Asosiy talablar


Download 27 Kb.
bet2/3
Sana03.11.2023
Hajmi27 Kb.
#1743494
1   2   3
Bog'liq
1 -loyiha-boshqaruvi-guruhi-lbg-direktori (1)

4. Lavozim majburiyatlari
Loyiha direktorining vazifalari va majburiyatlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
(1) Loyiha boshqaruvi guruhi va maslahatchilarning samarali ishlashini taʼminlash;
(2) Davlat statistika qo‘mitasi loyihasini amalga oshirishni muvofiqlashtirish
va boshqarish;
(3) Davlat statistika qo‘mitasi raisiga operativ va moliyaviy maqsadlarga oid umumiy ishlarning borishi va natijalari to‘g‘risida muntazam hisobot berib borish;
(4) Loyiha faoliyati va natijalarini institutsionallashtirish va barqarorligini taʼminlash uchun loyiha jamoasi va Davlat statistika qo‘mitasi bilan yaqindan hamkorlik qilish;
(5) Zarur bo‘lganda, barcha maʼmuriy va moliyaviy sohalarda strategik yordam
va nazoratni taʼminlash va iqtisodiy samaradorlikni monitoring qilish, kerak bo‘lganda strategik darajada tuzatuvchi harakatlarni amalga oshirish;
(6) Xaridlar va moliyaviy operatsiyalarni belgilangan qoidalar va tartiblar bilan samaradorligini taʼminlash;
(7) Loyiha boshqaruvi guruhi xodimlarini ishga olish va inson resurslarini boshqarishni nazorat qilish;
(8) Loyihaning boshqaruv jihatlarini amalga oshirishni taʼminlash va ularga o‘zgartirishlar yoki qo‘shimchalar kiritish zarur bo‘lganda yangilanishini nazorat qilish;
(9) Loyihani baholash hujjati va moliyalashtirish shartnomasida ko‘rsatilganidek Davlat statistika qo‘mitasi raisi rahbarligida loyihaning boshqaruv jihatlari belgilangan tarzda amalga oshirilishini taʼminlash;
(10) Loyiha boshqaruv guruhining O‘zbekiston hukumati, milliy va xalqaro tashkilotlar va muassasalar, moliyalashtirishni taʼminlovchi tashkilotlar va donorlar, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar, loyiha benefitsiarlari va boshqalar bilan munosabatlarda vakolatli vakil sifatida qatnashish;
(11) Davlat organlari, sudlar, bank muassasalari va boshqa davlat/xususiy yuridik shaxslar bilan munosabatlarida Loyiha boshqaruvi guruhi nomidan harakat qilish va uning manfaatlarini ifodalash;
(12) Davlat statistika qo‘mitasi, Loyiha boshqaruvi guruhi va Jahon banki jamoasi o‘rtasida loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha markaz vazifasini bajarish;
(13) Loyihani amalga oshirish, maslahatlashuvlar va muvofiqlashtirishlar, shuningdek, maslahatchilar faoliyati bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha Jahon banki vakillari bilan o‘zaro hamkorlik qilish;
(14) Jahon banki jamoasi bilan davriy maslahatlashuvlar davomida olingan yo‘l-yo‘riqlar asosida, kerak bo‘lganda, Loyiha boshqaruvi guruhi xodimlari va maslahatchilarga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish;
(15) Loyihaning amalga oshirishda belgilangan rejalar va xarid rejalari bilan bog‘liq holda ishlarning borishini monitoring qilish, hukumat va loyiha ustuvorliklari bilan hamohangligini taʼminlash;
(16) Loyihaning muhim bosqichlariga erishish uchun loyiha vazifalarini amalga oshirish/bajarilishini o‘z vaqtida muvofiqlashtirish va kerak bo‘lganda tegishli tuzatishlarni taklif qilish;
(17) Pudratchilarning ishini samarali nazorat qilishni taʼminlash va natijalar
va mahsulotlarni o‘z vaqtida yetkazib berishni taʼminlash;
(18) Loyiha uchun monitoring, baholash va hisobot berish jarayonini Jahon banki loyihalari bo‘yicha Operatsion qo‘llanmaga muvofiq muvofiqlashtirish;
(19) Loyihani va statistik islohotlarning kengroq dasturlarini amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash uchun tarmoqlararo biznes aloqalarini o‘rnatish, rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash.


Download 27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling