Asosiy tushuncha va atamalar


Download 465.72 Kb.
bet1/3
Sana26.03.2023
Hajmi465.72 Kb.
#1296680
  1   2   3
Bog'liq
4-mavzu korxonalarni davlat tassarufidan chiqarish va xususiylashtirish









Asosiy tushuncha va atamalar
Davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish,davlat ulushi,mulk, xususiy mulk

Reja:


  • . 1 Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tushunchasi

  • Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning huquqiy asoslari

  • 3 Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish subyektlari va obyektlari

  • 4 . Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish usullari

5 Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tartibi.


Korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish.







1.1
Davlat tassarufidan chiqarish tushunchasi

Mulkiy munosabatlarni takomillashtirish, mulkchilikni tarkibiy oʻzgartirish bozor iqtisodiyoti sharoitidagi mamlakatlar uchun eng muhim masalalardan biri hisoblanadi. Shu boisdan, Oʻzbekistonda mustaqillikning ilk yillaridan boshlab mulkiy munosabatlarga, jumladan, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlariga alohida eʼtibor qaratildi.


Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq, xususiylashtirish – — jismoniy shaxslarning va davlatga taalluqli boʻlmagan yuridik shaxslarning ommaviy mulki obyektlarini yoki davlat aksiyali jamiyatlarining aksiyalarini davlatdan sotib olishidir, davlat tasarrufidan chiqarish esa — davlat korxonalarini va tashkilotlarini xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlariga, ommaviy mulk boʻlmaydigan boshqa korxonalar va tashkilotlarga aylantirishdir.. Xususiylashtirish iqtisodiy tushuncha boʻlib, mulkka egalik huquqini davlatdan korxonalar va alohida shaxslarga berilishi, xususiy sektorga davlat xizmatlari koʻrsatilishini cheklashni yoki xususiy tashabbuskorlik uchun keng imkoniyatlar berish maqsadlarida davlatning faoliyat sohasini toraytirishni bildiradi.
Bu jarayon yangi mulkdorlar sinfini vujudga kelishiga koʻmaklashadi, zero usiz bozor iqtisodiyotini shakllantirish mumkin emas. Boshqacha aytganda, xususiylashtirish deyilganda fuqarolar va davlatga taalluqli boʻlmagan yuridik shaxslarni davlat mulki obyektlarini yoki davlat aksiyalarini davlatdan sotib olishi tushuniladi34 . Oʻz navbatida, xususiylashtirish davlat huquqiy voqeiligi sifatida davlatda mavjud mulkiy munosabatlarni oʻzgartirish hisoblanadi.
Demak, xususiylashtirish bu mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va nodavlat mulk shakllarini rivojlantirishni bildirib, monopollashgan bozor iqtisodiyotidan erkin bozor iqtisodiyotiga oʻtish bilan bogʻliq hodisadir. Mazkur hodisa davlat mulki monopoliyasini tugatishga qaratilgan boʻlib, u antimonopol xarakterga ega, yaʼni mulkdorlar, mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilarni koʻpaytirib, sogʻlom raqobat muhitiga yoʻl ochadi.
Oʻz navbatida, xususiylashtirishning asosiy maqsadi mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va koʻp ukladli mulk shakllarini tashkil etish evaziga mulkdor sinfini shakllantirish, aholining kam taʼminlangan qatlamlarini ijtimoiy qoʻllab quvvatlash, aholi oʻsishini hisobga olib, asta-sekin ijtimoiy kafolatlar tizimiga oʻtish va aholini turmush tarzini oshirishdir.
Davlat mulkini xususiylashtirish tushunchasi ham davlatning oʻz ixtiyoridagi ishlab chiqarish vositalari, mol-mulk obyektlarini, korxonalar, uy-joy, transport vositalari, tabiat resurslari va boshqalarni davlat tasarrufidan chiqarishi va fuqarolar, jamoalar, shuningdek, davlatga tegishli boʻlmagan yuridik shaxslarga berishi yoki sotilishi, davlat mulki asosida turli (aksiyali, xususiy, oilaviy, qoʻshma, aralash, korporativ) mulk shakllarini vujudga keltirishni anglatadi. Davlat mulkini xususiylashtirish davlat mulkini kelgusida shu mulk negizida xoʻjalik faoliyati yurituvchi va uning natijalari boʻyicha toʻliq mulkiy masʼuliyatni zimmasiga oluvchi iqtisodiy subyektlarga turli shartlarda berish yoki sotish orqali amalga oshiriladi va mulk egasini oʻzgartirishni nazarda tutadi.
Har bir soha faoliyatining oʻziga xos tamoyillari boʻlganidek, xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarishning ham belgilangan tamoyillari mavjud. Quyidagilar davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning asosiy prinsiplari hisoblanadi:
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish shakllarini mehnat jamoasining manfaatlarini hisobga olgan holda aniqlash;
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish vaqtida mulkni pulli va pulsiz topshirishni qoʻshib olib borish;
pulsiz va pulli xususiylashtiriladigan mulkdan ulush olishda fuqarolarning huquqlari tengligi;
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish sharoitida barcha fuqarolar ijtimoiy himoya qilinishini taʼminlash;
oshkoralik davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tadbirlarini amalga oshirish ustidan davlat va jamoat nazoratini yoʻlga qoʻyish;
raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etish. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni amalga oshirish chogʻida quyidagilar ommaviy mulkni sotib oluvchi subyektlar boʻlishi mumkin:
Oʻzbekiston Respublikasining, boshqa davlatlarning fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar;
davlatga taalluqli boʻlmagan yuridik shaxslar;
ajnabiy yuridik shaxslar ommaviy mulkni sotib oluvchi subyektlar boʻlishi mumkin.
Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishi man etilgan shaxslar davlat tasarrufidan chiqariladigan va xususiylashtiriladigan obyektlarni sotib olishlari, tanlov va kim oshdi savdosida xaridor sifatida qatnashishlari, xususiylashtirilayotgan korxonalarning (aksiyadorlik jamiyatlari bundan mustasno) aksiyalarini sotib olishlari mumkin emas.
Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunining 4-moddasiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi o
mmaviy mulki obyektlari toʻliq ravishda yoki qisman davlat tasarrufidan chiqariladi va xususiylashtiriladi.
Shuningdek, quyidagi davlat mulki obyektlari davlat tasarrufidan chiqarilmaydi va xususiylashtirilmaydi:
1) Oʻzbekiston Respublikasi hududi doirasida yer (qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno), yer osti boyliklari, ichki suvlar, havo havzasi, oʻsimlik va hayvonot dunyosi;
2) moddiy madaniy meros obyektlari, shu jumladan davlat fondlarida, milliy fondlarda, axborot-kutubxona fondlarida va ilmiytadqiqot muassasalarining fondlarida saqlanayotgan moddiy madaniy meros obyektlari, shuningdek arxivlar, muzeylar va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar davlat huquqiy voqeiligi sifatida davlatda mavjud mulkiy munosabatlarni oʻzgartirish hisoblanadi



Download 465.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling