Asosiy qism yosh voleybolchilar o‘rtasida jamoani shakillantirish va harakatlantirish


Kurs ishining qaqsad va vazifalar


Download 59.03 Kb.
bet2/10
Sana28.03.2023
Hajmi59.03 Kb.
#1304623
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
14-15-yoshli voleybolchilar o\'rtasida jamoaning taktik harakatlarini takomillashtirish metodologiyasi

Kurs ishining qaqsad va vazifalar:Sport turlari bilan shug’ullanish odatda bir bosqichlarga, ya’ni boshlang’ich tayyorgarlik, o’quv-mashq hamda sport mahorati bosqichlarga bo’linadi. Ob - havo qulay bo’lgan kunlari bolalar faolligini oshirish uchun yaxshi imkoniyat tug’iladi. Buning uchun qulay, katta va keng bo’lgan sport anjomlari bilan jihozlangan maydonchani tanlash kerak. Bolalar kuch va chidamlilik faol rivojlanayotganligi tufayli voleybol, basketbol, futbol, engil atletika, kurash, velosport, eshkak eshish va boshqa sport turlari bilan muntazam shug’ullanmoqdalar.
Ta’lim muassasida bolalarga jismoniy tarbiya darsini olib borishda quyidagi maxsus jismoniy sifat va qoidalarga e’tibor beriladi: yugirish, sakrash, uloqtirish, irg’itish, ushlab olish muvozanatini saqlash kabi jismoniy harakatlarni tartibli bajarish:
• Sabr chidamga o’rgatish
• O’yinga ruhiy - psixologik jihatdan tayyorlash
• O’z - o’zini tutish va o’ziga ishonchni tarbiyalash
• Topqirlik ko’nikmalarini shakllantirish
• Hozir javob bo’lishga tayyorlash
• Bardamlik va hamdardlik xususiyatini shakllantirishga qaratiladi.
Jismoniy tarbiya darslarida voleybol mashg’ulotlarini o’tkazishdan – bolalarni, aqlan, ruhan, jismonan tetiklik, jismoniy sifat, jismoniy tayorgarlik, mustahkam, irodali bo’lib o’sishga har bir murabbiy va o’qituvchi muhim rol o’ynaydi.Kurs ishning dolzarbligi. Yosh sportchilar deganda avvalo umumta’lim maktablardagi sport to’garaklari va sport maktablardagi kichik yoshli guruhlarda shug’ullanuvchi o’g’il - qizlar va bolalarni tushunamiz.Ularda asosan maxsus jismoniy tayyorgarlik va jismoniy sifatlar darajasini oshirish va maxsus mashqlarni o’rgatish asosiy dolzarb masala bo’lib qoldi.
Tabiiyki bunday tarbiyaviy jarayonlarda jismoniy sifatlarni tarbiyalashga alohida e’tibor beriladi. Bunda murabbiyning iste’dodi, tajribalari muhim o’rin egallaydi.
Jismoniy sifatlarni (kuch, tezlik, chidamlilik, egiluvchanlik, chaqqonlik va hokazo) tarbiyalashda maxsus mashqlarni o’rgatish asosiy o’rin tutadi. Shu yo’lda umumta’lim maktablarning sport to’garaklari va majmuani (kompleks) sport tablardagi mashg’ulotlarda maxsus mashqlardan foydalanish usullarini o’rganish va ularga ba’zi tavsiyanomalar berish vazifalar qo’yiladi. Bunda viloyatlardagi maktablar, BO’SM asosiy makon (ob’ekt) bo’lib hisoblanadi. Ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, sport mashg’ulotlaridagi amaliy faoliyatlarni o’rganishda kuzatish, suhbat tekshirish (eksperiment) kabi an’anaviy usullardan foydalaniladi.
Kurs ishining qaqsad va vazifalar.E’tirof etish zarurki, har bir sport turida ko’zda tutilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda xilma-xil jismoniy mashqlardan foydalaniladi.Ularda asosan jismoniy tayyorgarlikdarajasini oshirish va maxsus mashqlarni ( sport turlariga qarab) o’rgatish asosiy maqsad hisoblanadi.Shug’ullanuvchilarda jismoniy sifatlarni tarbiyalash uchun beriladigan maxsus mashqlar ularning yosh xususiyatlariga va jismoniy sifatlarning qulay yosh davrlariga qarab tanlanishi va rivojlantirishi juda muhim o’rin egallaydi.Jismoniy sifatlarni tarbiyalashdagi amaliy mohiyatlarini tajriba – sinovlar asosida kengaytirish va ularni qo’llash yullarini ifodalash .

Download 59.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling