quvchiiar til tajribasiga bevosita bog‘liq. O‘quvchi til tajribasiga suyanib, til minimumidan til materialini o‘rgatish mazmuni ajratib olinadi. (Leksika minimumi bu qoidadan istisno. Leksika minimumi til o'rgatish soatlari miqdoriga binoan, turli maktablarda bir xil bo‘Ub, kichik yoki katta hajmda tanlanishi mumkin.) Til materialining sifat jihatdan kamaytirilishi, minimizatsiyasi (kvalitativ kompressiya) „chet til materialini o‘rgatish mazmuni" yaratilishiga sabab bo‘ladi. Leksikani o‘rgatish mazmuni. Leksikaning aktiv va passiv o‘rgatiladigan ikki toifasi ma’lum. O‘quvchi o‘z fikrini chet tilda bayon etayotganida va o‘zgalar nutqida qollanganda tushuniladigan lug‘at aktiv deyiladi. Passiv so'zi esa idrok etib tushunishga mo‘ljallangan lug‘atni ifodalaydi. Aktivi reproduktiv, passivi retseptiv lug'atdir. Ikkalasidagi lug‘at ham maxsus mashqlarda o‘zlashtiriladi. Har ikkalasi ham o‘quvchining real (ongida mavjud) lug‘atini tashkil etadi. 66 O‘quvchi hali o‘rganmagan, unga notanish lug‘atga duch keladiki, ona tili yoki ikkinchi tilning formal-semantik tomoniga mushtarakligi tufayli, uni bilib olishning ichki imkoni bor leksik birliklar potensial lug‘at deyiladi. Potensial lug‘atni og‘zaki (audiomatnda) yoki yozma (grafik matnda) taqdim etilishi orqaligina bilib olish mumkin. O‘quvchi matnni idrok etganda, so‘z ma’nosini mustaqil fahmlab yetsa, ushbu so‘z potensial lug'at sanaladi. Ichki imkoniyatli so‘zlar lug‘atiga quyidagilar kiradi: baynalmilal so‘zlar (tennis — tennis; business — biznes; club — klub); konversiya (turli so‘z turkumlariga mansub, ammo shakli bir xil so‘zlar: work —ishlamoq; ish; about — yaqinida; haqida); tanish so‘zlardan tuzilgan qo‘shma so'zlar (book+shop, pen+friend)', so‘z yasovchi elementlari tanish so‘zlar {work, write, sing — worker, writer, singer). Ichki imkoniyatlar lug‘atining yana boshqa qatlamini ma’nosi kontekstdan fahmlanadigan so‘zlar tashkil qiladi. O‘rganilgan (real) va potensial lug‘at o‘quvchilarning vokabular leksikasi deyiladi. Ulardan tashqari novokabular lug‘at bo‘ladi. Matn mazmunida bir marta qo‘llanib, boshqa mashqlarda ataylab mustahkamlanmaydigan ayrim so‘zlar novokabular lug‘at deyiladi. Vokabular leksika nutqda uch guruh birliklarga ajratib o‘rganiladi: oson, nisbatan qiyin va eng qiyin so‘zlar. Birinchisiga potensial lug'at kiradi, ular nisbatan oson o‘zlashtiriladi. O‘quvchi to‘plagan til tajribasi ulami o‘rganishda qo‘l keladi. Potensial lug‘at quyidagi kichik toifalarga bo‘linadi: 1) shakli va ma’nosi chet tilda, ona tili va ikkinchi tilda mushtarak so‘zlar (club — klub; tennis ~ tennis); 2) shakli va ma’nosi ikkinchi til va chet tilda o‘xshash so‘zlar (literature — литература; culture — культура, history — история); 3) chet til konversiyasi usulidagi so‘zlar (work — ishlamoq; ish; far — uzoq; uzoqda; on — ustida; -da); 4) qismlari oldin o‘iganilgan o‘quvchiga tanish qo‘shma so‘zlar (bookshop, schoolboy, homework)', 5) o‘zak va affiks qismlari tanish yasama so‘zlar (work+er; difficult+y\ celebrate — celebration)', 6) to‘liq shakli tanish qisqartma so‘zlar UK — the United Kingdom; RUz — the Republic of Uzbekistan; the USA — the United States o f America. Ikkinchi toifaga ona tili va ikkinchi til tajribalariga suyanmay o‘rganiladigan funksiya (qo‘llanilishi), semantika (ma’ nosi) jihatidan leksik xatolarga sabab bo‘lmaydigan so‘zlar kiradi. (mas. kitob — book; yozmoq — write', choy — tea). Ushbu so‘zlaming ma’no doirasi (ayrim ma’nosigina emas) ikkala tilda monand keladi. O‘rganishga ko‘maklashadigan tomoni ma’no doirasidagi umumiylik. Biroq bu leksik qatlam nisbatan qiyin hisoblanadi. Eng qiyin leksik qatlam semantik, funksional va formal qiyinchiliklami keltirib chiqaradigan toifadir. Uchala til bo‘- yicha tajriba mutanosibligi jihatidan eng qiyin leksika quyidagicha tasniflanadi: ko‘p ma’noli so‘zlar; tarkibiy qismlari oldin o‘rganilmagan yasama so‘zlar; ,,soxta“ o‘xshash so‘zlar (magazine — jumal; champion (champions) of peace — tinchlik tarafdorlari); funksional (yord^mchi) so‘zlar — predlog, artikl, ko‘makchi/yordamchi fe’llar va h.k. Nisbatan qiyin va eng qiyin leksik birliklar leksikani o ‘rgatish m azm unini tashkil etadi. Leksikani o ‘rgatish mazmuni deganda, qiyinligi tufayli maxsus mashqlar talab etadigan va izohlash yo‘li bilan o‘rgatiladigan, leksik minimumning muayyan bir qisminigina tashkil etadigan so‘zlar tushuniladi. Qiyinchilik so‘zning shaklida, m a’nosida yoki qo‘llanishida kuzatiladi. Binobarin, so‘z funksional, semantik, formal jihatdan qiyin yoki ulardan biri yoinki ikkitasi, hatto uchala tarafi ham qiyin bo‘lishi mumkin. Leksik material shaklan hamda ma’no jihatidan umumlashtirilishi mumkin. Mas. noto‘g‘ri (nostandart) fe’llarning o‘tgan zamon va o‘tgan zamon sifatdoshi shakllari til o‘rganishning ilk davrida yakka-yakka leksik birliklar tarzida o‘rganiladi, keyinchalik ulaming miqdori osha borgach, shakllar mushtarakligi oydinlashadi: spoke — wrote; grown — known — thrown. Umumlashma (sodda qoida) o‘zlashtirilgandan keyin, o‘rganiladigan fe’lning o ‘xshash shakllari o ‘ta qiyinchilik tug‘dirmaydi, chet tilda hosil bo‘lgan tajriba ko'magida ulami mustaqil tanlash sharoiti vujudga keladi. Qissadan hissa shuki, O‘qitish mazmuniga kirgan fe’l shakli haqidagi umumlashma navbatdagi yangi shaklan o‘xshash fe’l hodisalarini potensial til birligi sifatida o‘iganishga zamin yaratadi. Retseptiv egallashda ular potensial hodisa, chunki ulami faqat tanib olish mumkin, biroq reproduksiyada o‘rganish uchun mustaqil qo‘llash ko‘nikmasini maxsus shakllantirish talab etiladi. Maktabda chet til leksikasini o‘rgatish tajribasi ko‘rsatishicha, ko‘p ma’noli so‘zlami taqdimot chog‘ida umumlashtirib berish ayrim ma’- nolarni ajratib o ‘rgatish ishidan o ‘qituvchini xalos etadi. ,,Ko‘p ma’noli so‘zlarni umumlashtirib o‘rgatish usuli“ni 68 yetuk o‘zbek chet til metodist olimi marhum Hoshimjon Soynazarov ilmiy kashf etgan1. Ushbu ilmiy g'oyaga binoan fe’l shakllarini o ‘rganishda ikki va undan ortiq misol keltirilgandan so‘ng yangi o‘rganilayotgan mushtarak shakllar oldingilari asosidagi mavhumotga tayanib, mustaqil (potensial tarzda) o‘rganiladi. Retseptiv leksikani o‘rgatish mazmunida til birligi mavqeyini birinchi so‘z egallaydi. Reproduktiv nutqda esa nostandart fe’lning har bir zamon shakli alohida til birligi darajasida qo‘llanadi. Ko‘p ma’noli so‘zni taqdim etishda ham umumlashtirib o‘rgatish tavsiya etiladi. H. Soynazarovning ilmiy qarashlaricha, ko‘p ma’noli so‘zning barcha ma’nolari alohida leksik birlik boiib, har bir yetakchi ma’no esa leksikani o‘rgatish mazmuniga kiritiladi. Leksik birlikda ,,so‘z-m a’no“ olinadi, leksikani o‘rgatish mazmunida „ma’noning invarianti“ (so‘zning mavhumlashgan m a’nosi) beriladi. Ko‘p ma’noli inglizcha so‘z: „to go“ bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Uning ,,bormoq“, ,,ketmoq“, „yurmoq“, ,,ishlamoq“ kabi bir necha o‘nlab ma’nosi ma’lum. Ma’nolaming birinchi uchtasi yagona tushuncha atrofiga umumlashtirilishi mumkin, to‘rtinchi ma’no esa bu doiraga kirmaydi. Birinchi ma’nolar (bormoq, ketmoq, yurmoq) leksikani o‘rgatish mazmunida bitta birlik, leksik birlik darajasida esa uchta hisoblanadi. Leksik birliklar va leksikani o‘rgatish mazmuni birliklari teng emas (bir xil emas), degan ilmiy xulosa H. Soynazarovga mansubdir. Grammatikani o‘rgatish mazmuni. Til materialini o‘rgatish mazmuni tarkibidagi grammatikani o‘igatish mazmuni tushunchasiga maxsus qoidalar va tegishli mashqlar bilan o‘rgatiladigan grammatik hodisalaming bir qismi kiradi. Har bir grammatik hodisaning bir, ikki yoki uch (funksiya, semantika, forma) tomoni grammatikani o‘rgatish mazmunidan joy olishi mumkin. Chet til grammatik birliklari qiyinchilik tug'dirishi jihatidan uch toifaga bo‘linadi: 1) sinfdan sinfga o‘tgan sari ular bo‘yicha xatolar miqdori oshib boradigan eng murakkab grammatik hodisalar; 2) turli sinflarda xatolar miqdori har xil bo‘lgan o‘rtacha qiyin grammatik hodisalar; 3) nutqni egallash chog‘ida xatolar uchramaydigan yoki xato miqdori kamayib boradigan grammatik hodisalar. X. Сайназаров. Обучение лексике английского языка в старших классах узбекской школы: Канд. дисс. - JI., 1982. 69 Maktab tajribasidan ma’lumki, ayrim hodisalar til tajribasining ijobiy ko‘chishi munosabati bilan qiyinchiliksiz o‘rganiladi. Mas. otning ko‘plikda qo‘llanilishi, qaratqich kelishigining funksiyasi, predloglar ma’nosi va boshqalar. Muallimning eslatmasi (soddagina umumlashma qoida) ko‘magida xatosi tez bartaraf etiladigan boshqa grammatik hodisalar ham mavjud. Biroq grammatik xatolar orasida shundaylari kuzatiladiki, ular turg‘un (,,yashovchan“) bo‘ladi va sinfdan sinfga ,,ko‘chib yuradi“. Ulami batafsil tushuntirish talab etiladi. Grammatik hodisalarni ko‘nikmaga aylantirish chog‘ida quyidagi guruhlar ajralib chiqadi: 1) leksik usulda o‘rgatiladigan grammatik hodisalar; 2) leksika-grammatika darajasida o‘rganiladiganlari; 3) grammatika-leksika tarzida beriladiganlari; 4) sof grammatik hodisalar. Grammatik minimumdagi o‘quvchilar ona tiliga nomaqbul hodisa ,,artikl“ni o ‘rgatish o ‘ta murakkabligini muallimlar yaxshi bilishadi. Noaniq artikl (mas. inglizcha) o‘quvchilar reproduktiv nutqida uch m a’noda qoMlanadi: 1) noma’lum narsa (kimsa)ni ifodalashda; 2) sohadagi istalgan biror predmet (hodisa)ni ifodalashda; 3) shaxs/predmet kim/nima ekanligini ifodalashda. Shaklan o‘rganishda artikl quyidagi qiyinchilikni keltirib chiqaradi; ,,a“ shakli mazmun va shakl birligi hosil qilib, ajratilmasdan o‘zlashtiriladi. Ikkinchi shakli ,,an“ qaysi bir funksiyada qo‘llanmasin, uni o‘rganish qiyin kechadi. Qisqasi, chet til artikli o ‘quvchilar uchun to‘rtta (bitta formal va uchta funksional) birlik bo'lib, ular grammatikani o‘rgatish mazmuniga kiradi. Binobarin, mazkur artiklni o‘rgatishda kamida to‘rtta grammatik mashq bajartirish shart. Eng qiyin grammatik hodisalarni o‘rgatish, albatta, ongli mashq bajarish va qoidalar berishni taqozo etadi (bu to‘rtinchi guruh birliklariga taalluqli yengilroq grammatik birlikni o‘zlashtirishda esa qoidasiz mashq bajariladi). Grammatikani o‘rgatish mazmuni o‘quv dasturida tavsiya etiladi. Chet til grammatikasini o‘rgatish mazmuni uchta metodik mezonga ko‘ra — ona tili va ikkinchi tildan to‘plangan o‘quvchi grammatik tajribasini hisobga olib, chet tilning o‘zidan yig‘iladigan tajribaga asoslanib va grammatik hodisalar taqdimoti tartibini nazarga olib tanlanadi. Ushbu ilmiy mezonlar o‘zbek maktablarida chet til grammatikasini o‘rgatish masalalarini 7O mukammal tadqiq etgan metodist olim T. Q. Sattorov qalamiga mansub. Uchinchi mezon biroz izoh talab qiladi. Avval inglizcha hozirgi (umumiy) zamonning birinchi va ikkinchi shaxslardagi shakli o‘rganiladi (chunki nutq mavzulari mazmuni ,,o‘zim haqimda“, „sen haqingda“ va keyinchalik „u haqda“ chet tilda og‘zaki fikr yuritishni taqozo etadi). Soniyan, uchinchi shaxs birlik shakli mashq qilinadi. Ushbu fe’l shakli g‘oyat qiyinchilik bilan o‘zlashtiriladi: oldin o‘rganilgan (speak, read, go) shakli (speaks, reads, goes) bilan muqobil assotsiatsiyaga kiradi. Salbiy ta’sir oqibatida ikkala shakl chalkashtiriladi. O‘quvchida oldingi shakllar ko‘nikmasi o‘rnashib qoladi. Natijada o‘quvchi uchinchi shaxs qo‘shimchasini tushirib qoldirib xatoga yo‘l qo‘yadi. Uchinchi shaxs birlik shakli grammatikani o‘rgatish mazmuniga kiritiladi. Maktab sharoitida o‘tkazilgan eksperiment chog‘ida hozirgi umumiy zamon fe’lining uchinchi shaxs shakli birinchi navbatda o‘rgatib ko‘rildi. So‘ngra boshqa shakl berildi. Natijada o'quvchilar uchinchi shaxs shakli (speaks, reads, goes) ni birinchi va ikkinchi shaxslarga ham tatbiq eta boshlashdi. Oldin hosil bolgan ko‘nikma yangisidan ustun turishi — bu yerda ham o‘z oqibatini ko‘rsatdi. Keltirilgan misolda grammatikaning taqdimoti tartibi hal qiluvchi vazifani o'tashi yaqqol o‘z isbotini topdi. Talaffuzni o‘rgatish mazmuni. O’rganilayotgan chet til talaffuzidagi barcha fonetik material ikki turkumga bo‘linadi — maktabda o‘rganish majburiy boMgan talaffuz birliklari va maktab sharoitida o‘rganish shart bo‘lmagan talaffuz hodisalari. ,,Majburiy“ talaffuz minimumi, o‘z navbatida, yana ikkiga bo‘linadi, birinchi guruhda talaffuzini mashq qilish shart hisoblanadigan birliklar, ikkinchisi — maxsus mashqlar talab qilmaydigan talaffuz birliklari. Birinchi guruh birliklari talaffuzni o‘rgatish mazmunini tashkil etadi. Mas. inglizcha (nemischa) [tj] tovushi rus, tojik va o‘zbek o‘quvchilari uchun qiyin emas, chunki bu tovush ona tili talaffuz normasida, demak, o‘quvchi lisoniy tajribasida mavjud hodisa. Qozoq o‘quvchilari uchun juda qiyin birlik, chunki ulaming ona tili talaffuziga u yot hodisadir. Yoki fonetik birligi o‘zbek, tojik o‘quvchilariga oson, ruslarga nihoyatda murakkab. Hatto ingliz tilidagi g‘oyat qiyin tish oralig‘i (interdental) tovushlari turkm an, boshqird, arab o ‘quvchilari uchun qiyinchilik tug‘dirmaydigan fonetik hodisadir. Misollardan ko‘rinib turibdiki, chet til talaffuz minimumi barcha maktablar uchun yagona, biroq o'quvchilar til tajribasiga asoslanib, turli maktablar uchun talaffuz o ‘rgatish mazmuni alohida-alohida shakllantiriladi. Chet til talaffuzini o‘rgatish mazmuni, odatda, o‘quvchilar ongida aloqaga kiradigan tillar fonetik sistemalarini qiyoslash, o‘quvchilar xatolarini o‘rganish, qiyinchliklar tipologiyasini yaratish natijasida aniqlanadi. Chet til metodikasi ilmida talaffuz qiyinchiliklarining turlari quyidagicha tasniflashtirilgan: 1. Tovushning alohida talaffuzida ro‘y beradigan artikulaision qiyinchilik. 2. Agar ikki tovush (yoki tovush birikmasi bir-biri bilan muqobil assotsiatsiya qo‘zg‘asa, chalkashtirilsa (mas. cho‘ziq va qisqa, jarangli va jarangsiz), unday holda oppozitsion qiyinchilik yuz beradi. 3. Tovushlar so‘z boshida (anlaut), o‘rtasida (inlaut) va oxirida (auslaut) yoki bir-biriga yondosh kelganda muayyan talaffuz mur*akkabligi — pozitsion qiyinchiliklar haqida gap boradi. Mas. o‘zbek o‘quvchilariga so‘z oxiri va boshidagi qator (ikki va undan ortiq yonma-yon) undoshlar g‘oyat qiyin hisoblanadi. 4. Tovushlami tinglab idrok etish chog‘ida ulami farqlash bo‘- yicha qiyinchiliklar sodir bo‘ladi, ular akustik qiyinchiliklar nomini olgan (Jalolov 1972). Jadvaldan ravshanki, chet til fonetik sistemasidan tanlangan talaffuz minimumining qiyinchiliklar ,,g‘alviri“dan o‘tkazilishi talaffuz o‘rgatish mazmunining vujudga kelishiga sabab bo‘ladi. Ma’no o‘zgartiruvchi fonetik hodisalarga katta ahamiyat beriladi. Mas. cho‘ziq — qisqa unli, jarangli — jarangsiz undosh, bir tovushning ko‘p ma’no ifodalashi kabilar. Inglizcha [э] tovushi — are, a, her, or, of, [z] — is, has, does (where’s = Where is, Where has, Where does). Nutqda tez-tez qo‘llanadigan birliklar o‘zgaruvchanlikka moyil bo‘ladi. O ‘zbekcha ,,Muhammad“ so‘zi, mas. quyidagi shakllarda qo‘llanadigan bo‘Ub qolgan: Mamat (= Mamatqul — Muhammad+qul); Mamad (= Mamadali — Muhammad+ah); Mama (= Mamajon — Muhammad+jon); Mat (= Matkarim — Muhammad+karim); Nurmat (Nur+Muhammad); Mad (= Madrahim — Muhammad+rahim); Ma (= Marayim — Muhammad+rahim). Qiyoslang: Muhammad — Mamad — Mamat — Mama — Mad — Mat — Ma. Asosiy o‘zak (arabcha ,,hmd“) yo‘qolib, faqat ,,Ma“ old qo‘shimchasi qolgan. (Ushbu arabiy o‘zakdan Ahmad, Mahmud, Muhammad, Hamid va boshqalar yasalishi o‘z vaqtida N. G. Chemishevskiy e’tiborini tortgan.) Misollardan inglizcha funksional so‘zlar va o ‘zbekcha atoqU ismlaming jonli nutqda o‘zgarishga yuz tutishi va bu hoi har ikkala yozuvda ham aks etganligi ko‘rinib turibdi. Ulaming talaffuzida birmuncha qiyinchiliklarga duch kelinadi. Chet til talaffuzini o‘rgatish mazmuni ham grammatikada bo‘lganiday, o‘quv dasturlarida taqdim etiladi. Talaffuz o‘rgatish mazmunining taqsimoti esa leksika va grammatikaning o‘rganilishi tartibiga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Tajriba ko‘rsatishicha, talaffuz birliklari birinchi o‘quv yilida to‘liq o‘rganilishi majburiy emas, chunki leksik-grammatik birliklar uning taqsimlanishini belgilaydi. Download 59.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling