Asosiy texnologik jarayon va qurilmalar


Download 38.87 Kb.
bet6/8
Sana24.11.2023
Hajmi38.87 Kb.
#1796763
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
процесс 1 маъруза (1)

Gidromexanika suyuqlikning muvozanati va harakatini hamda suyuqlik va uning tarkibidagi qattiq jism zarrachalari o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir jarayonlarini o‘rganadi. Gidromexanika qonunlari va ularni amaliyotda qo‘llash usullari gidravlika fani materiallarida yoritiladi.
Gidravlika gidrostatika va gidrodinamika qismlaridan iborat. Gidrostatikada suyuqliklarning muvozanat qonunlari va tinch holatdagi suyuqlikka to‘la yoki qisman cho‘ktirilgan jismlarga ko‘rsatiladigan ta’sir (aks ta’sir) qonuniyatlari o‘rganiladi. Suyuqliklar harakati va jismni suyuqlik oqimi yuvib o‘tishi paytidagi o‘zaro ta’sir qonuniyatlari gidrodinamika bo‘limida keltiriladi.
Gidravlika fanining asosiy atamalaridan biri suyuqlik tushunchasidir. Suyuqliklar oquvchan xususiyatga va hajmga ega, ammo muayyan shaklga ega emas. Tashqi kuchlar ta’siri bo‘lmagan sharoitlarda, molekulyar kuchlar ta’siri ostida, suyuqlik shar shaklini oladi.
Gazlar suyuqliklar kabi shaklsiz, ammo muayyan hajmga ega bo‘lmaydi. Ular har qanday idish hajmini to‘la egallaydi. Suyuqliklarga nisbatan gazlarning qovushqoqligi va zichligi ancha kichiq. Gazlar katta bosimlar ostida suyultiriladi.
Texnologik sistemalardagi suyuqlik, bug‘ va gazlarning harakat tezliklari tovush tezligidan ancha past bo‘ladi. SHuning uchun ham ularning harakatlanish qonunlari amaliy jihatdan suyuqliklarning harakat qonunlari bilan deyarli bir xil bo‘ladi. SHu sababdan, uzluksiz harakatdagi barcha oquvchan moddiy muhitlar (moddalar) gidravlikada suyuqlik sifatida ko‘riladi.
Gidromexanikaning asosiy qonunlarini keltirib chiqarish va haqiqiy (real) suyuqliklarning harakat qonuniyatlarini o‘rganishni osonlashtirish maqsadida ideal suyuqlik tushunchasi kiritilgan. Bosim va harorat ta’siri ostida o‘z hajmini o‘zgartirmaydigan, siqilmaydigan, o‘zgarmas zichlikka va absolyut oquvchanlikka ega (qovushqoqligi yo‘q) bo‘lgan suyuqliklar ideal suyuqliklar deb ta’riflanadi.
Suyuqliklarning fizik xususiyatlari haqidagi dastlabki ma’lumotlar ushbu qo‘llanmani 3.3 bandida keltirilgan.
Tashqi kuchlar ta’siri ostida suyuqliklarning o‘z hajmini o‘zgartirish xususiyati siqiluvchanlik deyiladi va hajmiy siqilish koeffitsienti  bilan tavsiflanadi
= -(dV/dP)(1/V) , (2.1)
bu erda, dV- hajmning nisbiy o‘zgarishi, m3; V- dastlabki hajm, m3; dP- bosimning ortishi, Pa.
Suv uchun = 0,5.10-9 m3/N. Demak, suv deyarli siqilmaydigan suyuqlik bo‘lib, bosim 40 MPa gacha oshirilsa  qiymati atigi 2% ga ortadi.
Hajmiy siqilish koeffitsientiga teskari bo‘lgan kattalik hajmiy bikirlik moduli E deyiladi:
E = 1/ . (2.2)
Ushbu kattalik plastik va qovushqoq mahsulotlarni (hamir, qiyma, pyure, sirop va b.) tavsiflash uchun keng qo‘llaniladi.
Xom-ashyoni qayta ishlash va mahsulot tayyorlash jarayonlarida suyuqliklarni yuqori harorat ta’sirida kengayishi kuzatiladi. Ushbu jarayon harorat ta’sirida hajmiy kengayish koeffitsienti t bilan tavsiflanadi:
t= (dV/dt)(1/V), (2.3)
bu erda dt- haroratning ortishi, 0S.
Ushbu koeffitsientning 0÷1000S harorat chegaralaridagi suv uchun aniqlangan qiymati t= 208.10-6 K-1.
Suyuqliklarning ayrim xossalari - qovushqoqligi, sirt tarangligi va kapillyarligi ichki (molekulyar) kuchlar ta’sirida namoyon bo‘ladi.
Real suyuqliklar nisbiy va absolyut tinch holatlarda bo‘lishi mumkin. Suyuqlikning nisbiy tinch holati harakatdagi idish (jihoz) devorlariga nisbatan kuzatiladi. Qo‘zg‘almas idishdagi suyuqlikni tinch holati erga nisbatan absolyut tinch holat deb hisoblanadi.

Download 38.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling