Asosiy va yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari hisobi
Download 64 Kb.
|
1 2
Bog'liqASOSIY VA YORDAMCHI ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI HISOBI
- Bu sahifa navigatsiya:
- -moliyaviy faoliyat xarajatlari
- -favqulodda zararlar
-davr xarajatlari:
Mahsulotni sotish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar: tovarlarni tashish xarajatlari; savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarining muomala arajatlari; Ma’muriy xarajatlar: boshqaruv xodimlarining mehnat to’lovlari; ularga sug’urta ajratmalari; xizmat avtomobillarini asrash; boshqaruvning texnik vositalari, aloqa, signalizasiya, hisoblash markazi va h.k. boshqaruvdagi asosiy fondlar amortizasiyasi; xizmat safari xarajatlari. Boshqa operasion xarajatlar: kadrlar tayyorlash; qurilishdagi kamchiliklarni yo’qotish; maslahatlar berish va axborotlar xizmati to’lovlari, auditlar xizmati to’lovlari va h.k. -moliyaviy faoliyat xarajatlari: banklarning uzoq va qisqa muddatli kreditlari uchun to’lovlar; uzoq muddatli ijara uchun to’lovlar; valyuta kursining o’zgarishi sababli foyda va zararlar; korxonaning o’z qimmatbaho qog’ozlarini chiqarish va tarqatish xarajatlari. -favqulodda zararlar: bularga kutilmagan holda yuz beradigan zararlar kiradi. Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, yangicha sharoitda mahsulot tannarxiga tijorat, ma’muriy, umumxo’jalik va moliyaviy xarajatlar kiritilmaydi. Balki ular har davrning o’zida korxona foyda summasi hisobidan qoplanadi va bu holat milliy hisoblar tizimiga mos keladi. Davr xarajatlari – korxonalar faoliyatida yangi ko’rsatkich hisoblanadi. Bu xarajatlar bevosita ishlab chiqarish jarayoni bilan bog’liq emas. Bularga ishlab chiqarishni boshqarish, tijorat xarajatlari, umumxo’jalik xarajatlari shu jumladan ilmiy-tekshirish va tajriba-konstruktorlik xarajatlari kiradi. Ular umumxo’jalik xarajatlari bo’lib, ularning hajmi ishlab chiqarish mahsulot hajmi bilan bog’liq emas, balki davr, vaqt bilan bog’liq. Mahsulot tannarxi korxona mahsulotini ishlab chiqarish va sotish bilan bog’liq bo’lgan, pul bilan ifodalangan xarajatlarning yig’indisidir. Mahsulot tannarxining ma’lum darajasi juda ko’p ishlab chiqarish omillarining o’zaro ta’sir natijasidir. Masalan, tannarxning pasayishiga mehnat unumdorligining oshishi, xom ashyo, elektroenergiya, yoqilg’gi materiallarning tejab tergab sarf qilinishi, asbob uskunalardan foydalanish darajasining oshirilishi, brak, bekor turishlarning kamaytirilishi va h.k. ta’sir ko’rsatadi. Tannarxning pasaytirilishi bilan korxonalarning pul jamg’armalari oshadi, ishlab chiqarishni yanada kengaytirish va takomillashtirish uchun qo’shimcha mablag’ beradi, mahsulotlar chakana narxini pasaytirib bu bilan aholining turmush darajasini yuksaltirishga imkon yaratadi. Adabiyotlar 1.Umarova M. “Buxgalteriya hisobi”.Darslik.Toshkent,UAJBNT,2004. 2.Abdullaev A.,Qayumov I.”Buxgalteriya hisobi”.O`quv qo`llanma.Toshkent, MINHOJ,2002 . 3.Pardaev A.”Boshqaruv hisobi”.O`quv qo`llanma.Toshkent,Akademiya,2002. 4.Bobojonov O.J.,Jumaniyozov K.”Moliyaviy hisob”.Darslik.Toshkent, Moliya,2002. 5.Abdullaev A. “Moliyaviy hisob”.Darslik. Toshkent,2005 Download 64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling