Asosiy talablar


Download 27 Kb.
bet1/3
Sana03.11.2023
Hajmi27 Kb.
#1743494
  1   2   3
Bog'liq
1 -loyiha-boshqaruvi-guruhi-lbg-direktori (1)


ASOSIY TALABLAR
Loyiha boshqaruvi guruhi (LBG) direktori
O‘zbekistonda statistika tizimini mustahkamlash”


1. Loyiha haqida
O‘zbekistonda statistika tizimini mustahkamlash loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining (Davlat statistika qo‘mitasi) salohiyatini mustahkamlash, statistik ma’lumotlarni ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirish va tarqatish amaliyotini kengaytirishga qaratilgan. Loyiha faoliyati statistika qonunchiligini va milliy statistika tizimining tashkiliy tuzilmasini, maʼlumotlarni yigʻish tizimlari va maʼlumotlardagi boʻshliqlarni to’ldirishni qayta koʻrib chiqishni, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasini baholash va modernizatsiya qilishni, aloqalar va maʼlumotlarni tarqatish amaliyotini takomillashtirishni qoʻllab-quvvatlashni nazarda tutadi.
Loyiha boshqaruvi guruhi direktorining asosiy vazifasi Loyihani O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari va Jahon banki tartib-tamoyillariga muvofiq amalga oshirilishini ta’minlaydi, nazorat qiladi va boshqaradi. Shuningdek, mazkur vazifa loyiha doirasida amalga oshirilib, loyihaning samarali amalga oshirilishini, idoralararo muvofiqlashtirilishini Davlat statistika qo‘mitasida amalga oshirilishini taʼminlashga qaratilgan. Loyiha boshqaruvi guruhi direktori lavozimga Davlat statistika qo‘mitasi raisi tomonidan tayinlanadi.
2. Maqsadi
Loyiha boshqaruvi guruhi direktorining asosiy masʼuliyati Loyihaning moliyaviy shartnomasiga (bitimiga), O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va Jahon banki qoidalariga muvofiq o‘z vaqtida, samarali va natijaga yo‘naltirilgan holda amalga oshirilishini taʼminlashdan iborat. Loyiha boshqaruvi guruhi direktori har kunlik amalga oshirish rejalariga muvofiq Loyiha boshqaruvi guruhi faoliyatini umumiy nazorat qilish, boshqarish va tekshiruvlarni o‘tkazish uchun rahbarlik qilishi va javobgar bo‘lishi ko’zda tutilmoqda
Vazifa loyiha boshida to‘liq ish kunida bo‘lib, barcha tadbirlar to‘g‘ri rejalashtirilib amalga oshirilganidan so‘ng loyihaning qolgan qismi uchun keyinchalik yarim ish kuni bo‘lishi mumkin. Ishlarni bajarish moliyaviy shartnoma imzolangandan so‘ng darhol boshlanadi
va loyiha tugaganidan keyin to‘rt oy o‘tgach yakunlanadi.
3. Hisobdorlik
Loyiha boshqaruvi guruhi direktori Davlat statistika qo‘mitasi raisining buyrug‘i bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi hamda Davlat statistika qo‘mitasi raisi rahbarligida faoliyat yuritadi.
Loyiha boshqaruvi guruhi direktori o‘z ishida moliyaviy kelishuvlar, loyihani amalga oshirish bo‘yicha qo‘llanmalarni ishlab chiqishda Jahon bankining qoidalari va tavsiyalari hamda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi normativ-huquqiy hujjatlariga amal qiladi.
Loyiha boshqaruvi guruhi direktori faoliyatini muvofiqlashtirish Davlat statistika qo‘mitasi raisining o‘rinbosari tomonidan amalga oshiriladi.
Loyiha boshqaruvi guruhi rahbari o‘z faoliyatini amalga oshirish jarayonida sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun O‘zbekiston Respublikasining amaldagi maʼmuriy, jinoiy va fuqarolik qonunchiligida belgilangan chegaralar doirasida, shuningdek, mulkiy zarar yetkazganlik uchun amaldagi O‘zbekiston Respublikasining mehnat va fuqarolik qonunchiligi normalari doirasida javobgar bo‘ladi.
Loyiha boshqaruvi guruhi direktorining ish joyi, ish uchun jihozlar va mebellar bilan taʼminlash Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi. Zarur bo‘lganda, Davlat statistika qo‘mitasi o‘z vazifalarini samarali amalga oshirishni taʼminlash uchun Loyiha boshqaruvi guruhi direktoriga loyihaga oid barcha hujjatlar, hisobotlar va Loyiha bilan bog‘liq tadqiqotlar/sharhlar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni taqdim etadi.

Download 27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling