Asosiy vositalarning turkumlanishi, baholanishi va buxgalteriya hisobining vazifalari


Asosiy vositalarning analitik va sintetik hisobi


Download 91.5 Kb.
bet3/4
Sana27.10.2023
Hajmi91.5 Kb.
#1726273
1   2   3   4
Bog'liq
Asosiy vositalarning turkumlanishi, baholanishi va buxgalteriya

Asosiy vositalarning analitik va sintetik hisobi


Asosiy vositalarning turkumlanishi analitik hisobni yuritish uchun asos kilib olinadi. Inventar kartochkalari va hisobga olish daftari va inventarizatsiya ruyxati asosiy vositalarning analitik hisobini asosiy registrlari hisoblanadi. Ularning kanday shaklda bulishi asosiy vositalarning turlariga boglik ba`zi korxonaldarda analitik hisob inventar kartochkalarida yuritilsa, boshkalarda asosiy vositalarni hisobga olish daftari va inventarizatsiya ruyxatidan foydalaniladi.
01 "Asosiy vositalar" schyoti mulk tarikasida tegishli bulgan asosiy vositalar to`g`risida ma`lumotlar berish uchun tayinlangan.
Ta`sischilar tomonidan Nizom kapitali uchun xissa sifatida berilgan asosiy vositalar kuyidagi buxgalteriya yozuvi bilan rasmiylashtiriladi:
Debet 01 "Asosiy vositalar"
Kredit 75 "Ta`sischilar bilan hisob kitoblar"
Asosiy vositalar korxonalar va jismoniy shaxslardan bepul olinganda va xukumat organlaridan subsidiya tarikasida berilganda buxgalteriya hisobi schyotlarida kuyidagicha aks ettiriladi:
Debet 01 "Asosiy vositalar" schyoti
Kredit "Foyda va zararlar"
Kredit 85/3 "Kushilgan kapital" (davlat korxonalarida)
Asosiy vositalarning korxonadan chikib ketishiga doir hisob jarayonlari 47 "Asosiy vositalarni sotish va ularni boshka chikib ketishlari" aktiv passiv schyotida amalga oshiriladi. Ushbu schyotning debetida chikib ketayotgan asosiy vositalarning dastlabki kiymati, asosiy vositalarning chikib ketishi bilan boglik xarajatlar, asosiy vositalarga tegishli qo`shimcha kiymat soligi aks ettiriladi. 47 schyotining krediti buyicha esa chikib ketayotgan asosiy vositalarga tegishli eskirish mikdori, asosiy vositalarni sotishdan tushgan tushum, asosiy vositalar tugatishdan olingan materiallar, extiyot kismlar va boshkalarning asosiy vositalarni tugatish komissiyasi tomonidan urnatilgan bahoda hisobga olinadi.
Asosiy vositalar sotilganda ularni sotish baholari 62 yoki 76 schyotning debeti va 47 schyotning kredetida yoziladi. Bir vaktning uzida asosiy vositalarning daslabki kiymati 01 schyotning kreditidan hisobdan uchirilib 47 schyotning debetiga yoziladi. Eskirish mikdori esa 02 schyot debeti va 47 schyot kredetiga yoziladi. Asosiy vositalarni sotish buyicha hisoblangan qo`shimcha kiymat solmigiga 47 schyot debeti va 68 schyot kreditlanadi. Asosiy vositalarni sotish bilan boglik bulgan xarajatlarga 47 schyot debetlanadi va kuyidagi schyotlar kreditlanadi: 10, 12, 23, 70, 69 va boshkalar.
Asosiy vositalar bepul berilganda ularning dastlabki kiymati 47 schyotning debeti va 01 schyotning kreditida aks ettiriladi. Eskirish mikdori esa 02 schyotning debetida va 47 schyotning kredetiga yoziladi. Bepul berilayotgan asosiy vositalarni ortish, taxlash va tushirish va boshka xarajatlar 47 schyotning debeti va tegishli schyotning kredetiga yoziladi. Bepul berilgan asosiy vositalarning chikib ketishi natijasida aniqlangan zarar mikdoriga 87 schyot debetlanadi va 47 schyot kreditlanadi. Ayrim xollarda bepul berilgan asosiy vositalarning korxonadan chikib ketishidan foyda olinishi mumkin. Bunday xollarda yukoridagi buxgalteriya yozuvi aksincha buladi ya`ni debet 47 va kredit 87
Boshka korxonalarning Nizom kapitaliga xissa tarikasida berilgan asosiy vositalar tomonlarningkelishuviga muvofik belgilangan kiymatda 06 schyot debetlanadi va 47 schyot kredetlanadi.
Asosiy vositalarning dastlabki kiymatiga 47 schyotning debetlanadi va 01 schyot kreditlanadi. Berilayotgan asosiy vositalarning eskirish mikdori va 02 schyot debetlanadi va 47 schyot kredetlanadi. Asosiy vositalarni boshka korxonalarga berish bilan boglik bulgan qo`shimcha xarajatlarga 47 schyot debetlanadi va tegishli schyotlar kreditlanadi.(10, 12, 13, 23, 70, 69, 85 va x.k.z.
Hisobot davri tugagandan sung 47 schyotning xar bir subyekti buyicha debet va kredit oborotlarining farki aniqlanadi. Olingan foyda ya`ni kredit oboroti debet oborotdan kup bulsa fark mikdori 47 schyotning debet va 80 schyotning kredetiga va aksincha 80 schyotning debet va 47 schyotning kreditiga yoziladi.
Bepul berilgan asosiy vositalarning chikib ketishi natijasida sodir bulgan moliyaviy natijalarining schetlarda kanday aks ettirilishi yukorida kurib utildi.
Inventarizatsiya natijasida aniqlangan ilgari hisobga olingan asosiy vositalar 01 schyotning debeti va 80 schyotning krediti buyicha yozib boriladi va ortikcha va kamomadlar sabalari va aybdorlar aniqlanadi.
Asosiy vositalarnineg eskirishining hisobi.
Asosiy vositalarning eskirishi xar oyda davlat tomonidan tula tiklash uchun urnatilgan amortizatsiya me`yorlari asosida aniqlanadi.
Halq xo`jaligida asosiy fondlar buyicha amortizatsiya ajratmalarni hisoblash tartibi haqidagi Nizomga muvofik amortizatsiya hisoblash obyekti bulgan asosiy vositalar tarkibi o`zgargan shuningdek amortizatsiya hisoblanadigan asosiy formulalar ruyxati ichki xo`jalik yullari asbob uskunalar , trasnport vositalari, zaxirada turgan va korxona balansidagi asosiy faoliyatga tegishli bulgan asosiy vositalar bilan tuldiriladi.
1991 yil 1 yanvardan asosiy fondlarga amortizatsiya hisoblash tartibi o`zgargan ya`ni fakat tula tiklash uchun amortizatsiya hisoblanadi. 1992 yil 1 apreldan boshlab asosiy vositalarga eskirish tiklash kiymati buyicha hisoblanmokda.
Chet ellardan sotib olingan asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblashda shunga uxshash asosiy vositalarga belgilangan normalar asosida amalga oshiriladi.
Nizomda ijaraga olingan asosiy vositalar buyicha amortizatsiya hisoblashning xar xil tartiblari kuzda tutilgan bulib u ijaraning turlariga boglik. Agar ijaraga topshirilayotgan obyekt uzoq muddatli ijara sharti bilan topshirilsa, bunda asosiy vositalarga amortizatsiyani ijarachi hisoblaydi va maxsulotning tannarxiga olib boriladi. Agar ijaraga berilayotgan obyuyekt joriy ijara sharti bilan berilchsa unda asosiy vositalarga amortizatsiyani ijaraga beruvchi hisoblaydi va uni realizatsiyadan tashqari jarvayonlar xarajatlari tarkibida aks ettiriladi. Hisoblangan ijara haqi esa realizatsiyadan tashqari daromadlar tarkibida hisobga olinadi.

  • Nizomda yangi hisoblash texnikalarini materiallar, priborlar va asbob uskunalarning yangi progressiv tgurlarini ishlab chikaruvchi va esportga chikarilayotgan maxsulotlarning xajmini kupaytirish uchun jismonan va ma`naviy jixatdan eskirgan asosiy vositalarni birdaniga almashtirishni kuzda tutgan korxonalarga amortizatsiya hisoblashning usulini kullashga ruxsat etilgan.

  • Amortizatsiya hisoblashning jadallashtirilgan usulini kuyidagilarga ruxsat etilmaydi:

  • normativ buyicha foydalanish muddati 3 yilgacha bulgan mashinalar, asbob uskunalar va transport vositalariga;

  • aeroflotning samolyot - motor parkining normativ xizmat muddati samolyot va vertolyotlarning ish soatlariga mikdoriga boglik bulgan ayrim asbob uskunalarga;

  • avtomobil transportining xar 1000 km haqikatda bosib utilgan yuli karab foizda hisoblanadigan amortizatsiya ajratmasiga;

  • fakat belgilangan sinov va ma`lum maxsulotlarni cheklangan mikdorda ishlab chikarishda foydalaniladigan asbob uskunalar va texnikalarga jadaolashtirilgan amortizatsiya hisoblashda amortizatsiya hisoblashning teng usuli kullaniladi va amortizatsiya ajratmasining yillik normasi 2 martadan oshmasligi kerak.

Amaliyotda oylik amortizatsiya mikdori kuyidagi tartibda aniqlanadi: utgan oyda amortizatsiya mikdoriga utgan oyda kelib tushgan asosiy vositalarning oylik amortizatsiya mikdori kushiladi va utgan oyda chikib ketgan asosiy vositalarning amortizatsiya mikdori ayirib tashlanadi.
Asosiy vositalarning eskirishini hisobga olish uchun 02 passiv schyot foydalaniladi. Ushbu schyotga ikkita subschyot ochilishi mumkin:

  1. "Uziga tegishli asosiy vositalar eskirishi"

  2. "Uzoq muddatli ijaraga olingan asosiy vositalar"

Birinchi subschyotda uziga tegishli asosiy vositalarning eskirishi hisobga olinsa, 2 subschyotda uzoq muddatli ijaraga olingan asosiy vositalarning eskirishi hisobga olinadi.
Uziga tegishli va uzoq muddatli ijaraga olingan ishlab chikarishga tegishli asosiy vositalar buyicha hisoblangan amortizatsiya mikdoriga ishlab chikarish va muomila xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar (20, 23, 25, 26 va boshka schyotlar) debetlanadi va 02 schyot kreditlanadi.
Joriy ijaraga berilgan asosiy vositalar buyicha hisoblangan amortizatsiya mikdoriga 80 schyot debetlanadi va 02 kreditlanadi.
Maxsuldor xayvonlar, bugular, kutubxona fondlari, yosh kuchatlar, umumiy foydalanishdagi avtomobil yullari, konservatsiyaga berilga asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblanmaydi.
Amortizatsiya hisoblash muddati tugagan asosiy vositalarga eskirish hisoblanmaydi. Uziga tegishli asosiy vositalar korxonadan chikib ketganda 02 schyot debetlanadi va 47 schyot kreditlanadi. 02 schyot buyicha analitik hisob asosiy vositalarning turlari va aloxida inventar obyektlari buyicha yuritiladi.
Amortizatsiya fondining jamgarilishini va foydalanishini buxgalteriya hisobi schyotlarida aks ettirilmaydi. Maxsulot, ish va xizmatlarni sotishdan tushgan tushum tarkibidagi amortizatsiya ajratmasi hisoblanish schyotiga yoki korxonaning boshka schyotlariga utkaziladi va ushbu schyotlardan asosiy vositalarga tegishli kapital kuyilmalarini moslashtirish jarayonida hisobdan uchiriladi.
Asosiy vositalarni ta`mirlash xarajatlarining hisobi.
Asosiy vositalar ta`mirlvashning murakkabligi xajmi va kiymatini hisobga olgan xolda ularning kapital va joriy ta`mirlashga bulish kabul kilingan.
Asosiy vositalarni ta`mirlash xo`jalik usulida yoki pudrat usulida amalga oshirilishi mumkin. Barcha xollarda ta`mirlashni amalga oshirish uchun nuksonlar kaydnomasi tuziladi. Nuksonlar kaydnomasi buyicha avval ta`mirlashning smeta kiymati aniqlanadi va ta`mirlash jarayoni tugatilgandan sung esa uning haqikiy kiymati aniqlanadi va smeta kiymatidan chetga chikish aniqlanadi.
Agar kapital ta`mirlash xo`jalik usulida amlag oshirilsa nuksolar kaydnomasiga asosan 3 nusxada naryad buyurtma tuziladi. Uning 1-nusxasi ta`mirlashni amalga oshiruvchi bulinmaga, 2-si buxaglteriyaga analitik hisobni yuritish uchun, 3- nusxasi esa bosh injkenerda ta`mirlashning borishini nazorat kilish uchun saklanadi. Nuksonlar kaydnomasiga va naryad buyurtmalariga asosan omborlardan material va extiyot kismlar olish uchun xujjatlar yoziladi.
Ta`mirdash xarajatlarini to`g`ridan to`g`ri maxsulotlar ish va xizmatlarning tannarxiga olib borish mumkin yoki ularni kopdash uchun olidindan kilingan ajratma hisobiga tashkil kilingan ta`mirlash fondidan koplash mumkin.
Ta`mirlash xarajatlari to`g`ridan to`g`ri maxsulotlarni ishlab chikarish xarajatlariga olib borilganda ishlab chikarish xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar debketlanib tegishli schyotlar kreditlanadi. Asosiy vositalarni ta`mirlash xarajatlari ishlab chikarish xarajatlarini xisoga oluvchi schyotlarda tegishli xarajat moddalarida aks ettiriladi.
Ta`mirlash fondini to`zgan korxonalarda ularni hisobga olish uchun 89 "Kelgusi davr xarajatlari va rezervlar" schyotiga aloxida "Ta`mirlash fondi" subschyoti ochiladi.
Ta`mirlash fondiga ajratmalar kilish ta`mirlashning barcha turlari buyicha rejadagi smeta xarajatlariga asosan kilinadi. Ta`mirlash fondiga kilingan ajratmalar buxgalteriya hisobi schyotlarida kuyidagicha aks ettiriladi.
Dt 20, 23 va boshka xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar
Kt 89 "Ta`mirlash fondi" subschyoti
Ta`mirlash fondi tashkil kilingan korxonalarda ta`mirlash ishlari xo`jalik usulida amalga oshirilganda ta`mirlash xarajatlarini 23 schyotda hisobga olishlari zarur. ushbu schyotning debetida haqikatda amalga oshirilgan ta`mirlash xarajatlari hisobga olinsa, uning kredetida esa ta`mirlash ishlarining haqikiy tannarxi hisobdan uchirilganda 23 schyotning debetidagi koldik tugallanmagan ta`mirlash xarajatlarining mikdorini kursatadi.
Bunda ta`mirlash xarajatlari kilinganda ular buxgalteriya hisobi schyotlarida kuyidagicha aks ettiriladi. Dt 23 Kt 70, 69, 89, 10, 12, 23, va boshkalar.
Uchirilganda Dt 89 Kt 23
Tugallanmagan ta`mirlash xarajatlari buxgalteriya balansida "Tugallanmagan ishlab chikarish" moddasida kursatiladi.
Asosiy vositalarni ta`mirlash jarayonida materiallar kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar, extiyot kismlar va boshkalar olinishi mumkin. Ularni komissiya a`zolari baholab kirimga olinadi va buxgalteriya schyotlarida kuyidagicha aks ettiriladi Dt 10, 12. Kt 23.
Kapital ta`mirlash pudrat usulida amalga oshirilganda korxona ta`mirlash korxonasi bilan shartnoma tuzadi.
Ta`mirlash tugagandan keyin maxsus komissiya uni kabul kilishni topshirish aktiga asosan kabul kilib oladi.
Tugallanib topshirilgan ta`mirlash ishlarining kiymati ta`mirlash fondi hisobidan koplanadi va buxgalteriya schetlarida kuyidagicha aks ettiriladi. Dt 89 Kt 60
Ta`mirlash xarajatlari pudrat usulida amalga oshirilganda ular to`g`ridan-to`g`ri ishlab chikarish xarajatlarini hisobga oluvchi schetlarda aks ettirish mumkin.
Pudratchi tashkilotlarning ta`mirlash xarajatlarini tulash to`g`risidagi schetlari 51 Hisoblashish scheti va boshka schetlarda tulanishi mumkin va ular buxgalteriya hisobi schetlarida kuyidagicha aks ettiriladi. Dt 60 Kt 51.
Hisobot yili tugagandan sung asosiy vositalarning ta`mirlashning haqikiy xarajatlari summada ishlab chikarish xarajatlarini hisobga oluvchi schetlarga yozilishi zarur. Chunki 89 schetning subscheti buyicha saldo bulishi mumkin emas. Shuning uchun xam "Ta`mirlash fondi"ning summasi ta`mirlashning haqikiy xarajatlari summasiga korrektirovka kilinishi zarur. Agar ta`mirlash fondi yetarli bulmasa qo`shimcha ajratma kilinishi mumkin yoki ushbu summa to`g`ridan-to`g`ri 23 schetning kreditida ishlab chikarish xarajatlari hisobga oluvchi schetlarning debeti olib boriladi.
Noishlab chikarishga tayinlangan asosiy vositalar ta`mirlanganda ularning xarajatlari korxonaning sof foydasidan koplanadi va buxgalteriya hisobi schetlarida kuyidagicha aks ettiriladi. Dt 81 Kt 10, 70, 69, 60, 76 va boshkalar.
Ijaraga olingan asosiy vositalar hisobining uziga xos xususiyatlari.
Ijara munosabatlari tuzilishiga karab joriy va uzoq muddatli ijaraga bulinadi. Joriy ijarada ijaraga beruvchi uz mulkini ma`lum muddatga ijarachiga beradi va mulk shartnoma muddati tugagandan sung ijaraga beruvchiga kaytariladi. Joriy ijarada ijaraga beruvchi mulk egaligi xukuki va majburiyatlarini saklab koladi va ijarachiga fakat mulkdan foydalanish xukuki utadi.
Uzoq muddatli ijarada ijarachi ijaraga olingan obyektni belgilangan muddatda olish kuzda tutiladi va mulk egasiga joy ijaraga utadi. Uzoq muddatli ijarada ijaraga olingan asosiy vositalar ijarachini balansida aks ettiriladi.
Joriy ijarada ijaraga berilgan asosiy vositalar ijaraga beruvchining balansida hisobga olinadi. Ijaraga berish shartnomaga asosan asosiy vositalarning ijarachiga topshirish amalga oshiriladi va kabul kilish topshirish dalolatnomasiga asosan rasmiylashtiriladi.
Ijara shartnomasida ijaraga berilayotgan mulkning takibi, kiymati ijara muddati, tomonlarning majburiyatlari, ijara haqi va boshka zarur bulgan shartlar kursatilishi zarur. ijara haqi asosiy vositalarning eskirish mikdori va ta`mirlash xarajatlari va ma`lum mikdorda foydadan iborat buladi.
Ijaraga berilgan asosiy vositalar buycha moliyaviy natijalar aniqlanadi va kelgusi davrlarning foydasi va daromalida akus ettiriladi.
Joriy ijarachi joriy ijaraga berilgan asosiy vositalarni ta`msirlash xarajatlarni ijaraga beruvchi 80- schyot debet va materiallar, hisob kitob va pul mablaglari schyotlarining kredetida aks ettiriladi.
Ijaraga berilgan asosiy vositalarga eskirish hisoblash ijarachining foyda mikdorini kamaytiradi va kuyidagi buxgalteriya yozuvlari bilan rasmiylashtiriladi. Dt 80 Kt 02.
Joriy davr uchun ijara haqi hisoblanganda 76 schyot debetlanadi va 80 schyot kreditlanadi.
Kelgusi davrlar uchun avans tarikasida hisoblangan ijara 70 schyot debeti va 83 schyotning krediti buyicha aks ettiriladi. Ijara tulovlari kelib tushganda 51 va 52 schyotlar debetlanadi va 76 schyot kreditlanadi. Avans tarikasida tulangan ijara haqini joriy tulov sifatida kabul kilinganda 83 schyot debetlanadi va 84 kredetlanadi.
Ijarachi tomonidan ijaraga olingan asosiy vositalarga sarflangan kapital kuyilmalar xajmiga ijarachi olingan asosiy vositalar mikdori oshiriladi va kuyidagi buxgalteriya yozuvlarida kursatiladi. Dt 01. Kt 08.
Ijarachi ijaraga olingan asosiy vositalarni balansdan tashqari 001 schyotida dastlabki kiymati buyicha hisobga olinadi. Ijaraga olingan asosiy vositalarning analitik hisobi obyektlar va ijaraga beruvchilar buyicha yuritiladi.
Ijarachi tomonidan ijaraga beruvchiga hisoblangan ijara haqiga ishlab chikarish va muomila xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar debetlanadi va 76 schyot kreditlanadi. ijarachi tulagan ijara haqi mikdoriga 76 schyot debetlanadi va 51 schyot kreditlanadi.

Download 91.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling