Asosiy qism. Sekretsiya bezlari to‘g‘risida tushuncha


Download 0.76 Mb.
bet4/7
Sana21.02.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1218898
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ichki sekretsiya bezlari

4.5. Qalqonoldi bezlari
Qalqonoldi bezlari to‘rtta bo‘lakdan iborat. Qalqonsimon bez orqa yuzasida joylashgan bo‘lib, uning to‘qimasiga botib kirgan(10-rasm). Bezlar ishlab chiqargan paratgormon qonda kalsiy va fosfor miqdorini boshqaradi. Nerv va muskul qo‘zg‘a- luvchanligiga ta’sir qiladi. Bu gormon organizm o‘sishida muhim ahamiyatga ega. Bezlar funksiyasi ortib, paratgormon ko‘p ishlab chiqarila boshlasa, qonda kalsiy miqdori ortadi, suyaklar yumshab, deformatsiyaga uchraydi. Nerv-muskul sistemasi qo‘zg‘aluvchanligi pasayib, tana muskullari bo‘shashadi, odam holsizlanib, tez charchaydigan bo‘lib qoladi. Paratgormon qonda D vitamini bo‘lganida sintezlanadi. Qalqonoldi bezi funksiyasi pasayganida qonda kalsiy miqdori kamayib, nerv-muskul qo‘zg‘aluvchanligi ortadi, qovoq va lablar pirpirab, qoʻllar qaltiraydi, ya’ni tutqanoq (tetaniya) sodir boʻladi.

10-rasm. Qalqonsimon (a) va qalqonoldi (b) bezlari:
1-qalqonsimon tog‘ay,2- qalqonsimon bez, 3- halqum, 4 - qalqonoldi bezlari,
5- qiziloʻngach, 6-kekirdak, 7- aorta,8- arteriya va venalar.


4.6. Gipofiz bezi
Noʻxat shaklida, bosh miya ostki yuzasida joylashgan. Ogʻirligi katta yoshli odamlarda 0,5-0,6 g bo‘ladi. Bu bez qon tomirlari orqali bosh miya gipolalamusi bilan bogʻlangan (11-rasm). Gipofiz gormonlari ko‘pchilik endokrin bezlariga ta’sir ko‘rsatadi.


11-rasm. a - gipotalamusning tuzilishi: 1 - oldingi bo‘lagi, 2- o‘rta bo‘lagi, 3 – keyingi boʻlagi; b - bosh miyada sekretsiya bezlarining joylashuvi: 4 - bosh miya yarimsharlari, 5 - epifiz, 6 - gipotalamus, 7 - gipofiz, 8 - oraliq miya.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling