Asosiy texnologik jarayon va qurilmalar


Real suyuqliklarga ta’sir etuvchi kuchlar


Download 38.87 Kb.
bet7/8
Sana24.11.2023
Hajmi38.87 Kb.
#1796763
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
процесс 1 маъруза (1)

Real suyuqliklarga ta’sir etuvchi kuchlar
Harakatsiz suyuqlik sirt va hajmiy kuchlar ta’siri ostida bo‘ladi.
Sirt kuchlari suyuqlikni atrof-muhitdan ajratib turuvchi yuzaga ta’sir ko‘rsatadi. Ta’sir kuchi yuza maydoniga proporsional bo‘ladi. Bunday kuchlar qatoriga bosim kuchlari va ishqalanish (qovushqoqlik) kuchlari kiradi.
Hajmiy (massaviy) kuchlar suyuqlik hajmi bo‘yicha bir xilda tarqalgan bo‘ladi. Bu kuchlarning ta’siri suyuqlik massasiga nisbatan proporsional bo‘ladi.
Og‘irlik kuchi, inersiya kuchlari va markazdan qochma kuchlar massaviy kuchlar guruhiga kiradi.
Og‘irlik kuchining G intensivligi suyuqlikni solishtirma og‘irligi (N/m3) bilan tavsiflanadi:
 = lim (G/V) = lim (mg/V) = pg.
v 0 v 0
Suyuqlikning bosim kuchlarini idish tubiga, devorlariga, unga qisman yoki to‘la cho‘ktirilgan jism sirtiga ko‘rsatadigan ta’siri gidrostatik bosim qiymati bilan belgilanadi
PF = P/F yoki R = lim (P/F) , (2.4)
F0
bu erda F- ta’sir yuzasi, m2; P- suyuqlik sathining bosim kuchi,Pa.
Tinch holatdagi suyuqlikning har qanday nuqtasidagi bosim qiymati, barcha yo‘nalishlar bo‘yicha bir xil va hamma vaqt normal bo‘yicha yo‘nalgan bo‘ladi.
Bosimni SI sistemasidagi o‘lchov birligi Pa (yoki N/m2). Amaliyotda gidrostatik bosim kPa, MPa, texnik atmosfera (at), fizik atmosfera (atm), mm simob ustuni, metr suv ustuni va boshqa o‘lchov birliklarida ifodalanishi mumkin. Masalan, 1 atm=103300 Pa =760 mm simob ustuni=10 m suv ustuni; 1MPa=103 kPa=106 Pa.
Agar suyuqlik sirtiga ta’sir qilayotgan atmosfera bosimi Ratm hisobga olinsa, u holda absolyut (yoki to‘la) Rabs bosim
Rabs = gN + Ratm , (2.5)
bu erda gN- suyuqlikning bosimi; g=9,81 m/s2- erkin tushish tezlanishi; N- suyuqlik sathining balandligi, m.
Atmosfera bosimidan ortiqcha (yoki manometrik) bosim qiymati Rman suyuqlikdagi absolyut bosim Rabs va Ratm o‘rtasidagi ayirmaga teng

Download 38.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling