Asosiy vositalarning qayta baholanishi
Download 359.68 Kb.
|
begmatova.buxgalteriya
Qayta tiklash qiymati - bu asosiy vositalarni hozirgi vaqt sharoitida takror ishlab chiqarish qiymatidir. Asosiy vositalarning boshlang’ich qiymati inflyatsiya darajasini hisobga olgan holda ma’lum davrda qayta baholanadi.
Asosiy vositalarga eskirish hisoblash usullari Ma’lumki, xo‘jalik yurituvchi subektlarda asosiy vositalarning qiymati odatda ularga eskirish (amortizatsiya) hisoblash yo‘li bilan qoplanadi. Asosiy vositaning amortizatsiyalanadigan qiymati uning butun foydali xizmat muddati mobaynida xo‘jalik yurituvchi subektning xarajatlariga amortizaiion ajratmalar ko‘rinishida muntazam taqsimlanadi. Bu erda amortizatsiyalanadigan qiymat deyilganda aktivning moliyaviy hisobotlarda aks ettirilgan boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymatidan uning taxminiy (baholangan) tugatish qiymatini chegirib tashlangandan qolgan summasi tushuniladi. Korxonalardan mulklarni inventarizatsiya qilish natijasida aniqlangan asosiy vositalarning kamomadi va ortiqcha chiqishini buxgalteriya hisobida aks ettirish va soliqqa tortilishi amaldagi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.1 5-son BHMS, aktivning foydali xizmat muddati davomida asosiy vositalarning amortizatsiyalanadigan qiymatini(eskiish qiymati) uning tayinlashidan kelib chiqib, mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ning tannarxiga yoki davr xarajatlariga muntazam ravishda taqsimlanadigan eskirishning qiymat ko‘rinishidagi ifodasini amortizatsiya sifatida belgilab beradi. SHuni nazarda tutish kerakki, asosiy vositalar obekti bo‘yicha eskirish hisoblanishi, mazkur obekt asosiy vositalar tarkibiga qabul qilingan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan boshlanadi va ushbu obektning amortizatsiyalanadigan qiymati to‘la qoplanguncha yoki u balansdan chiqarilguncha amalga oshiriladi. Agar asosiy vositalarning obektlari bo‘yicha eskirish hisoblanishi mazkur obekt qabul qilingan oydan keyingi birinchi oydan boshlanadigan bo‘lsa, unga mos ravishda mazkur obekt bo‘yicha eskirish hisoblanishi uning amortizatsiya qiymati to‘liq qoplangan yoki u balansdan chiqarilgan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan to‘xtatiladi. Asosiy vositalar obektining foydali xizmat muddati davomida amortizatsiya hisoblanishi to‘xtatilmaydi, qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda ularni konservatsiyaga o‘tkazish hollaridan hamda obektning foydalanishi to‘liq to‘xtatilgan sharoitda ularning qo‘shimcha qurilishi, qo‘shimcha jihozlanishi, rekonstrukiiya qilinishi, zamonaviylashtirilishi, texnik qayta qurollantirilishi davridan tashqari. 21son BHMSga muvofiq, asosiy vositalar obektlari bo‘yicha hisoblangan eskirish summasi buxgalteriya hisobida tegishli summalarni to‘plash yo‘li bilan asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi schyotlarda (0200) aks ettiriladi. 2 Xo‘jalik yurituvchi subektlarning buxgalteriya hisobida asosiy vositalar obektlari bo‘yicha eskirish hisoblanishi quyidagi tarzda aks ettiriladi: a) ishlab chiqarish jarayonida foydalanilayotgan asosiy vositalar bo‘yicha ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxining kalkulatsiyasini hisoblash va xarajatlarni mahsulot birligi tannarxiga olib borish usuliga qarab: Dt 2010 «Asosiy ishlab chiqarish» yoki 2510 «Umumishlab chiqarish», Kt 0200 «Asosiy vositalarning eskirishi» schyoti. b) yordamchi ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar uchastkalarida foydalanilayotgan asosiy vositalar bo‘yicha: Dt 2310 - «YOrdamchi ishlab chiqarish" schyoti yoki 2710 - «Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar" schyoti, K-t 0200 «Asosiy vositalarning eskirishi» schyoti. v) mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) va tovarlarni sotishda foydalanilayotgan, ma’muriy maqsadda, madaniy-marifiy va boshqa ijtimoiy vazifalarda ishlatilayotgan asosiy vositalar bo‘yicha: Dt 9400 «Davr xarajatlari» schyoti, Kt 0200 «Asosiy vositalarning eskirishi» schyoti. Korxonaning mulki hisoblangan yoki uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning eskirishi to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi: 0211 "Erni obodonlashtirishning eskirishi"; 0212 "Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirishning eskirishi"; 0220 "Bino, inshoot va uzatuvchi moslamalarning eskirishi"; 0230 "Mashina va asbob-uskunalarning eskirishi"; 0240 "Mebel va ofis jihozlarining eskirishi"; 0250 "Kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasining eskirishi"; 0260 "Transport vositalarining eskirishi"; 0270 "Ishchi hayvonlarning eskirishi"; 0280 "Ko‘p yillik o‘simliklarning eskirishi"; 0290 "Boshqa asosiy vositalarning eskirishi"; 0299 "Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarning eskirishi". Quyidagi asosiy vositalarga eskiish hisoblanmaydi: a) mahsuldor hayvonlarga; b) kutubxona fondlariga; v) hokimiyat qaramog‘idagi obodonlashtirish inshootlariga; g) qonunchilikda belgilangan tartibda konservatsiyaga o‘tkazilgan fondlarga; d) muzey qiymatliklariga; e) san’at va arxitektura yodgorliklariga; j) umumiy foydalanish uchun mo‘ljallangan avtomobil yo‘llariga; z) to‘liq eskirish hisoblangan asosiy vositalarga. Хalqaro amaliyotda asosiy vositalarga es-kirish hisoblashning quyidagi usullari qo’llaniladi: bir tekisda (chiziqli) eskirishni hisoblash usuli; bajarilgan ish hajmiga mutanosib ravishda eskirishni hisoblash (ishlab chiqarish) usuli; tezlashtirilgan eskirishni hisoblash usullari: kamayib boruvchi qoldiq usuli; kumulyativ (sonlar yig’indisi ) usuli. Download 359.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling