Asosiy talablar
Download 27 Kb.
|
1 -loyiha-boshqaruvi-guruhi-lbg-direktori (1)
5. Malakaviy talablar
Loyiha boshqaruvi guruhi direktori quyidagi talablarga javob berishi kerak: (1) huquq, iqtisod, moliya, biznes boshqaruvi va boshqa tegishli sohalarda oliy maʼlumotli bo‘lishi; (2) bir nechta kichik loyihalar, pudratchilar va agentliklarni o‘z ichiga olgan yirik loyihalarni boshqarish va rahbarlik qilish bo‘yicha katta tajribaga ega bo‘lishi; (3) Loyihani boshqarish bo‘yicha davlat va xususiy sektorlarda, loyihalarda yoki xalqaro tashkilotlarda (Jahon banki, YeTTB, XVJ, BMT va boshqalar) kamida 3 yillik tajribaga ega bo‘lishi); (4) Jahon bankining xarid siyosati va tartiblarini bilish, raqobatli xaridlar, xaridlar bo‘yicha muzokaralar va boshqalar bo‘yicha tajriba ega bo‘lish; (5) Davlat statistika qo‘mitasi xodimlari bilan til topishish va yaxshi ishlash hamda kuchli tashkiliy va boshqaruv qobiliyatlari ega bo‘lishi; (6) Aloqa ko‘nikmalari, har xil turdagi loyiha hujjatlari va hisobotlarni tuzish qobiliyatiga ega bo‘lishi; (7) Ilg‘or kompyuter savodxonligi, shu jumladan MS Word va Excel dasturlarini bilishi (sertifikatlar qabul qilinadi); (8) Ingliz, o‘zbek va rus tillarini mukammal bilish (sertifikatlar qabul qilinadi). Loyiha boshqaruvi guruhi direktori yuqoridagi talablarda ko‘rsatilganidek, nomzodlarning malakasini taqqoslash va tanlov asosida tanlab olinadi. Ariza beruvchi davlat xizmatchisi bo‘lsa, manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelgan har qanday vaziyatni to‘g‘ri ko‘rib chiqish va hal qilish kerak bo‘ladi va ariza beruvchidan shu sababga ko‘ra ushbu lavozimni egallashdan oldin o‘z ishini tark etish talab qilinadi. Tushunmovchiliklar (noto‘g‘ri talqin qilishni oldini olish maqsadida) yoki aniqlashtirishlar zarur bo‘lgan hollarda ingliz tilidagi asosiy talablarni ko‘rish tavsiya etiladi. Download 27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling