Asosiy tushuncha va atamalar


Davlat tassarufidan chiqarishning asosiy prinsiplari


Download 465.72 Kb.
bet2/3
Sana26.03.2023
Hajmi465.72 Kb.
#1296680
1   2   3
Bog'liq
4-mavzu korxonalarni davlat tassarufidan chiqarish va xususiylashtirish

Davlat tassarufidan chiqarishning asosiy prinsiplari
1.2



Xususiylashtirish bu mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va nodavlat mulk shakllarini rivojlantirishni bildirib, monopollashgan bozor iqtisodiyotidan erkin bozor iqtisodiyotiga oʻtish bilan bogʻliq hodisadir. Mazkur hodisa davlat mulki monopoliyasini tugatishga qaratilgan boʻlib, u antimonopol xarakterga ega, yaʼni mulkdorlar, mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilarni koʻpaytirib, sogʻlom raqobat muhitiga yoʻl ochadi.


Oʻz navbatida, xususiylashtirishning asosiy maqsadi mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va koʻp ukladli mulk shakllarini tashkil etish evaziga mulkdor sinfini shakllantirish, aholining kam taʼminlangan qatlamlarini ijtimoiy qoʻllab quvvatlash, aholi oʻsishini hisobga olib, asta-sekin ijtimoiy kafolatlar tizimiga oʻtish va aholini turmush tarzini oshirishdir. Davlat mulkini xususiylashtirish tushunchasi ham davlatning oʻz ixtiyoridagi ishlab chiqarish vositalari, mol-mulk obyektlarini, korxonalar, uy-joy, transport vositalari, tabiat resurslari va boshqalarni davlat tasarrufidan chiqarishi va fuqarolar, jamoalar, shuningdek, davlatga tegishli boʻlmagan yuridik shaxslarga berishi yoki sotilishi, davlat mulki asosida turli (aksiyali, xususiy, oilaviy, qoʻshma, aralash, korporativ) mulk shakllarini vujudga keltirishni anglatadi. Davlat mulkini xususiylashtirish davlat mulkini kelgusida shu mulk negizida xoʻjalik faoliyati yurituvchi va uning natijalari boʻyicha toʻliq mulkiy masʼuliyatni zimmasiga oluvchi iqtisodiy subyektlarga turli shartlarda berish yoki sotish orqali amalga oshiriladi va mulk egasini oʻzgartirishni nazarda tutadi. Har bir soha faoliyatining oʻziga xos tamoyillari boʻlganidek, xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarishning ham belgilangan tamoyillari mavjud. Quyidagilar davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning asosiy prinsiplari hisoblanadi davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish shakllarini mehnat jamoasining manfaatlarini hisobga olgan holda aniqlash;.
3) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining, valyuta zaxirasining, davlat maqsadli jamgʻarmalarining, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining mablagʻlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining oltin zaxirasi;
4) pul muomalasi boʻyicha xizmat koʻrsatuvchi davlat tashkilotlari, qimmatli qogʻozlarni, ordenlarni, medallarni va pochta toʻlovi belgilarini ishlab chiqarishni taʼminlovchi korxonalar va tashkilotlar;
5) Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining, Davlat xavfsizlik xizmatining va Ichki ishlar vazirligining korxonalari, muassasalari va harbiy-texnikaviy mol-mulki (sanoatda qayta ishlov berilguniga qadar, shuningdek sanoatda qayta ishlov berilishi mumkin boʻlmagan mol-mulk);
6) ionlovchi nurlanish manbalaridan foydalanib ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlarini olib boruvchi, rentgen uskunalari, asbob-uskunalar va jihozlarni ishlab chiqish, tayyorlash va realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi korxonalar va obyektlar;
7) radioaktiv moddalarni kavlab olish, ishlab chiqarish, tashish, qayta ishlashni, radioaktiv chiqindilarni koʻmish, uran va boshqa boʻlinuvchi materiallarni, shuningdek ulardan yasalgan buyumlarni realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi korxonalar va obyektlar;
8) qurol-yarogʻ va oʻq-dorilar, himoya vositalari, harbiy texnika, ehtiyot qismlar, butlovchi qismlar va ular uchun asbobuskunalar, pirotexnika mahsulotlari, shuningdek ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallar va uskunalar ishlab chiqish, tayyorlash, taʼmirlash va realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi korxonalar;
9) ovchilik va sport sohasida foydalaniladigan oʻqotar qurollar va oʻq-dorilar, shuningdek tigʻ qurol (sovgʻa tarzidagi milliy pichoqlar bundan mustasno) ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi korxonalar va tashkilotlar;
10) kuchli taʼsir etadigan zaharlar, giyohvandlik moddalari va zaharli moddalar ishlab chiqaruvchi, shuningdek tarkibida giyohvandlik moddalari va zaharli moddalar boʻlgan ekinlar ekuvchi, yetishtiruvchi va ularga qayta ishlov beruvchi korxonalar;
11) Oʻzbekiston Respublikasining davlat zaxiralari. Fuqaro muhofazasi va safarbarlik maqsadidagi obyektlar hamda mol-mulk;
12) atom energetikasi obyektlarini (uskunalari, tizimlari va apparatlarini oʻrnatish) va strategik ahamiyatdagi obyektlarni qurish va montaj qilish ishlarini olib borish, ulardan foydalanish hamda ularni taʼmirlashni amalga oshiruvchi ixtisoslashtirilgan korxonalar va tashkilotlar;
13) portlash xavfi boʻlgan va zaharli moddalarni tashishni amalga oshiruvchi ixtisoslashtirilgan korxonalar;
14) umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʻllari;
15) sanitariya-epidemiologiya stansiyalari. Sud-tibbiy ekspertizasi byurolari. Atrof muhit holatini nazorat qiluvchi hamda tabiatni muhofaza qiluvchi xizmatlar;
16) davolashishlab chiqarish ustaxonalari, jazoni ijro etish muassasalarining korxonalari;
17) maxsus vazifalarni bajaradigan korxonalar (Respublika maxsus aloqa uzeli, 15361 raqamli Harbiy qism, Elektromagnit moslik markazi);
18) qabristonlar.
Davlat tasarrufidan chiqarilmaydigan va xususiylashtirilmaydigan davlat mulki obyektlari jumlasiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq boshqa obyektlar ham kiritilishi mumkin.
3. Quyidagi davlat mulki obyektlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan amalga oshiriladi:
1) asosiy fondlarining balans qiymati bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming baravaridan ortiq boʻlgan korxonalar;
2) qimmatbaho, nodir metallar, qimmatbaho toshlarni kavlab olish hamda qayta ishlash korxonalari;
3) sanoatning tayanch tarmoqlari: yoqilgʻi-energetika, konchilik (shu jumladan portlovchi moddalarni, shuningdek ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallar va asbob-uskunalarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish hamda realizatsiya qilish bilan shugʻullanadigan), mashinasozlik va paxtani qayta ishlash majmualarining korxonalari va tashkilotlari. Neft, gaz va koʻmir qazib chiqarish, quduqlar burgʻulash korxonalari va tashkilotlari. Magistral neft quvurlari va gaz quvurlari, neft mahsulotlarini oqizma holda yetkazib beradigan quvurlar, elektr va issiqlik hosil qiluvchi stansiyalar va tizim hosil etadigan elektr tarmoqlari;



1.3





Download 465.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling