Asosiy va yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari hisobi


Download 64 Kb.
bet1/2
Sana10.02.2023
Hajmi64 Kb.
#1185784
  1   2
Bog'liq
ASOSIY VA YORDAMCHI ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI HISOBI


ASOSIY VA YORDAMCHI ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI HISOBI
REJA:



  1. Ishlab chiqarish xarajatlari va ularning turkumlanishi

  2. Yordamchi xo`jaliklar va ishlab chiqarishlar bo`yicha analitik hisob

Ishlab chiqarish xarajatlari va ularning turkumlanishi.
Sanoat korxonalarining asosiy faoliyati mahsulot ishlab chiqarishdan iborat bo`lganligi tufayli, birinchi navbatda, shu ishlab chiqarishdagi xarajatlar tarkibi va ularning xususiyatlari bilan tanishib chikish lozim bo`ladi.
Ishlab chiqarish xarajatlari deb mahsulotni tayyorlash uchun jonli va moddiylashtirilgan mehnat sarflarning pul shaklidagi ifodasiga aytiladi.
Quyidagi narxda ishlab chiqarish xarajatlarining turkumlanishi keltirilgan:
Yordamchi ishlab chiqarishda asosiy ishlab chiqarish yoki korxonaning asosiy faoliyati uchun yordamchi (ko`makchi) bo`lgan ishlab chiqarishlar bo`lib, ular quyidagi schyotlarda hisobga olinadi:
2310 «Yordamchi ishlab chiqarish»
2320 «Boshqa ishlab chiqarishlar»
Bu schyotlar aktiv bo`lib, debetida yordamchi ishlab chiqarish bo`yicha qilingan xarajatlar, kreditida ishlab chiqarish tugatilgan mahsulot, bajarilgan ish va ko`rsatilgan xizmatlar haqikiy tannarx summasi aks ettiriladi. Bu schyotlarning debeti hisobot davrida boshiga qolgan tuganlanmagan ishlab chiqarish xarajatlari summasini ko`rsatadi.
2310 va 2320-schyotlarida xarajatlarni hisobga olishda quyidagi yordamchi ishlab chiqarishlar foydalanadi:
- turli xil energiyalar, elektroenergiya, gaz va boshqalar bilan xizmat ko`rsatish;
- transport xizmatlarini ko`rsatish;
- asosiy vositalarni ta`mirlash;
- instrumentlar, shtamplar, qurilish detallari, konstruktsiyalar tayyorlash yoki qurilish materiallarini boyitish(asosan qurilish korxonalarida);
- tosh, shag’al, qum va boshqa rudasiz materiallar kazib olish;
- yogoch tayyorlash va yog’och arralash;
- qishloq xo`jalik mahsulotlarini tuzlash, qoqi qilish va konservalash(asosan savdo korxonalarida);
- maxsus kiyimlar va maxsus poyafzallarni ta`mirlash ,tikish va boshqalar.
Murakkab yordamchi ishlab chiqarishlar – instrumentlar, ta`mirlash tsexlari va transport tsexlari turli ishlarni bajaradi, ko`p texnolologiya operatsiyalaridan iborat mahsulotlar tayyorlaydi yoki xizmatlarni ko`rsatadi.
Har bir mahsulot va ishlar bo`yicha rejalashtirish va mahsulot tannarxini hisoblash buyurtmalar va kal’ulyatsiya moddalari bo`yicha olib boriladi.
2310 «Yordamchi ishlab chiqarish», 2320 «Boshqa ishlab chiqarishlar» schyotlarining debetida mahsulot ishlab chiqarish, ishlar bajarish va xizmatlar ko`rsatish bilan bevosita bog’liq bo`lgan to`g’ri xarajatlar, yordamchi ishlb chiqarishni bajarish va xizmat ko`rsatish bilan bog’liq bo`lgan egri xarajatlar va brakdan ko`rilgan yo`qotishlar aks ettiriladi.
2310 va 2320 – schyotlar debetlanganda quyidagi schyotlar kreditlanishi mumkin:
0211 – 0290 – schyotlari – yordamchi ishlab chiqarishlarda foydalanilayotgan asosiy vositalarga hisoblangan eskirish summasiga;
1010, 1070, 1090 – schyotlari – yordamchi ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun sarflangan materiallar summasiga;
1210, 1310 – schyotlari – sarflangan arzon va tez eskiruvchi buyumlar summasiga;
YOrdamchi xo`jaliklar va ishlab chiqarishlar bo`yicha analitik hisob quyidagicha tashkil etiladi:
1 – kal’kulyatsiya ob`ektlari doirasida ishlab chiqarishni xisobga olish kartochkalarida – buyurtmalar va kal’kulyatsiya moddalari bo`yicha;
2 – tsexlar bo`yicha (2510 – schyotining moddalar nomenklaturasi bo`yicha 12 – vedomostda);
3 – xarajat summalari bo`yicha (to`g’ri va egri ). Har bir tsex bo`yicha har oyda aloxida 12 – vedomosti yuritilib ,unda hisobot oyi va yil boshidan jamlanib kelinayotgan smeta va haqikiy xarajat ma`lumotlari ko`rsatiladi. Smeta va haqikiy ma`lumotlarni solishtirish yuli bilan tsex jamoasining ishi tahlil qilinadi.
Yordamchi ishlab chiqarishlar tomonidan tayyorlangan mahsulot, bajarilgan ish va ko`rsatilgan xizmatlar quyidagi hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi:
nakladnoylar – omborga topshirilgan tayyorlangan instrumentlar miqdorini ko`rsatib;
ta`mirlangan ob`ektlarni qabul qilish – bajarilgan va topshirilgan ta`mirlash ishlariga;
yo`l varaqlari – transport tsexining tashigan yuk hajmiga;
bosh energetik, bosh texnolog, bosh mexaniqlarning bergan ma`lumotlari (spravkalari) – oddiy ishlab chiqarishlar tomonidan bajarilgan ishlar xizmatlar hajmiga.
Yordamchi ishlab chiqarishlar, mahsulotlari xizmat va ishlari korxona ichida asosiy va yordamchi tsexlar, zavod boshqarmasi tomonidan iste`mol qilinishi va chetga sotishi xam mumkin.
2310 «Yordamchi ishlab chiqarish» va 2320 «Boshqa ishlab chiqarishlar» schyotlarining kreditida, ilgari aytilganidek, ishlab chiqarilgan tayyor mahsulot, bajarilgan ish va ko`rsatilgan xizmatlarning haqikiy (hisobot davri ichida reja ) tannarxi summasi aks ettiriladi.
2310 va 2320 – schyotlari kreditlanganda quyidagi schyotlar debetlanadi:
1010, 1070, 1090 – schyotlari – ishlab chiqarilgan ehtiyot qismlar va ishlab chiqarishdan qaytarilgan chiqitlar kirimga olinganda;
1210, 1220 – schyotlari – yordamchi ishlab chiqarishlarda ATBning kirimga olinishi;
YOrdamchi tsexlarning biri – ikkinchisiga ko`rsatilgan xizmatlari muqobil xizmatlar deyiladi. Bu xizmatlarni asosiy iste`molchisi bo`lib, asosiy ishlab chiqarish tsexlari va zavod boshqarmasi hisoblanadi.
Muqobil xizmatlar tsexning reja tannarxida yoki oldingi oyning haqikiy tannarxida hisobga olinadi. Asosiy iste`molchilarga ko`rsatilgan xizmatlar yordamchi ishlab chiqarishlar tsexlarning haqikiy tannarxida hisobga olinadi. Uz asbob – uskunalarining kapital ta`miri uchun ko`rsatilgan xizmat, transport vositalarining chetga bajarilgan ishlari ishlab chiqarish tannarxi bo`yicha baholanadi.
Murakkab yordamchi ishlab chiqarishlar xarajatlarning hisobi xarajatlarni mahsulot turlari yoki ayrim bajarilgan ishlar va ta`mirlar bo`yicha guruhlashni talab qiladi. Murakkab yordamchi ishlab chiqarishlarda xizmatlar zavod ichidagi buyurtmalar bo`yicha qilinadigan kal’kulyatsiya yordamida taqsimlanadi. Buning uchun kalkulyatsiya vedomosti tuziladi. Buyurtmalar bo`yicha mahsulot tannarxi hisoblanganda yordamchi ishlab chiqarishlar bo`yicha hisoblaydi ish haqi va materiallar qiymati bevosita buyurtmalarga yoziladi, qolgan xarajatlar esa 2310 va 2510 – schyotlariga yig’ilib buyurtmalar orasida to`g’ri xarajatlarga mutanosib taksimlanadi.
Ishlab chiqarish xarajatlari:
– mahsulot tannarxi:
Ishlab chiqarishning moddiy xarajatlari:

  • mahsulotga qushiladigan xom ashyo va materiallar – sotib olingan materiallar (ishlab chiqarishni me’yorida o’tishini ta’minlash, ehtiyot qismlar, mahsulotlarni urash, joylash uchun materiallar va h.k);

  • ishlab chiqarish xususiyatiga ega xizmatlar va ishlar;

  • tabiiy xom ashyo (suv, yog’och va h.k);

  • energiya va yoqilg’ining hamma turlari;

  • materiallarning tabiiy kamayishi.


Ishlab chiqarish xarakteridagi mehnatga to’lovlar:



  • bajarilgan ishlar uchun to’lovlar;

  • qo’shimcha to’lovlar;

  • ishlanmagan vaqtlar uchun to’lovlar.

Ijtimoiy sug’urtaga ajratmalar:



  • ish haqi fondiga nisbatan ajratmalar;

  • nodavlat nafaqa fondiga, ixtiyoriy tibbiy sug’urtaga va boshqa ixtiyoriy to’lovlar.

Asosiy fondlar va nomaterial aktivlar amortizasiyasi:
asosiy fondlarning eskirishiga qarab bosh birlamchi bahodan ajratma.
Ishlab chiqarish xarakteridagi boshqa xarajatlar:
ishlab chiqarish jarayoniga ko’rsatilgan xizmatlar;

  • ishlab chiqarish xom ashyo va materiallar bilan ta’minlash;

  • asosiy fondlarni ishchi holda saqlash xarajatlari;

  • o’t o’chirishni ta’minlash va qorovullar;

  • ishlab chiqarish asosiy fondlarining ijara haqi.


Download 64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling