4. Jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi va O’zbekistonda unga qarshi qo’llanilayotgan chora
tadbirlar.
Ma'lumki, bugun butun dunyo va insoniyat katta moliyaviy-iqtisodiy inqiroz sharoitida yashamoqda.
Eng rivojlangan, qudratli davlatlar ham ana shu inqirozning girdobiga tushib qolmoqda. Mav-jud jiddiy
muammo insoniyat taraqqiyoti va uning istiqbolini, za-monaviy sivilizatsiya, fan-texnika taraqqiyoti,
qolaversa, insonning yashash tarzi bilan bog'liq bo'lgan yaxlit umumplanetar ijtimoiy-ma'naviy vaziyatni
yuzaga keltirmoqda. O'zbekiston ham jahon hamjamiyatining teng huquqli, ayni paytda faol, o'z so'zi va
hukmi-ga ega bo'lgan davlati sifatida ana shu umumdunyoviy muammodan chetda tura olmaydi. Bu tabiiy
hoi. Biroq hamma gap muammoga kim qanday yondashayotganiga, uning yechimini qanday shaklda iz-
layotganiga, o'zining ichki imkoniyatlari, tabiiy va ma'naviy resurs-lardan qay darajada foydalanayotganiga
bog'liq.
Shuni alohida ta'kidlash kerakki, O'zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning «O`zbek
modeli» maqomiga ega bo'lgan mashhur besh tamoyil istiqlolning o'tgan davrida o'zining iqtisodiy, siyosiy,
ilmiy va ama-liy jihatdan asosli ekaniligini ko'rsatdi. Jahon hamjamiyati bugun O'zbekiston taraqqiyotining
o'z uslubiga va uzoqni ko'zlagan tamoyillariga ega ekanligini tan olmoqda. Biroq, jahon moliyaviy-
iqtisodiy inqirozi o'z imkoniyatlari-mizni, mavjud omillarimizni va resurs-larimizni u ana bir bor jiddiy
ravishda ko'rib chiqib, aniq istiqbolni belgilashni taqozo etmoqda. Prezident I. Karimov-ning «Jahon
moliyaviy iqtisodiy inqirozi, O'zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo'llari va choralari» deb
nomlangan kon-septual ahamiyatga ega bo'lgan kitobi ayni ana shu muammoning yechimiga bag'ishlangan.
Kitobda ko'tarilgan masala va umumdunyoviy muammoning ilmiy, nazariy hamda amaliy tahlili natijasida
O'zbekistonda 2009-2012-yillarda jahon iqtisodiy inqirozi oqibatlarini bartaraf etish, mamlakatimiz
barqaror rivojlanishini ta`minlash va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotda aniq maqsadlarni ko`zlagan rejalarni
amalga oshirishga doir dastur ishlab chiqildi. Ushbu dasturda quyidagi yo`nalishlarda aniq, qat`iy va yuksak
ma`suliyat bilan faoliyat yuritish belgilangan:
Do'stlaringiz bilan baham: |