Asosiy savollar Davlat mulkini xususiylashtirish, mulkdorlar sinfining shakllanishi
iqtisodiyotini rivojlantirishning asosiy omili va manbayidir»
Download 232.16 Kb. Pdf ko'rish
|
7- mavzu matni PDF
iqtisodiyotini rivojlantirishning asosiy omili va manbayidir».
Shu bois avvalo qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi samaradorligini oshirish borasidagi muhim chora- tadbirlardan biri, bu soha-ni boshqarishni takomillashtirish va tubdan o'zgartirish, rahbarlikni yaxshilash bo'ldi. 1991-1996-yillarda qishloq xo'jaligi kompleksiga rahbarlikni yaxshilash, qishloqda o'tkazilayotgan islohotlarning hu-quqiy asosini yaratish choralari ko'rildi. Paxtazorlar 1,5 million gektarga qisqardi, sug'oriladigan yerlardagi g'allazorlar 1,2 million gektarga ortdi. G'allachilikni jadal rivojlantirish qisqa vaqt ichidayoq xalq iste'moliga ishlatiladigan va ozuqabop donga bo'lgan ehtiyojni qondirish, bug'doy sotib olishga sarflanayotgan valutani tejab qolish imkoniyatini beradigan, eksport-ga ehtiyoj qoldirmaydigan qudratli tarmoq yaratildi. Don ekinlari uchun ajratilgan maydonlar 1990-yildan 1998-yilgacha bo'lgan davr mobaynida asosan paxta ekinlari maydonini qisqartirish hisobiga 1,7 barobar oshdi. Don ishlab chiqarish ikki barobardan ko'proq oshib, 4,15 mln. tonnani tashkil qildi. Mazkur ekinlarni yetishtirish tajribasining ko'payishi va faol seleksiya ishlari natijasida hosildorlik shu yillar mobaynida 1,3 barobar oshdi. Ushbu chora-tadbirlar don ekinlari importini sezilarli darajada qisqartirish-ga imkon berdi. Agar 1990-yilda respublikada iste'mol qilinadigan bug'doyning 90 dan ortiq foizi importga to'g'ri kelgan bo'lsa, 1998-yilda import ulushi 19 foizdan kamroqni tashkil qildi. Qishloq xo'jaligini isloh qilishning moddiy shart-sharoitlarini yaratish, islohotlarni yangi sifat darajasiga ko'tarish uchun 1994-yilda davlat tomonidan xarid qilinadigan paxta tolasi va donning narxi 3- 8 barobar oshirildi. Qolgan barcha mahsulotlarni dehqonlar erkin bozor narxlarida sota boshladilar. Boshqacha qilib aytganda qishloqda islohotlarni jadallashtirish va chuqurlashtirishni, bozorga xos ko'p ukladli samarador ishlab chiqarishni ta'minlaydigan zarur iqtisodiy shart-sharoitlar yaratildi. Bu osonlikcha bo'lmadi. Sababi qishloq xo'jaligi mahsulotlari yetishtirishga va qayta ishlashga ahd qilgan kishilar oldida ko'plab muammolar pay do bo'lgan edi. Mazkur muammolarni qonun yo'li bilan hal qilishni ko'zda tu-tuvchi yangi hujjatlar qabul qilindi. Ular ichida asosiylaridan biri, 1992-yil 3-iyulda qabul qilingan «Dehqon xo'jaligi to'g'risida»gi Qonundir. Bu hujjatda ishlab chiqarish vositalarini xarid qilish uchun uzoq muddatli kredit ajratilishi hamda, dehqon xo'jaligining joriy ishlab chiqarish faoliyati uchun kredit shartnomasi asosida qis-qa muddatli kredit ajratish ko'zda tutildi. Dehqon xo'jaligi tashkil topayotgan paytida unga ssuda va kreditlar berilishida mahalliy hokimiyat boshqaruv organlari, boshqa to'lovga qobiliyatli yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek, dehqon xo'jaliklarining o'zlari o'z mulki evaziga kafil bo'ladigan bo'ldilar. Qishloq xo'jalik vazirligi ma'lumotlariga qaraganda, 1996-yil boshigacha O'zbekistonda dehqon xo'jaliklarining umumiy soni 20 ming 244 tani tashkil etdi. O'zbekistonda qishloq xo'jaligini isloh qilishning puxta o'ylab olib borilishi MDH barcha mamlakatlaridan farqli o'laroq, ishlab chiqarishning sezilarli darajada pasayib ketishiga yo'l qo'ymaslik imkonini berdi. Shu bilan birga qishloqda islohotlarni amalga oshirishda ekinlar hosildorligi, mehnat unumdorligi o'sishini ta'minlashda, haqiqiy yer egasi va mahsulot sohibining shakllanishida hali bir qator muammolar va yechilmagan masalalar ko'p edi. Shu bois 1995-yil 21-dekabrda Oliy Majlisning IV sessiyasida «Qishloqda islohotlar sust borayotgani va kutilgan natijalarni bermayotgani, mulk o'z egasini topishi haqida ko'p gapirilsada, amaliy hayotda esa bu masalalar o'zining kerakli yechimini topmayotgani» qat'iy ta'kidlab o'tildi. 1996-yilning 21-mayida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «2000-yilgacha bo'lgan davrda O'zbekiston Respublikasi qishloq infrastrukturasini rivojlantirish Dasturi» to'g'risida qarori qabul qilindi. Ushbu qarorda qishloqning iqtisodiy va mehnat imkoniyatlaridan yanada to'liq va samarali foydalanish uchun qulay sharoitlar yaratish, qishloq aholisining turmush sharoitlarini yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi «O`zistiqbolstat» Davlat Qo'mitasi, O'zbekiston Moliya vazirligi, Sog'liqni saqlash va Xalq ta'limi vazirligiga 2000-yilgacha qishloq infrastrukturasini rivojlantirishga doir ishlarni amalga oshirishni topshirdi. Shuningdek, ushbu qarorda hukumat komissiyasi tuzilib, har 3 oyda bir marta ushbu qaror bajarilishini nazorat qilish ham ko'zda tutildi. Qoraqalpog'iston Respublikasida va Andijon, Qashqadaryo, Navoiy, Toshkent, Farg'ona viloyatlarida bironta ham maktab binolari foydalanishga topshirilmadi. Shu munosabat bilan, komissiya Qishloq xo'jalik vazirligi, uning joylardagi viloyat agrosanoat bir-lashmalari, qator viloyat hokimiyatlari, xalq ta'limi boshqarmalari e'tiborini qishloq joylarida maktab qurilishiga, ularni tezroq foydalanishga topshirishga qaratdi. Buni Xorazm viloyati misolida ham yaqqol ko'rish mumkin. Viloyatda bu sohada mustaqillikning 5 yili davomida 80-yillarga qaraganda birmuncha o'sish sezildi. Jumladan, 1992-1995-yillarda 824 kilometr tabiiy gaz quvurlari yotqizilib, 40 ming 700 xona-donga «zangori olov» o'tkazildi. Vaholanki, 1990- yilgacha gaz-lashtirilgan xonadonlar 49 mingni tashkil etgan, ichimlik suvi bilan ta'minlashning ahvoli ancha og'ir edi. Binobarin, mavjud ichimlik suvi quvurlari 1990-yilgacha atigi 1000 kilometrni tashkil etgan. Keyingi 5 yilda 127 kilometr katta diametrli suv haydagich, 902 kilometr ichimlik suvi tarmoqlari qurilib foydalanishga topshirildi. Aholining tabiiy gaz bilan ta'minlanishi 86,7 foizga, ichimlik suvi bilan ta'minlanishi esa 54,8 foizga yetkazildi. Orol mintaqasida aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash muhim ijtimoiy-iqtisodiy tadbir bo'lib insonparvarlik xususiyatiga ega edi. Bu g'oyat muhim sohada Namangan viloyatida ham ibratli ishlar amalga oshirildi. 1990-yilgacha bo'lgan davrda viloyat bo'yicha jami 1480 kilometr gaz tarmoqlari tortilgan bo'lsa, 1991-1995-yillar davomida 2025 kilometr gaz tarmoqlari foydalanishga topshirildi. Sobiq Ittifoq davrida hammasi bo'lib 1423,9 kilometr suv uzatish tarmoqlari yotqizilgan bo'lsa, 1991-1995-yillarda 1039 kilometr shunday tarmoqlar ishga tushirildi. 1990-yilgacha hammasi bo'lib 95,8 ming xonadon gazlashtirilgan bo'lsa, istiqlol yillarining o'zidayoq 83,3 ming xonadonni gazlashtirishga erishildi. Birgina 1996-yilning o'zida viloyatning eng chekka qishloqlari Chodak va Nanayga gaz yetkazib berildi. Qishloqda islohotlar amalga oshirilishi jarayonida mehnatga yaroqli aholini mehnat bilan band qilish masalasiga ham katta e'tibor berildi. Shuni ta'kidlash o'rinliki, Prezident I. Karimov va respublika hukumati O'zbekistonda qishloqni har tomonlama rivojlantirishga, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishida islohotlarni chuqurlashtirish, bu sohaning moddiy bazasi va moliyaviy ahvolini mustahkamlashga, agrar siyosatning ustuvor vazifalarini amalga oshirishga muntazam, doimiy e'tibor bermoqdalar. Xullas, yuqoridagilarni umumlashtirib aytish mumkinki, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda bugun O'zbekiston erishgan yutuqlar ko'p jihatdan respublika hukumatining izchil, sobitqadam siyosati bilan bevosita bog'liqdir. Avval boshdanoq islohotlarning har bir qadami puxta o'ylangan, avvalgi mafkura zo'ravonligi o'rnini qonun ustuvorligi egalladi. Xususiy iqtisodiyotga rivojlanish uchun davlat sektori bilan teng sha-roitlar yaratildi. Ijtimoiy siyosat esa, aholi turmush darajasini asta-sekin yaxshilashga qaratildi. O'zbekistonda milliy iqtisodning eng muhim va ustuvor tarmoqlaridan biri qishloq xo'jaligi bo'lib, uning taraqqiyoti boshqa soha-lar rivoji uchun poydevor vazifasini o'tamoqda. Chunki valuta tu-shumining 60 foizi, yalpi mahsulot muomalasining 70 foizi qishloq xo'jaligi sohasiga to'g'ri keladi. Download 232.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling