Asosiy qism Yalpi ichki mahsulot tushunchasi va uni hisoblashning asosiy shartlari


Download 0.75 Mb.
bet5/11
Sana08.05.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1446872
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
MILLIY HISOBLAR TIZIMIDA YALPI ICHKI MAHSULOT KO’RSATKICHINI HISOBLASH SHARTLARI VA USULLARI

Ijara haqi (R1), xususan bu iqtisodiyotni mulk resurslari bilan ta‘minlovchi uy xo‘jaliklarining daromadlari (masalan, ijaraga berilgan turarjoylar, binolar, asbob- uskunalar, er va boshqalardan olinadigan daromadlar).

  • Foiz stavkalari yoki foizli daromadlar (R2) – pul kapitalini etkazib beruvchilarga xususiy biznes daromadidan pul to‘lovlari.

  • Individual mulkdan keladigan daromad (P1).

  • Korporasiya foydasi (P2).

    Korporasiyalarning foydasi quyidagilarga bo‘linadi:

      1. Korporasiya foydasiga soliq yoki foyda soligi(P2.1);

      2. Hissadorlar o‘rtasida taqsimlanadigan dividendlar(P2.2);

      3. Taqsimlanmagan foyda(P2.3).

    Yoqoridagi ko‘rsatgichlar yig‘indisidan daromadlar (taqsimot) usulida YAIMni hisoblash formulasini keltirib chiqaramiz:

    YAIM (Y) = A+T+W+R1+R2


    Xarajatlar va daromadlar kо’rinishida hisoblab topilgan YAIM hajmi о’zaro mos
    keladi. Chunki milliy iqtisodiyot doirasida bir subyekt tomonidan qilingan har qanday xarajat ikkinchi subyekt uchun daromad bо’lib tushadi.

    Milliy hisobchilik tizimidagi boshqa kо‘rsatkichlar va ular о‘rtasidagi nisbat


    Milliy hisobchilik tizimiga kо’ra milliy iqtisodiyot rivojlanishini tahlil etish uchun YAIM kо’rsatkichidan boshqa yana bir qator kо’rsatkichlardan foydalaniladi. Bu kо’rsatkichlar jumlasiga Yalpi milliy daromad (YAMD), Yalpi milliy mahsulot (YAMM), SIM, SMM, SMD, Shd, ShTD (ID) va boshqa kо’rsatkichlar ham kiradi. Quyida bu kо’rsatkichlarning mohiyati o‘rganib, hisoblanishiga to‘xtalib o‘tamiz.

    YAMD - mamlakat rezidentlari tomonidan, mamlakatda va mamlakat tashqarisida, ishlab chiqarishda ishtirok etish va mulkdan olingan


    boshlang‘ich daromadlari yig‘indisidir.
    YAIM va YAMD kо’rsatkichlari о’rtasidagi farqni quyidagi formula kо’rinishida tasavvur etish mumkin:

    Download 0.75 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling