Asosiy texnologik jarayon va qurilmalar


Download 38.87 Kb.
bet2/8
Sana24.11.2023
Hajmi38.87 Kb.
#1796763
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
процесс 1 маъруза (1)

Fan predmeti va vazifasi- texnologik jarayonlarni o‘rganish, tabbiy fanlar qonuniyatlarini texnologik jarayonlarga qo‘llashdir. U quyidagi vazifalarni o‘z ichiga oladi:
1.Harakatdagi ishlab chiqarishda eng maq’bul rejimni tan­lash, uskunalar yuqori ishlab chiqarish quvvatiga erishish, mahsulot sifatini oshirish, ekologik muammolarni muvofaqiyatli echish;
2.YAngi ishlab chiqarish loyihalarini qilishda yuqori effektiv va kam chiq­indili texnologik sxemalarni tanlash, uskunalarni nisbatan ratsional tiplarni o‘rnatish;
3. Uskunalar tanlashda zamonaviy xisoblash vositalariga suyangan xol­da ilmiy xisob- kitoblar qilish, kimyoviy texnologiyada jarayonlar va usku­nalarni xisoblashning yangi prinsipial metodlarini ishlab chiqish;
4.Ilmiy tekshirish ishlarida jarayonlarning borishini aniqlovchi asosiy faktorlarni o‘rganish,ularni xisoblashda umumiy bog‘liqliklarni olish va laboratoriya tadqiqotlari natijalarini tezlik bilan ishlab chiqarishga qo‘llash;
Asosiy kimyoviy texnologik jarayonlarning sinflanishi:
Texnologik jarayonlar turli tumanligiga qaramasdan borish tezligining qonuniyatlari munosabatiga qarab quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
1.Gidromexanik jarayonlar - ularda suyuqlik va gazlarning xarakati o‘rganiladi. Jarayonning tezligi gidromexanika qonunlari bilan aniqlanadi. Suyuqliklarni bir joydan ikkinchi joyga uzatish, gazlarni siqish va uzatish, turli jinsli gaz va suyuqlik aralashmalarini ajratish, suyuqliklarni aralashtirish gidromexanik jarayonlarga kiradi.
2.Issiqlik jarayonlar - ularda temperaturalar farqi mavjud bo‘lganda bir jismdan ikkinchi jisimga issiqlikning o‘tishidir. Jarayonning tezligi issiqlik uzatish qonuniyatla­riga buysunadi. Bunday jarayonlarga isitish, sovutish, bug‘latish, kondensatsiyalash, kabilar kiradi.
3.Modda almashinish jarayonlar – bir yoki bir necha kompanentlarning bir fazadan, fazalarni ajratuvchi yuza orqali, ikkinchi fazaga o‘tishidir. Komponentlar bir fazadan ikkinchi fazaga malekulyar va konvektiv diffuziyalar yordamida o‘tadi. Ularga absorb­siya, adsorbsiya, ekstraksiya, suyuqliklarni xaydash, quritish va boshqalar ki­radi.
4.Kimyoviy jarayonlar – moddalarning o‘zaro ta’siri natijasida yangi birikmalarni xosil bo‘lishidir. Kimyoviy reaksiyalar vaqtida odatda, issiqlik va modda almashinuvi jarayonlari xam sodir bo‘ladi.
5.Mexanik jarayonlar - ularda tezlik qattiq jismlar mexanik qonuni­yatlariga asosan ifodalanadi.Ularga maydalash,saralash,qattiq va pastasi­mon moddalarni aralashtirish va boshqalar kiradi.
Kimyo sanoatining barcha tarmoklarida suyuqlik va gazlarni uzatish, suyuqliklarni aralashtirish, xar xil jinsli gaz va gazlarni uzatish, suyuqlik aralashmalarini ajratish kabi jarayonlar ko‘p uchraydi. Bu jarayonlarning tezligi gidromexanika qonunlari bilan ifodalanadi. Gidromexanika qonunlarini va ulardan amalda foydalanish usullarini gidravlika fani o‘rganadi. Gidravlika ikki asosiy qismdan: suyuqliklarning muvozanat qonunlarini o‘rganadigan gidrostatika va suyuqliklarning xarakat qonunlarini o‘rganadigan gidrodinamikadan tashkil topgan.
Suyuqliklar oquvchanlik xususiyatiga ega. Suyuqlik go‘yo ma’lum xajmga ega, lekin shaklga ega emas (qanday idishga solinsa, o‘sha idish shaklini oladi), ammo suyuq massa tashqi kuchlar bo‘lmagan sharoitda, faqat molekular kuchlar ta’siri ostida shar shaklini oladi. Moddalarning suyuq xolati o‘z tabiatiga ko‘ra, gaz xolat bilan qattiq xolat o‘rtasidagi oraliq o‘rinni egallaydi.
Suyuqlik va gazlarning xarakat tezliklari tovush tezligidan past bo‘lgani uchun ularning xarakat qonunlari bir xil. SHuning uchun gidravlikada suyuqlik deyilganda gaz xam, suyuqlik xam tushuniladi. Ularni bir-biridan ajratish uchun suyuqliklar tomchili, gazlar esa elastik suyuqlik deb yuritiladi. Suyuqlik va gazlar quyidagi xossalari bilan bir-biriga o‘xshaydi:
1) suyuqliklar xuddi gazlar kabi ma’lum shaklga ega emas, uning fizik xossalari barcha yo‘nalishda bir xil, ya’ni izotropdir;2) gazlarning qovushqoqligi kichiq bo‘lib, suyuqliklarnikiga yaqinlashadi; 3)kritik xaroratdan yukori xaroratda suyuqliklar bilan gazlar orasidagi farq yo‘qoladi.
Boshqa soxalarda bo‘lgani kabi, gidravlikada xam nazariy tadqiqotlar natijalarini soddalashtirish maqsadida ideal suyuqlik modelidan foydalaniladi.

Download 38.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling