Asosiy tushuncha va atamalar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan davlat mulki obyektlarini davlat tassarufidan chiqarish
Download 465.72 Kb.
|
4-mavzu korxonalarni davlat tassarufidan chiqarish va xususiylashtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustahkamlash uchun savоl va tоpshiriqlar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan davlat mulki obyektlarini davlat tassarufidan chiqarish
Oʻzbekistonda xususiylashtirishning davlat korxonalarini xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlariga aylantirish usuli keng qoʻllanildi. Xususiylashtirishning mazkur usulini keng qoʻllashdan maqsad, bozor iqtisodiyoti sharoitida fuqarolarni mulkdor qilish orqali ularni ijtimoiy jihatdan himoyalash edi. Chunki, bozor munosabatlariga oʻtish davrida ishsiz fuqarolarning soni ortadi hamda ularni ijtimoiy jihatdan himoyalash dolzarb muammolardan biri boʻlib qoladi. Aynan mana shunday vaziyatda fuqaro birorta korxonaning aksiyasiga ega boʻlsa yoki uning nizom jamgʻarmasida oʻz ulushiga ega boʻlsa, u ijtimoiy jihatdan himoyalangan boʻladi, chunki ular vaqti-vaqti bilan dividend olib turishadi. Dastlab yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlari tashkil etilgan boʻlsa, keyinchalik fuqarolarni xususiylashtirish jarayonida faol ishtirokini taʼminlash uchun, ular ochiq aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirila boshlandi. Biroq, iqtisodiy tahlillar mazkur jamiyat va shirkatlarda davlat ulushining saqlanib qolishi maqsadga muvofiq emasligini koʻrsatdi. Shuning uchun ham keyingi davrdagi iqtisodiy islohotlar xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlaridagi davlat ulushlarini mumkin qadar qisqartirishga yoki boʻlmasa ularning barchasini xususiy sektorga oʻtkazib yuborishga qaratildi. Eng achinarlisi, mazkur korxonalarda aksiyadorlarning oʻz huquqlarini bilmasliklari yoki ularni amalga oshirmasliklari, mulkdor sifatida ularning manfaatlariga salbiy tasir koʻrsatmoqda. Shuning uchun ham, korxonalarning korporativ boshqaruvini tubdan isloh etish dolzarb muammolardan biri boʻlib qolmoqda. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tartibi. Birinchi bosqichda xususiylashtiriladigan korxonalar tanlab olinadi va xususiylashtirish usullari belgilanadi. Tanlov ishbilarmonlik faoliyatining umumiy shart-sharoitlarini bozorning tegishli bugimlari xususiyatini potensial investorlarni manfaatdorlik darajasini, moliyaviy resurslarning mavjudligini, korxonalar ish olib borishniig asosiy xususiyatlarini baholash asosida amalga oshiriladi. Navbatdagi bosqichda xususiylashtirilayotgan korxonalarni tayyorlash amalga oshiriladi, meʼyoriy asoslar ishlab chiqiladi, dastlabki baholash bajariladi va ayrim muxim karorlar qilinadi. Koʻpincha korxonada ishlovchilarning manfaatlari bilan bogʻliq turli ziddiyatli vaziyatlarni bartaraf etish zaruriyati tugilishi mumkin. Qisqartirishlar mikdorini kamaytirish, ortikcha xodimlar bilan adolatli munosabat, yangi ish beruvchi korxonada koldirilgan xodimlarning xizmat muddatini hisobga olishi shu manfaatlarga taalluklidir. Tayyorgarlik bosqichida amalga oshiriladigan asosiy tadbirlarning sungisi kiymat baxosini dasglabki aniklashdan iboratdir. Bozorning potensial munosabatining yana bir jihati, konkret bozor shart-sharoitlari, tadbirkorlik faoliyatining umumiy sharoitlari zamirida xaridorlar kayfiyatini hisobga olishdan iboratdir. Xaridor manfaatdorligini solik imtiyozlari, past foiz stavkalari va shu kabilar belgilash yuli bilan ragbatlantirish zarur. Oʻzbekiston Respublikasining respublika mulki obyektlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilish huquqi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki vakolat bergan davlat boshqaruvi idoralariga beriladi. Munitsipal obyektlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilish huquqi mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralariga beriladi. Bunday qarorlarni qabul qilishga huquq berilgan idoralar matnda bundan keyin ommaviy mulk obyektlarini tasarruf etuvchilar deb yuritiladi. Oʻzbekiston Respublikasining ommaviy mulkini respublika mulkiga va maʼmuriy-hududiy tuzilmalar mulkiga (munitsipal mulkka) ajratishni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga binoan amalga oshiradi. Davlat tasarrufidan chiqarishni, xususiylashtirishni oʻtkazish yoki unday qilishni rad etish toʻgʻrisidagi qarorni ommaviy mulk obyektlarini tasarruf etuvchi buyurtma tushgan paytdan boshlab oʻn kun ichida qabul qiladi, hamda uni buyurtma berganga va davlat tassarufidan chiqarilayotgan yoki xususiylashtirilayotgan korxonaning mehnat jamoasiga yozma ravishda yetkazadi. Davlat korxonasini ochiq aksiyadorlik jamiyatiga aylantirish toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi yoki uning hududiy organi tomonidan qabul qilinadi. Davlat tasarrufidan chiqarish yoki xususiylashtirish: - basharti, korxona davlat tasarrufidan chiqarilmaydigan va xususiylashtirilmaydigan korxonalar roʻyxatiga kiritilgan boʻlsa; - basharti, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning korxonalarning mazkur turi uchun nazarda tutilgan xususiyatlari hisobga olinmayotgan boʻlsa; - ommaviy mulk obyektlarini tasarruf etuvchi rad etishni asoslash bilan birga davlat tasarrufidan chiqarish yoki xususiylashtirishni amalga oshirish mumkin boʻlgan shartlar va muddatlarni koʻrsatmogʻi zarur. Korxonani davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga tayyorlash ishi davlat tasarrufidan chiqariladigan va xususiylashtiriladigan mol-mulk tarkibini aniqlashni, uning ishlab chiqarish va noishlab chiqarish fondlarini inventarizatsiyadan oʻtkazishni, korxonaning aktivlari va passivlarini baholashni, mehnat jamoasida tushuntirish ishlari olib borishni, boshqa masalalarni hal etishni, shu jumladan raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablarini inobatga olgan holda hal etishni oʻz ichiga oladi. Davlat tasarrufidan chiqarish komissiyasi davlat tasarrufidan chiqarilayotgan yoki xususiylashtirilayotgan korxona mablagʻi hisobidan pul toʻlash sharti bilan ishning ayrim yoʻnalishlari boʻyicha 103 ekspertlar guruhlarini tuzishlari, maslahat beruvchi, auditor va boshqa tashkilotlarni bu ishga jalb qilishlari mumkin. Komissiya korxona maʼmuriyati bilan birgalikda davlat tasarrufidan chiqarilayotgan yoki xususiylashtirilayotgan korxona toʻgʻrisida davlat tasarrufidan chiqarish yoki xususiylashtirishda qatnashayotgan subyektlar uchun, shuningdek jamoatchilik uchun belgilangan nusxada zarur axborot tayyorlaydi. Davlat korxonasi ochiq aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilayotganda korxona rahbari davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga doir hujjatlarni tayyorlash uchun ishchi komissiya tuzadi. Komissiya bir oylik muddatda zarur hujjatlarni tayyorlab, ommaviy mulk obyektini tasarruf etuvchiga taqdim etadi. Zarur hujjatlar roʻyxatini Vazirlar Mahkamasi belgilaydi. Komissiya korxonani davlat tasarrufidan chiqarish yoki xususiylashtirish tadbirlari rejasini ishlab chiqadi va ommaviy mulk obyektlarini tasarruf etuvchiga tasdiqlash uchun taqdim etadi, bu reja: - davlat tasarrufidan chiqarishni yoki xususiylashtirishni oʻtkazish muddatlarini; - obyektning qiymatini; - korxonani qayta tashkil etishning zarurat boʻlganda ishlab chiqarish va ijtimoiy infrastruktura obyektlaridan foydalanishning mavjud tartibi va shartlarini saqlab qolishni ham nazarda tutuvchi loyihasini; - hisob-kitoblarning tavsiya etiladigan shakl va muddatini; - imtiyozlar berish, shu jumladan davlat tasarrufidan chiqarish qismini bepul berish imkoniyatini oʻz ichiga oladi. Davlat tasarrufidan chiqarish yoki xususiylashtirish rejasiga boshqa masalalar ham kiritilishi mumkin. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish obyektining sotuv narxini ommaviy mulk obyektlarini tasarruf etuvchi belgilaydi. Sotuv narxini belgilashda obyektning davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish vaqtidagi qiymatiga asoslaniladi hamda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish oʻtkazilayotgan paytda qaror topgan haqiqiy bahosi hisobga olinishi lozim. Ommaviy mulk obyekti qiymatining dastlabki bahosi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadi. Ijarachi ommaviy mulk Mustahkamlash uchun savоl va tоpshiriqlar: Download 465.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling