Asosiy qism. Moyli va efir moyli o‘simliklar haqida umumiy malumot!


Download 75 Kb.
bet15/17
Sana05.01.2022
Hajmi75 Kb.
#230149
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Efir moyli o‘s kurs ishi! -WPS Office

KUNJUT - SESANUM INDICUM L.

Kunjut- Sesanum indicum L., kunjutsimonlar- Pedaliaceae oilasiga kiradi.

Kunjut bo‘yi 60-100 sm ga etadigan o‘t o‘simlik. Poyasi lik 0 ‘suvchi, tukli, yashil yoki qizgish, 4-8 qirrali. Bargi oddiy tekis qirrali bo‘lib, turli shaklda: pastki qismlaridagi yumaloqroq, yuqori qismidagi barglari esa ingichka. 0 ‘rta qismidagilari lansetsimon yoki cho‘ziq tuxumsimon. Guli yirik, 1-3 ba’zan beshtadan barg qo‘ltig‘ida joylashgan. Gulkosachasi 5-8 bo‘lakli, gultojisi 2 labli. Mevasi 4-8 xonali chanoq. Iyun-iyul oylarida gullaydi. Mevasi avgust-sentyabrda etiladi.

Geografik tarqalishi.Kunjutning vatani Janubi-g‘arbiy Afrika. 0 ‘rta Osiyo respublikalarida, Zakavkaziya, Qrim, Krasnodarsk o‘lkasida, Ukrainada va Moldaviyada ekiladi.

Kimyoviy tarkibi.Kunjut urug‘i tarkibida 60% gacha moy, E vitamini, faktor - T, sezamin, sezamon, sezamanin va boshqa moddalar bo‘ladi. Kunjut moyi 3-6°S temperaturada qotadigan sariq rangdagi suyuqlik bo‘lib, yarim quruvchi moylarga kiradi. Solishtirma og‘irligi 0,9197-0,9260, refraksiya soni 1,4731- 1,4760, kislota soni 1,4-10, sovunlanish soni 185,5-195, yod soni 103-116. Moy tarkibida alein, linol, pavletin, stearin, araxin va lignotserin kislotalarining glitsiridlari uchraydi.

Ishlatilishi.Kunjut moyi dorivor moddalarini yeritishda, surtma va malhamlar tayyorlashda ishlatiladi. Kunjut moyi qondagi trombotsitlar sonini oshiradi va qon ivishini tezlashtiradi. Shuning uchun ham u ba’zan qon kasalliklarini davolashda qo‘llaniladi. Kunjut moyi va urug‘i oziq-ovqat sanoatida ko‘p ishlatiladi.


Download 75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling