S= Sp+Sg+Sx
Bu yerda: Sp - xususiy jamg’armalar;
Sg - davlat jamg’armalari;
Sx - boshqa mamlakatlar jamg’armalari.
Bunda xususiy jamg’armalar daromadlar (Y), transfert tо’lovlari (TR), davlat zayomlari bо’yicha foizlar yig’indisidan (N), soliqlar (T) va iste‘mol
(C) xarajatlari yig’indisini ayirish natijasiga teng bо’ladi:
Sp= ( U+TR+N-T)-C
Davlat jag’marmalari quyidagi miqdorga teng bо’ladi:
Sg= (T-TR-N)-G
Agar davlat jamg’armalari nolga teng bо’lsa, davlat byudjeti muvozanatlashgan,
jamg’arishning manfiy miqdori byudjet taqchilligini (BT) bildiradi: BT=-SG Bu yerda: BT – byudjet taqchilligi miqdori.
Boshqa mamlakatlarning jamg’armalari tashqi dunyoning bizning importimiz hisobiga olgan daromadlaridan ularning bizning eksportimizga sarflangan harajatlarini ayirib topiladi: Sx=M-X yoki Sx=-Xn
Agar mamlakat eksportiga nisbatan kо’proq import qilsa, unda daromadlarning bir qismi xorijda qoladi va keyinchalik undan xorijiy sheriklar tomonidan mamlakatimizda kо’chmas mulk va moliyaviy aktiv sotib olishda foydalaniladi. Har qanday holatda ham barcha turdagi
jamg’armalarning umumiy yig’indisi investitsiyalarga teng bо’ladi:
Sp=Sd+Sx=(Y+TR+N-T)-C+(T-TR-N))-G+(-Xn)
Yoki
Sp+Sd+Sx=Y-C-G-Xn S=C+I+G-Xn-C-G-Xn S=I
Demak, iqtisodiyotdagi investitsiya xarajatlari nafaqat ichki jamg’armalar hisobiga, balki tashqi dunyo jamg’armalari hisobiga ham amalga oshirilishi mumkin. Mamlakatda investorlarga kafolatlangan yuqori foyda olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar xorijiy investorlar oqimining о’sishiga olib keluvchi muhim shartlardan biridir.
Keynschilar fikriga kо’ra, S=I ayniyatga bozor mexanizmlari vositasida tasodifan erishiladi, xolos. Chunki investorlar va jamg’aruvchilarnnig rejalari о’zaro mos kelavermaydi. Shu tufayli davlat tо’g’ri iqtisodiy siyosat yurgizib makroiqtisodiy barqarorlikni ta‘minlashi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |