Asosiy vositalarning qayta baholanishi


Asosiy vositalar to‘g‘risida tushuncha va ularni baholash tartibi


Download 359.68 Kb.
bet2/7
Sana19.03.2023
Hajmi359.68 Kb.
#1284540
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
begmatova.buxgalteriya

Asosiy vositalar to‘g‘risida tushuncha va ularni baholash tartibi

5-son BHMSga muvofiq, asosiy vositalar korxonalar mahsulot ishlab chiqarish jarayonida foydalanish, ishlarni bajarish yoki xizmat ko‘rsatish maqsadida yoxud xo‘jalik faoliyati olib borishda uzoq vaqt davomida ma’muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish uchun saqlaydigan moddiy aktivlardir. Asosiy vositalar ba’zan korxona barcha aktivlarining asosiy qismini tashkil etadi, shuning uchun uning moliyaviy holatini moliyaviy hisobotda ko‘rsatish uchun katta ahamiyatga ega.
5-son BHMSning 6-bandiga muvofiq asosiy vositalar, agar:
a) korxonada kelgusida aktiv bilan bog‘liq iqtisodiy foyda tushishiga ishonch bo‘lsa;
b) aktivning qiymati aniq baholangan bo‘lsa, aktiv sifatida tan olinadi.
Korxona asosiy vositalar obekti etirof etishning birinchi shartiga mos kelishini belgilashda dastlabki etirof etish paytigacha mavjud dalillar asosida kelgusida iqtisodiy foyda olish ehtimoli darajasini baholashi kerak. Bu korxona kelgusida olingan aktivga ega bo‘lish, foydalanish va boshqarish bilan bog‘liq barcha haqlar unga tegishli bulishiga ishonch hosil qilishi va mazkur obektga ega bo‘lish bilan bog‘liq barcha tavakkallikni o‘z zimmasiga olishni bildiradi. Ushbu iqtisodiy foydani olishning etarlicha yuqori ehtimoli korxonaning aktiv bilan bog‘liq iqtisodiy foyda ko‘rishi va o‘z zimmasiga tegishli tavakkalchilikni yuklashi bo‘yicha aniqlikni taqazo etadi. Bunday aniqlik odatda iqtisodiy foyda va tavakkalchilik butunlay korxonaga o‘tgandagina mavjud bo‘ladi. Ungacha aktivni sotib olish operatsiyasi odatda muayyan yo‘qotishlarsiz bekor qilinishi mumkin, shuning uchun aktiv etirof etilmaydi. Asosiy vositalarni etirof egishning ikkinchi sharti, odatda, buxgalteriya hisobi amaliyotida oson qanoatlantiriladi, chunki aktivni sotib olishni tasdiqlaydigan almashtirish operatsiyasi natijasida uning qiymati aniqlanadi.

Buxgalteriya hisobini ob’ektlaridan biri hisoblanuvchi aktivlarni korxona faoliyatida ishlatish yoki foydalanish muddati nuqtai nazardan ikkita yirik guruhga ajratish mumkin:


• bir yildan kam muddat mobaynida foydalaniladigan aktivlar;
• bir yildan ortiq muddat mobaynida foydalaniladigan aktivlar.
Bir yildan ortiq muddat mobaynida foydalaniladigan aktivlarni «uzoq muddatli aktivlar» deb aytiladi va ular tarkibiga moddiy va nomoddiy aktivlar kiradi. Moddiy (asosiy vositalar) va nomoddiy aktivlar - bu bir yildan ko’proq foydali xizmat qilish muddatiga ega bo’lgan ishlab chiqarish, ma’muriy maqsadlar uchun foydalanadigan va qayta sotish uchun mo’ljallanmagan aktivlardir.
Moddiy aktivlarni eskirishi nuqtai nazardan uch guruhga ajratish mumkin:

  • eskirishga tegishli bo’lgan aktivlar - binolar, inshootlar, uskunalar, mebel, qurilmalar va shunga o’xshashlar;

  • emirilishga tegishli bo’lgan aktivlar - foydali qazilmalar, o’rmon boy-liklari;

  • emirilishga yoki eskirishga tegishli bo’lmagan aktivlar – foydalanish-dagi er.

Uzoq muddatli moddiy aktivlar tarkibida asosiy vositalar katta salmoqqa ega bo’lib, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatida katta rol o’ynaydilar. O’zbekiston Respublikasining 5-sonli Buxgalteriya hisobi milliy standartining 7-bandida asosiy vositalarga quyidagicha ta’rif berilgan: «Asosiy vositalar - moddiy ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalarida uzoq (bir yildan ortiq) muddat davomida foydalaniladigan hamda ijaraga berish uchun mo’ljallangan moddiy aktivlardir».

5-BHMSning 9-bandiga muvofiq asosiy vositalar dastlabki qiymati bo‘yicha baholanadi va buxgalteriya hisobiga kiritiladi. Asosiy vositalarni barpo qilish yoki sotib olish uchun ketgan barcha sarf harajatlar qiymati, deganda, jumladan, to‘langan va qoplanmaydigan soliqlar, shuningdek, aktivlarni ishchi holatga keltirishga bevosita bog‘liq bo‘lgan boshqa har qanday sarf harajatlar tushuniladi. YAna shuni hisobga olish kerakki, boshqa shart-sharoitlarda qo‘shimcha qiymat soligi va aksiz solig‘i kabi soliqlar undiriladigan soliqlar hisoblanadi, ya’ni umumiy tartibda soliq to‘laydigan korxona tomonidan mazkur soliqlar to‘langanda hisobga olinadi, biroq asosiy vositalarni sotib olish ishga tushirishda yuqorida ko‘rsatilgan soliqlar ham ularning dastlabki qiymatga qo‘shiladi.


Inventarizatsiya paytida asosiy vositalarning ortiqcha obektlarini aniqlash. 5-BHMSning 11-bandi haq evaziga olingan asosiy vositalarning dastlabki qiymatiga kiritilgan quyidagi sarflarni belgilaydi: shartnoma bo‘yicha qurilish montaj ishlari uchun pudratchilarga va aktivlarni etkazib beruvchilarga to‘langan summa; asosiy vositalarga egalik huquqini olish bilan bog‘liq ro‘yxatga olish yig‘imi, davlat bojlari va shu kabi boshqa to‘lovlar; bojxona bojlari va yig‘imlari; asosiy vositalar obektlarini sotib olish bilan bog‘liq soliqlar va yig‘imlar summasi; asosiy vositalar obektlarini sotib olish (yaratish) bilan bog‘liq axborot va maslahat xizmatlari uchun to‘lanadigan summa; asosiy vositalarning obektlarini etkazib berish tavakkalchiligini sug‘urta qilish bo‘yicha harajatlar; asosiy vositalarning sotib olishdagi vositachilarga to‘lanadigan haq; asosiy vositalarni o‘rnatish, montaj qilish, sozlash, ishga tushirishga to‘lanadigan harajatlar; aktivni maqsadli foydalanish uchun ishchi holatga keltirish bilan bevosita bog‘liq boshqa harajatlar.

Buxgalteriya hisobida hisobga olishda asosiy vositalarni turlari bo’yicha (natural buyum shakliga ko’ra) quyidagi gruhlarga ajratiladi:



  • yer;

  • yerni obodonlashtirish;

  • moliyalanadigan lizing shartnomasi bo’yicha olingan asosiy vositalar;

  • binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar;

  • mashina va uskunalar;

  • mebel va ofis jihozlari;

  • kompьyuter jihozi va hisoblash texnikasi;

  • transport vositalari;

  • ish hayvonlari;

  • mahsuldor hayvonlar;

  • ko’p yillik o’simliklar (daraxtlar);

  • boshqa asosiy vositalar;

  • konservatsiya qilingan asosiy vositalar.



Download 359.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling