Asoslangan mehnat normalari ish joylarining tashkiliy texnikaviy sharoitlarini hamda ishlab chiqarish imkoniyatlarini hisobga olishi uchun mehnatni normalash, ishlab chiqarish jarayonining elementlarini


Download 90.58 Kb.
bet2/3
Sana15.06.2023
Hajmi90.58 Kb.
#1485583
1   2   3
Bog'liq
Murodov Jamshidbek

Shunday qilib, buyum (detal) ishlab chiqarish jarayoni – tashkiliy jihatdan bir-biri bilan bog‘langan juz’iy jarayonlar majmuidir. Bu jarayonlar asosan quyidagilardan: a) ishlanish darajasi, turli bosqichda asosiy va yordamchi materiallarni olish, ularning saqlanishini va bir ish joyidan ikkinchi ish joyiga tashilishini nazorat qilish jarayonidan; b) har bir ish joyini ishga yoki xizmat ko‘rsatishga shay qilib qo‘yish va bu yerda ish davom etishiga shart-sharoit yaratish uchun kerakli asbo-uskunalar bilan ta’minlash jarayonidan;

v) texnologik jarayon, ya’ni predmetining shaklini, hajmini, tashqi va ichki ko‘rinishini, xususiyatini va holatini o‘zgartirish natijasida tayyor mahsulotga aylantirish yoki ayrim bo‘laklarni bir butun (uzel, agregat, buyum) qilib yig‘ish yo‘li bilan bevosita mahsulot tayyorlash jarayonidan; g) qismlar va tayyor buyumlarning, ularga qo‘yilgan talablariga muvofiq ishlangan-ishlanmaganligini, yig‘ilgan-yig‘ilmaganligini aniqlash uchun texnikaviy nazoratni tashkil etish va sinovdan o‘tkazish jarayonidan; d) tayyor mahsulotni, qismni maxsus idishlarga joylash yoki taxlash va ehtiyot qilib saqlash jarayonidan iborat.

Ishlab chiqarish jarayonining strukturasini o‘rganish uchun jarayon qanchalik oqilona loyihalanganini, uning tarkibi va tarkibiy qismlari texnologik va tashkiliy jihatdan bir-biriga uyg‘unligini aniqlash kerak. Mehnatni normalash uchun ishlab chiqarish jarayonini amalga oshiradigan mehnatning xarakteri asosiy rol o‘ynaydi. Bu jihatdan ishlab chiqarish jarayonlari: qo‘lda bajariladigan mehnat jarayoniga, qo‘lda bajariladigan mexanizatsiyalashgan jarayoniga, mashina aralash qo‘l mehnati jarayoniga, mashinalashgan jarayonga, avtomatlashtirilgan va apparaturali jarayonlarga bo‘linadi.

Qo‘lda bajariladigan mehnat jarayoni deganda, ayrim yoki bir guruh (brigada) ishchilarning bevosita odam a’zolari yordamida yoki odamning o‘z energiyasi hisobiga ishlatiladigan oddiy qo‘l mehnati qurollari (kurak, bolg‘a, arra va h.k.) yordamida yoki bularsiz ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirishi tushuniladi. Masalan, qolip quyish, tayyor mahsulotni idishlar (taralar)ga joylash, detalni egovlash, paxta, sabzovatlarni yig‘ib-terish kabilar qo‘lda bajariladigan mehnat jarayoniga kiradi.


Download 90.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling