Asosiy qism Yalpi ichki mahsulot tushunchasi va uni hisoblashning asosiy shartlari


YAIMni ishlab chiqarish usulida aniqlash


Download 0.75 Mb.
bet3/11
Sana08.05.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1446872
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
MILLIY HISOBLAR TIZIMIDA YALPI ICHKI MAHSULOT KO’RSATKICHINI HISOBLASH SHARTLARI VA USULLARI

YAIMni ishlab chiqarish usulida aniqlash


Ishlab chiqarish usulida hisoblangan YAIM yakuniy tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarishning turli bosqichlarida qо’shilgan qiymatlar yig’indisi sifatida aniqlanadi. YAIMni bu usulda aniqlash statistik jihatdan qulay bо’lishi bilan birga uni hisoblashning muhim shartiga amal qilish, ya‘ni bir qiymatni ikki bor hisobga olish, yoki oraliq mahsulot qiymatini YAIMga kiritib yuborishning oldini oladi.
Ishlab chiqarish hajmini tо’g’ri hisoblash uchun joriy yilda ishlab chiqarilgan tovar va kо’rsatilgan xizmatlar qiymati bir marta hisobga olinish kerak. Kо’pgina mahsulotlar bozorga borguncha bir nechta ishlab chiqarish bosqichini о’taydi. Shu sababli YAIMda ayrim mahsulotlarni ikki va undan kо’p marta hisobga olmaslik uchun, faqat pirovard mahsulotning bozor

qiymati hisobga olinadi, oraliq mahsulotlar esa hisobga olinmaydi. Yakuniy tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarishda sarflangan oraliq tovarlar va xizmatlar bahosi YAIMga qо’shilmaydi.
Qо‘shilgan qiymat tovar va xizmatlarning sotish bahosi bilan ularni ishlab chiqarish uchun foydalanilgan xom ashyo va materiallarni sotib olishga qilingan xarajatlar о’rtasidagi farq kо’rinishida aniqlanadi.
Ishlab chiqarish usulida aniqlangan YAIM kо’rsatkichining tarkibini va undagi siljishlarni tahlil qilish juda muhim xulosalar beradi. Alohida tarmoqlarning mamlakat iqtisodiyotida yaratilgan yalpi qо’shilgan qiymatdagi ulushi, bu ulushning о’zgarishi bu mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi va kutilayotgan istiqboliga baho berish imkonini beradi.

YAIMni xarajatlar bо‘yicha hisoblash


Bu usul yakuniy foydalanish usuli deb ham yuritilib, unda YAIMni hisoblash uchun yakuniy mahsulotlarni sotib olishga qilingan barcha xarajatlar о’zaro qо’shib chiqiladi. Bu xarajatlar quyidagicha guruhlanadi:

  1. Uy xо‘jaliklarining iste’mol xarajatlari (С):

    1. uzoq muddat foydalaniladigan iste‘mol buyumlari sotib olishga;

    2. kundalik foydalaniladigan iste‘mol buyumlari sotib olishga;

    3. iste‘mol xizmatlari tо’loviga.


  2. Download 0.75 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling