Asosiy qism. Sekretsiya bezlari to‘g‘risida tushuncha


Download 0.76 Mb.
bet6/7
Sana21.02.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1218898
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ichki sekretsiya bezlari

4.9. Ayrisimon bez
Ayrisimon bez, ya’ni timus koʻkrak qafasida, to‘sh suyagining orqa yuzasida joylashgan. Bez chaqaloqlarda 12 g, 14-15 yoshda 30-40 g gacha yetadi. Keyin bola ulg‘ayishi bilan kichiklashib boradi. Bezning timozin gormoni jinsiy bezlar funksiyasini pasaytirib, bolani vaqtidan oldin balog‘atga yetishiga imkon bermaydi. Bez funksiyasi buzilganida barvaqt balog‘atga yetish (8—10 yoshda soqol chiqishi, ko‘krak bezlari rivojlanishi) kuzatiladi. Timozin limfotsitlar hosil bo‘lishini kuchaytirib, immun sistema shakllanishiga ijobiy ta’sir etadi.
4.10. Buyrakusti bezlari
Buyrakusti bezlari o‘ng va chap buyrak ustida joylashgan, birmuncha yassilashgan piraxnidalar shakliga ega(17-18-rasmlar). Har bir bez tashqi po‘stloq va ichki magʻiz qismlardan iborat. Bezlarning po‘stloq qismi suv, tuz, oqsil va uglevodlar almashinuviga ta’sir ko‘rsatadigan gormonlar ishlab chiqaradi. Androgen va estrogen gormonlari jinsiy bezlar faoliyatini kuchaytiradi. Buyrakusti bezi shish kasalligida jinsiy gormonlar ishlab chiqarilishi kuchayib, yosh bolalarda erta balogʻatga yetish belgilarini paydo qiladi.
17-rasm. Buyrakusti bezlari tuzilishi.
Bezlarning mag‘iz qismi ishlab chiqaradigan adrenalin gormoni nerv qo‘z- gʻalishini kuchaytirib, muskullar toliqishini kamaytiradi, yurak qisqarishi, nafas olish va qon aylanish jarayonlariga ta’sir koʻrsatadi. Organizmning zo‘riqish (stress) holatlarida, masalan, kishi hayajonlanganida, achchiqlanganida yoki qattiq qo‘rqqanida adrenalin ishlab chiqarilishi keskin ortadi, qon tomirlari torayib, yurak urishi tezlashadi, qon bosimi ortadi, glukogenning glukozaga aylanishi, ya’ni uglevod almashinuvi tezlashadi.
18-rasm. Buyrakusti bezlari.
XULOSA
Sekretsiya bezlari funksiyasi nerv va gumoral omillarning o‘zaro ta’siri orqali boshqariladi. Misol tariqasida bosh miyaning bir qismi bo‘lgan gipotalamusni gipofiz bilan birgalikda boshqa bezlar ishiga ta’sirini ko‘rsatish mumkin. Biron omil ta’sirida organizm ichki muhiti oʻzgarib, stress holati (lotincha stress — zo‘riqish) yuzaga keladi. Stress sovuq, issiq, og‘riq, turli kasalliklar va hissiy omillar (qo‘rquv, hayajonlanish, xafa bo‘lish) ta’sirida paydo boladi. Bunday o‘zgarishlar ta’sirida nerv sistemasi qo‘zg‘aluvchanligi oʻzgaradi. Paydo bo‘ladigan nerv impulslari ta’sirida gipotalamus faollashib, uning sekretor hujayralari gormon ishlab chiqaradi. Gormonlar gipofizni faollashtiradi. Gipofiz gormonlari esa boshqa bezlarga ta’sir qilib, ularning funksiyasini kuchaytiradi yoki pasaytiradi.
Shunday qilib, gipotalamus - gipofizar sistema barcha organlar funksiyasiga ta’sir qiladi, qon tarkibini o‘zgartiradi, yurak-qon tomir sistemasi ishini tezlash- tiradi, qon bosimini oshiradi, nafas olish organlari ishini kuchaytiradi va moddalar almashinuvi, muskullarning qon bilan ta’minlanishi va tayanch-harakat sistemasi ishini tezlashtiradi. Bu oʻzgarishlar stressning organizmga ta’sirini kamaytiradi.
Yuqoridagi ma’lumotlarga asoslangan holda, ichki sekretsiya bezlari odam organizmida juda muhim o‘rin egallashini ko‘rishimiz mumkin. Organizmni gumoral yo‘l bilan boshqarishda juda katta ahamiyatga ega. Bu bezlar faoliyati buzilishi turli xil kasalliklarni keltirib chiqarishini yuqorida ko‘rib o‘tdik. Shunday ekan har bir inson o‘z sog‘lig‘ini saqlamog‘i lozim. Zeroki, sog‘ tanda-sog‘lom aql deyishgan.



Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling