Asosiy vositalarning qayta baholanishi


Bir tekisda (to’g’ri chiziqli) eskirishni hisoblash usuli


Download 359.68 Kb.
bet5/7
Sana19.03.2023
Hajmi359.68 Kb.
#1284540
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
begmatova.buxgalteriya

Bir tekisda (to’g’ri chiziqli) eskirishni hisoblash usuli. Bu usulda ob’ekt qiymatining eskirish hisoblanayotgan qismi xarajat hisobvaraqlariga uning xizmat qilish muddati davomida bir tekisda (maromda) o’tkazib boriladi. Har yil uchun eskirish summasi (A) eskirish hisoblanadigan qiymat (ob’ektning bosh-langich qiymati (B)dan uning tugatish qiymati(Т)ni chegirilgan qismi)ni asosiy vositalarning foydali xizmat muddati(M)ga bo’lish orqali aniqlanadi, ya’ni
B - Т
A = ------------ .
M
Bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda eskirish hisoblash usuli. Ba’zi ob’ektlarni eskirishi ularning ishlatish jadalligi bilan bog’liq holda hisobga oladi, bunda ob’ektning mavjudlik davri (vaqti) e’tiborga olinmaydi. Bunda dastavval ish (maxsulot, xizmat) birligiga to’g’ri keladigan eskirishso’mmasi (A) hisoblab olinadi. Uni hisoblash eskirish hisoblanadigan qiymat (ob’ektning boshlangich qiymati (B)dan uning tugatish qiymati(Т)ni chegirilgan qismi)ni asosiy vositalarning bajargan ishi (ishlab chiqarilgan mahsuloti, ko’rsatgan xizmati) hajmiga (I)ga bo’lish orqali aniqlanadi, ya’ni
B - Т
A = ------------ .
I
Тezlashtirilgan eskirish hisoblash usuli : a) sonlarning yigindisi bo’yicha qiymatni hisobdan chiqarish usuli. Bu usul eskirish hisoblanadigan asosiy vositaning xizmat qilish yillari summasi orqa-li aniqlanadi va bu summa hisoblash koeffitsientida maxraj bo’lib xizmat qila-di. Bu koeffientsientning sur’atida ob’ektning xizmat muddati oxirigacha qolgan yillar soni (teskari tartibda) turadi. Bu usulda ham, oldingilarga o’xshash, eski-rish summasi boshlang’ich qiymatdan tugatish (qoldiq) qiymati chegirilgandan qol-gan qismidan hisoblanadi.
b) kamayib boruvchi qoldiq usuli. Asosiy vositalarga eskirish hisoblashning bu usuli sonlar yigindisi usuli tamoyillariga asoslangan. Kamayib boruvchi qoldiq usulida har kanday qat’iy belgilangan eskirish me’yorini qo’llanilishi mumkin bo’lsa-da, ko’pincha to’g’ri chiziqli usulda foydalangan normal eskirish me’yorga nisbatan ikki karra ko’paytirilgan me’yor qo’llaniladi. Shuning uchun ham, ayrim hollarda bu usulni ikki karra me’yorlarda kamayib boruvchi qoldiq usuli deb ham atashadi.
Asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluv-chi hisobvaraqlar «kontraktiv hisobvaraqlar» bo’lib, ulardagi yozuvlar asosiy vositalar qiymatini kamaytiradi. Ushbu hisobvaraq­ krediti bo’yicha asosiy vo-sitalarning eskirish summasi to’planadi va bu summalar quyidagi buxgalteriya yozuvlari bilan aks ettiriladi:

Download 359.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling