Asosiy texnologik jarayonlar va qurilmalar
Download 4.8 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qirrali issiqlik almashgichlar.
- Aralashtiruvchi issiqlik almashgichlar
- Regenerativ issiqlik almashgichlar
- Bir bosqichli bug`latish
21.10-rasm. G`ilofli issiqlik almashgich (a) va g`ilofni qurilmaga biriktirish usullari (b — flanes yordamida; d — payvandlash yo׳li bilan): 1 - idishlarning qobiqlari; 2 — isituvchi g`iloflar; 3 - halqalar; 4 - flaneslar. Bu turdagi qurilmalarning yuzasi chegaralangan (10 m 2 gacha) bo׳lib, g`ilofdagi ortiqcha bosim 1 MPa dan ortmasligi kerak. Devordan suyuqlik muhitiga issiqlik berishni jadallashtirish uchun idishning ichiga mexanik aralashtirgich joylashtiriladi. Ayrim paytlarda qurilma ichidagi suyuqlik bug` yoki siqilgan gaz bilan ham aralashtirilishi mumkin. Qirrali issiqlik almashgichlar. Texnikada anchagina ko׳p qo׳llanilib turiladigan ba’zi issiqlik almashinish jarayonlarida issiqlik o׳tadigan yuzaning ikki tomonidagi issiqlik berish koeffitsientlari bir- biridan katta farq qiladi. Masalan, havoni kondensatsiya bo׳layotgan suv bug`i bilan isitishda bug`dan devorga issiqlik berish koeffitsienti К м Вт 2 1 15000 1000 ÷ = α bo׳lsa, devordan isitilayotgan havoga issiqlik berish koeffitsienti К м Вт 2 2 15 10 ÷ = α bo׳ladi. Bunday sharoitda samaradorligi kam bo׳lgan issiqlik tashuvchi agent (havo) tomonidagi quvurlar qirrali qilib tayyorlanadi. Natijada issiqlik almashinish yuzasi kattalashib, bug`dan havoga o׳tgan issiqlik miqdori ko׳payadi. 21.11-rasmda quvurlari qirrali qilib tayyorlangan issiqlik almashgichlarning elementlari ko׳rsatilgan. Tadqiqotlardan ma’lumki, quvurlarning yuzalari qirrali qilinganda issiqlik almashinish yuzasining ko׳payishidan tashqari, qirralar oqimning girdobsimon holatga kelishiga yordam berganligi sababli issiqlik berish koeffitsienti ham ortadi. Shuni ham hisobga olish kerakki, bunda issiqlik tashuvchi agentni haydash uchun bo׳lgan sarf ko׳payadi. 76 21.11-rasm. Qirrali issiqlik almashgichlarning elementlari: a) qurilmalari ko׳ndalang kesim bo׳yicha joylashtirilgan; b, d) qirralari o׳q kesimi bo׳yicha joylashtirilgan; e) qirralari qat-qat burmali qilib tayyorlangan. Tashqi yuzasi qirrali qilib tayyorlangan quvurlar bir necha turga bo׳linadi: 1) bo׳ylama qirrali (21.12-rasm, a shakl); 2) kesilgan qirrali (21.12-rasm, b shakl); 3) ko׳ndalang qirrali (21.12-rasm, d shakl); 4) spiralsimon qirrali (21.12-rasm, e shakl). Qirralarning samaradorligi issiqlik berish koeffitsienti (a) orqali belgilanadi. Qirrali quvurlar ishlatilganda a ning qiymati qirraning balandligi, shakli va materialiga bog`liq bo׳ladi. Agar a ning qiymati yuqori bo׳lishi shart bo׳lmasa, po׳latdan tayyorlangan qirralardan foydalanish etarli bo׳ladi, mabodo a katta qiymatlarga erishilishi zarur bo׳lgan paytda misli yoki alyuminiy qirralarni qo׳llanishi maqsadga muvofiq bo׳ladi. Quvurning ichidagi termik qarshilik katta bo׳lgan paytda chegara qatlamni emiradigan yoki girdobsimon holatga keltiradigan turbulizatorlardan foydalaniladi. Turbulizatorlar sifatida turli konstruksion elementlar (spirallar, diafragmalar, disklar) va kiydirma (halqalar, sharlar) ishlatiladi; bulardan foydalanilganda quvurning qarshiligi ko׳payadi. 21.13- rasmda oqimning girdobsimon holatga keltirishga yordam beradigan diafragmali, diskli, spiralli quvurlar ko׳rsatilgan. Masalan, quvur ichiga diafragma o׳rnatilganda oqim Re = 140 bo׳lganda 21.12-rasm. Qirrali quvurlar: a) bo׳ylama qirrali; b) kesilgan qirrali; a) ko׳ndalang qirrali; ) i i i i 77 turbulent holatga o׳tadi (qo׳shimchasi bo׳lmagan quvurda esa bu holat Re = 2300 bo׳lganda yuz beradi). Demak, diafragmali quvurda issiqlik almashinish taxminan 4 marotaba tez boradi. 21.13-rasm. Turbulizatsiya qiladigan qo׳shimcha quvurlar: a) diafragmali; b) diskli; d) spiralli. Aralashtiruvchi issiqlik almashgichlar Bunday issiqlik almashish qurilmalari yuqori samarali texnologik uskunalar qatoriga kiradi. Issiqlik tashuvchi agentlarning to׳g`ridan-to׳g`ri kontakti asosida issiqlik almashinish yuz beradi, bunda qurilma devorining termik qarshiligi bo׳lmaydi. Shu sababdan aralashtiruvchi qurilmalarda issiqlik almashish jara-yonlari jadal sur’atlar bilan boradi. Ushbu issiqlik almashgichlardan texnologik shart-sharoit bo׳yicha issiqlik tashuvchi muhitlarni aralashtirish zarur bo׳lgan holatlarda foydalaniladi. Ko׳pincha aralashtiruvchi issiqlik almashgichlar suv bug`ini kondensatsiya qilish, suv va gazlarni (odatda havoni) isitish va sovitish uchun ishlatiladi. Bunday qurilmalar tuzilishiga ko׳ra bir necha turga bo׳linadi: barbotajli, tokchali, nasadkali, ichi bo׳sh (suyuqlikni sochib beradigan). Bug` yoki gazning suyuq holatga o׳tish jarayoni kondensatsiya deyiladi. Kimyo va oziq-ovqat sanoatida kondensatsiya jarayoni keng tarqalgan. Masalan, bug`lanish qurilmalarida vakuum hosil qilish uchun, bug`ning kondensatsiyalanish issiqligidan foydalanib uskunalarni isitish uchun, har xil siqilish haroratli komponentlardan tashkil topgan aralashmalarni ajratish uchun kondensatsiya jarayonidan foydalaniladi. Kondensatsiya jarayoni olib boriladigan qurilmalar kondensatorlar deyiladi. Sovituvchi agent vazifasini ko׳pincha suv, ayrim hollarda havo va boshqa sovuq tashuvchi agentlar bajaradi. Kondensatorlar yuzali va aralashtiruvchi bo׳ladi. Yuzali kondensatorlarda kondensatsiyalanayotgan bug` va sovituvchi suv o׳zaro issiqlik o׳tkazuvchi devor orqali ajratilgan bo׳ladi. Aralashtiruvchi kondensatorlarda esa bug` suv bilan to׳g`ridan-to׳g`ri aralashishi natijasida kondensatsiyaga uchraydi. 78 21.14-rasm. To׳g`ri yo׳nalishli aralashtiruvchi kondensator: 1 - kondensator qobig`i; 2 — qopqoq; 3 - bug`ning kirishi uchun patrubka; 4 - sochib beruvchi sopio; 5 - suv, kondensat va havoni chiqarish uchun patrubka; 6 - nasos. Bug` va suvning o׳zaro harakatiga ko׳ra aralashtiruvchi kondensatorlar qarama-qarshi va to׳g`ri yo׳nalishli bo׳ladi. 21.14-rasmda to׳g`ri yo׳nalishli aralashtiruvchi kondensator ko׳rsatilgan. Kondensator qobig`i (1) ga qopqoq (2) dagi patrubka (3) orqali kondensatsiyalanishi lozim bo׳lgan bug` kiritiladi. Sovituvchi suv sopio (4) orqali sochib beradi. Isitilgan suv kondensat va havo bilan birgalikda patrubka (5) orqali nam havo nasosi (6) yordamida tashqariga chiqariladi. 21.15-rasmda qarama-qarshi yo׳nalishli barometrik kondensator ko׳rsatilgan. Qobiqda 5-7 ta tokchalar bo׳lib, ularda bug` va suv o׳zaro kontaktga uchraydi. Tokchalarda suvning balandligi 40 mm ga yaqin bo׳lib, tokchalar chekkasidagi to׳siqlar yordamida ushlab turiladi. Tokchalarning yuzasi yaxlit yoki g`alvirsimon bo׳ladi. Ko׳pincha yaxlit tokchalar ishlatiladi. Bug` pastki tokchaning tagiga beriladi va yuqoriga qarab harakat qiladi. Bug` tokchalar orasida suv bilan aralashishi natijasida kondensatsiyaga uchraydi. Tokchalar o׳rtasidagi masofa pastdan yuqoriga qarab kamayib boradi, chunki bug`ning miqdori ham yuqoriga ko׳tarilgan sari kamayadi. Kondensatorga bug` va sovituvchi suv bilan birga bir muncha havo ham kirishi mumkin. Havo kondensatorning yuqorigi qismidan tomchi ushlagich orqali so׳rib olinadi. Tomchi ushlagichda havodan suv tomchilari ajratiladi; ajralgan suv tomchilari barometrik quvurga tushadi. Barometrik quvurda kondensatordagi vakuumning qiymatiga to׳g`ri keladigan suv ustuni ushlab turiladi. Barometrik quvur tashqaridagi havoning qurilmaga kirmasligiga to׳sqinlik qilib, gidravlik zatvor vazifasini bajaradi. Kondensat va suv barometrik idishga tushadi, so׳ngra tashqariga chiqarib yuboriladi. 79 21.15-rasm. Qarama-qarshi yo׳nalishli barometrik kondensator: 1 - kondensator; 2 - tomchi ushlagich; 3 - tokchalar; 4 - barometrik quvur; 5 — barometrik idish. Regenerativ issiqlik almashgichlar Bunday qurilmalar birorta issiqlik tashuvchini oldin boshqa issiqlik tashuvchi ta’sirida isitilgan qattiq jism bilan navbatma-navbat kontakt qilishiga asoslangan. Qattiq jism (nasadka) qo׳zg`almas va harakatlanuvchi holatda bo׳lib, davriy ravishda issiqlik tashuvchilar ta’sirida isiydi yoki soviydi. Nasadka sifatida o׳tga chidamli g`ishtlar, metall plastinalari va sharlar, alyuminiy falgasi va boshqa materiallar ishlatiladi. Qo׳zg`almas nasadkali regenerativ issiqlik almashgichning shakli 21.16-rasmda ko׳rsatilgan. Issiqlik ta- shuvchilar kiradigan yo׳nalishdagi (3) va (4) klapanlarning shaklda ko׳rsatilgan holatida, o׳ng kamera (2) ga qizdirilgan issiqlik tashuvchi (P) yuboriladi va nasadkaning qizishi yuz beradi; shu paytning o׳zida chap kamera (1) ga sovuq issiqlik tashuvchi (I) yuboriladi, bunda uning avval qizdirilgan nasadka ta’sirida isitish yuz beradi. Ma’lum vaqt o׳tgandan so׳ng klapanlar qarama-qarshi tomonga o׳zgartiriladi, bunda issiqlik almashinish teskari yo׳nalishda boradi. Issiqlik tashuvchi agentlar yo׳nalishidagi klapanlar holatining o׳zgarishi avtomatik ravishda bajariladi. Regenerativ issiqlik almashgichlarning bir qator kamchiliklari bor: qo׳shimcha chang tozalaydigan qurilmalarni o׳natish talab qilinadi; gazlarni isitadigan va sovitadigan kameralarning qismlari emirilishga uchraydi. 21.16-rasm. Qo׳zg`almas qatlamli regenerativ issiqlik almashgichning ishlash sxemasi: 1, 2 - nasadkali rege-neratorlar; 3, 4 - klapanlar; I va II — issiqlik tashuvchi agentlar. 80 17- Ma’ruza MAVZU: BUG`LATISH. 1. Bug`latish to`g`risida umumiy tushuncha. 2. Bir bosqichli bug`latish 3. Ko׳p bosqichli bug`latish Uchuvchan bo׳lmagan moddalar eritmalarining tarkibidagi erituvchini qaynatish paytida chiqarib yuborish yo׳li bilan quyuqlashtirish jarayoni bug`latish deb yuritiladi. Agar bug`lanish jarayoni qaynash haroratidan past haroratlarda suyuqlikning yuzasida ro׳y bersa, bug`latish jarayonida esa bug` eritmaning butun hajmidan ajralib chiqadi. Kimyo sanoatida ishqor, tuz va boshqa moddalarning suvli eritmalari, ayrim mineral va organik kislotalar, ko׳p atomli spirtlar hamda shu kabi bir qator suyuq eritmalar bug`latiladi. Ayrim vaqtda bug`latish yordamida toza erituvchilar ham olinadi. Quyuqlashtirilgan eritmalar va bug`latish natijasida hosil bo׳lgan qattiq moddalarni oson hamda arzon qayta ishlash, saqlash va boshqa joylarga jo׳natish mumkin. Bug`latish jarayonida isituvchi agent sifatida asosan suv bug`i ishlatiladi, bunday bug` birlamchi bug` deb yuritiladi. Qaynayotgan eritmani bug`latish paytida hosil bo׳lgan bug` ikkilamchi bug` deb ataladi. eritmani bug`latish uchun zarur bo׳lgan issiqlik miqdori devor orqali beriladi. Faqat ayrim hollardagina, eritmalarni quyultirish uchun kerak bo׳lgan issiqlik tutun gazlari yoki boshqa gazsimon issiqlik tashuvchi agentlarning suyuqlik bilan o׳zaro kontakti orqali beriladi. Bug`latish jarayoni vakuum ostida, atmosfera va yuqori bosimlarda olib borilishi mumkin. Bu esa eritmalarning xossalariga va ikkilamchi bug`ning issiqligidan foydalanish zaruratiga bogliq holatda tanlaniladi. Vakuum ostida bug`latish bir qator afzalliklarga ega: jarayonni ancha past haroratlarda olib borish mumkin, bu hol ayniqsa, yuqori haroratlarda parchalanib ketishi mumkin bo׳lgan moddalar eritmalarini quyuqlashtirishda juda qo׳l keladi. Bundan tashqari, vakuum ta’sirida isituvchi agent va eritma harorati o׳rtasidagi foydali farq ko׳payadi, bu narsa qurilmaning isitish yuzasini kamaytirishga olib keladi, vakuum bilan bug`latish uchun nisbatan past harorat va bosimli isituvchi agentdan foydalanish mumkin. Vakuum ishlatilganda ikkilamchi bug`dan qaytadan birlamchi bug` sifatida foydalanish imkoni tug`iladi. Vakuum ostida bug`latish kamchiliklardan ham xoli emas: vakuumni ishlatish bug`latish qurilmasining narxini oshiradi; vakuum hosil qilish uchun kondensatorlar, tomchi ushlagichlar, vakuum-nasoslar kerak bo׳ladi, bundan tashqari, qurilmani ishlatish uchun zarur bo׳lgan xarajat ham ko׳payadi. 81 Atmosfera bosimidan yuqori bo׳lgan bosimida bug`latishda hosil bo׳lgan ikkilamchi bug`dan qaytadan bug`latish jarayonida hamda bug`latish bilan bog`liq bo׳lmagan boshqa maqsadlarda foydalanish mumkin. Boshqa maqsadlar uchun ajratilgan ikkilamchi bug` — ekstra-bug` deb ataladi. Yuqori bosim bilan bug`latish jarayonida ekstra-bug`ni ajratib olib ishlatish, vakuum yordamida bug`latishga nisbatan, issiqlikdan to׳laroq foydalanish imkonini beradi. Yuqori bosim bilan bug`latish eritmaning qaynash haroratining ortishiga olib keladi. Bundan tashqari, yuqori bosim bilan bug`latishni amalga oshirish uchun yuqori haroratli isituvchi agent kerak bo׳ladi. Shu sababli bu usul yuqori haroratga chidamli moddalarning eritmalarini quyultirishda ishlatiladi, xolos. Atmosfera bosimi bilan bug`latishda ikkilamchi bug` ishlatilmaydi, u atmosferaga chiqarib yuboriladi. Bunday usul eng oddiy, ammo iqtisodiy jihatdan eng tejamsiz hisoblanadi. Bug`latish jarayoni kimyo, oziq-ovqat va shu kabi boshqa sanoat tarmoqlarida keng ishlatiladi. Bu jarayondan eritmalarni quyultirish va ulardan erigan holdagi moddalarni ajratib olishdan tashqari, toza erituvchilar olish, sovuq hosil qilish texnikasi va boshqa maqsadlarda foydalaniladi. Sanoatda bug`latish jarayoni bir va ko׳p korpusli qurilmalarda amalga oshiriladi. Ko׳p korpusli qurilmalarning faqat birinchi korpusiga isituvchi (birlamchi) bug` beriladi, keyingi korpuslarini isitish uchun esa oldingi korpuslardan chiqqan ikkilamchi bug` ishlatiladi. Natijada isituvchi bug`ning umumiy sarfi kamayadi. Ishlash rejimiga ko׳ra bug`latish qurilmalari davriy va uzluksiz bo׳ladi. Kichik masshtabdagi ishlab chiqarishlarda va ayrim vaqtda, eritmalarni yuqori konsentrasiyalargacha bug`latishda, davriy ishlaydigan bug`latish qurilmalari ishlatiladi. Kimyo sanoatida asosan uzluksiz ishlaydigan bug`latish qurilmalari keng ishlatiladi. Zamonaviy bug`latish qurilmalari ancha katta isitish yuzasiga ega, ayrim paytda bitta korpusning isitish yuzasi 2500 m 2 dan ortib ketadi. Bir bosqichli bug`latish Bir bosqichli bug`latish jarayoni bitta korpusli qurilmada olib boriladi (22.1-rasm). Markaziy sirkulyatsiya quvuri bo׳lgan uzluksiz ishlaydigan bug`latish qurilmasining ishlash tamoyilini ko׳rib chiqamiz. Qurilma asosan isitish kamerasi va separatordan tashkil topgan. 22.1-rasmda tasvirlangan shaklda isitish kamerasi va separator bitta qurilmada joylashgan. Isitish kamerasi separatordan alohida joylashgan bo׳lishi ham mumkin. Bunda isitish kamerasi va separator quvur orqali birlashgan bo׳ladi. Kamera odatda to׳yingan suv bug`i bilan isitiladi. Bug` quvurlar tashqarisidagi bo׳shliqqa kiradi, bu erda, kondensatsiyalanish jarayoni yuz beradi va ajralib chiqqan issiqlik quvur devorlari orqali eritmaga beriladi. Hosil bo׳lgan kondensat kameraning pastki qismida joylashgan patrubka orqali tashqariga chiqariladi. Bug`latilayotgan eritma isitish quvurlari orqali yuqoriga ko׳tariladi, bunda eritma qaynaydi, natijada ikkilamchi bug` hosil bo׳ladi. Separatorda bug` suyuqlikdan ajratiladi. Suyuqlik tomchilaridan ajralgan ikkilamchi bug` separatorning yuqorigi qismidan tashqariga chiqariladi. Suyuqlikning bir qismi markaziy sirkulyatsiya quvuri orqali qurilmaning pastki qismiga tushadi. Markaziy quvurdagi suyuqlik eritma va isitish quvurlari ichidagi bug`-suyuqlik emulsiyasi zichliklari o׳rtasidagi farq ta’sirida uzluksiz ravishda sirkulyatsiya bo׳lib turadi. Quyuqlashtirilgan eritma qurilmaning pastki qismida joylashgan patrubka orqali tashqariga chiqariladi. Ayrim bug`latish qurilmalarida markaziy sirkulyatsiya quvuri bo׳lmaydi. Bug`latish jarayoni vakuum ostida olib borilsa, ikkilamchi bug` vakuum-nasos yordamida kondensatorga so׳rib turiladi. 82 22.1-rasm. Markaziy sirkulyasiya quvuri bo׳lgan buglatish qurilmasi: 1 — isitish kamerasi; 2 — separator; 3 — isitish quvurlari; 4 - sirkulyatsiya quvuri. Moddiy balans. 22.1-rasmga asosan б V , (foiz hisobidagi massaviy) konsentrasiyali va kg/s hisobidagi б C miqdorli dastlabki eritma bug`latish qurilmasiga kiradi, quyuqlashtirilgan eritmaning miqdori K G (kg/s), uning oxirgi konsentratsiyasi esa k v (foiz) ga teng. Agar qurilmadan chiqarilayotgan erituvchi (ikkilamchi bug`) ning miqdori (kg/s) bo׳lsa, u holda qurilmaning moddiy balansi quyidagi tenglama bilan ifodalanadi: W G G k б + = (22.1) Eritma tarkibida bo׳lgan quruq moddaga nisbatan moddiy balans quyidagicha yoziladi: 100 100 k K б б v G v G = (22.2) Amaliy hisoblashlarda dastlabki eritma sarfi б G ning konsentratsiyasi b v va quyuqlashgan eritmaning kerakli konsentratsiyasi k v berilgan bo׳ladi. Bunda (22.1) va (22.2) tenglamalar orqali qurilmaning ish unumi topiladi. Quyuqlashtirilgan eritma bo׳yicha: k b b K v v G G = (22.3) Bug`latilayotgan suv bo׳yicha: − = − = k б б K б v v G G G W 1 (22.4) Issiqlik balansi. Quyidagi belgilashlarni qabul qilamiz: D - isituvchi bug`ning sarfi; u I - uning entalpiyasi; I — ikkilamchi bug`ning entalpiyasi; б б t C i ⋅ = - dastlabki eritmaning entalpiyasi; k k k t C i ⋅ = quyuqlashgan eritmaning entalpiyasi; θ ' C i = - isituvchi bug` kondensatining entalpiyasi; ' , , S S C K б — dastlabki va quyuqlashgan eritma hamda kondensatning o׳rtacha solishtirma issiqlik sig`imlari; θ , , K б t t — dastlabki va quyuqlashgan eritma hamda isituvchi bug` kondensatining haroratlari. 83 Issiqlikning kirishi va uning sarflanishi quyidagicha bo׳ladi. Issiqlikning kirishi: dastlabki eritma bilan — б б i G isituvchi bug` bilan — u DI ; Issiqlikning sarflanishi: quyuqlashgan eritma bilan — K K i D ; ikkilamchi bug` bilan — WI; quyuqlashtirish issiqligi — кoнц Q , atrof-muhitga sarflangan issiqlik — й Q . Issiqlik balansi quyidagicha: й koнo K K u б б Q Q DDi WI i G DI i G + + + + = + ' (22.5) Dastlabki eritma quyuqlashgan eritma va bug`latilishi lozim bo׳lgan suv aralashmasidan iborat hamda dastlabki eritmaning issiqlik sig`imi haroratlarning б t dan K t gacha intervalida o׳zgarmay qoladi deb olamiz. Bunda quyidagi issiqlik balansini yozish mumkin: K K K K K б б t WC t C G t C G '' + = (22.6) bu yerda, C'' — harorati 0°C dan K t gacha o׳zgargan paytdagi suvning o׳rtacha issiqlik sig`imi. ' , , i i i K б va K K C G laming qiymatlarini (22.5) tenglamaga qo׳yib, quyidagi ifodani olamiz: й koнo K K б б u б б б Q Q DC WI t WC t C G DI t C G + + + + − = + θ ' '' Bu tenglamadan bug`latish qurilmasiga vaqt birligi ichida isituvchi bug` bilan kiritilgan issiqlik miqdorini aniqlaymiz: ( ) ( ) ( ) Qй Q t C I W t t C G C I D Q koнo K б K б б u + + − + − = − = '' ' θ (22.7) (22.7) tenglamaning o׳ng tomonidagi birinchi qismi dastlabki eritmani qaynash haroratigacha isitish uchun sarf bo׳lgan issiqlik miqdorini, ikkinchi qismi esa eritmadan suvni bug`latish uchun sarf bo׳lgan issiqlik miqdorini belgilaydi. Eritmani quyuqlashtirish paytida issiqlik samarasi kоон Q bilan ifodalanadi. Quyuqlashtirish jarayonida issiqlikning yutilishi yoki chiqishi sodir bo׳ladi. Shunga ko׳ra kоон Q ning miqdori issiqlik balansining kirish yoki sarflanish qismlari orqali o׳z ifodasini topadi. Agar kоон Q ning miqdori kancha katta bo׳lsa, u hisobga olinadi, kam bo׳lsa hisobga olinmaydi. Issiqlikning atrof-muhitda yo׳qotilishi й Q odatda Q ning 3-5 foizini tashkil qiladi. й Q ning miqdori ortib ketmasligi uchun bug`latish qurilmalari tegishli qalinlikdagi izolyatsiya qatlami bilan qoplanadi. (22.7) tenglamaga asosan isituvchi bug`ning sarfini topish mumkin: ( ) ( ) θ ' '' C I Qй Q t C I W t t C G D u koнo K б K б б − + + − + − = (22.8) Agar eritma avval qaynash haroratigacha isitilib, so׳ngra bug`latish qurilmasiga berilsa, K б t t = bo׳ladi. kons Q va й Q ning miqdori hisobga olinmasa, (22.8) tenglama yordamida 1 kg suvni bug`latish uchun kerak bo׳lgan isituvchi bug`ning nazariy sarfini topish mumkin: Download 4.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling