Qo‘lda bajariladigan mexanizatsiyalashtirilgan jarayon deganda, biron energiya turi hisobiga ishlatiladigan oddiy mehnat qurollari yordamida qo‘lda bajariladigan jarayon (elektr parmada parmalash kabi) tushuniladi. Mashina aralash qo‘l mehnati jarayoni deganda, ishlab chiqarish jarayoni ayrim xodimlar yoki bir guruh xodimlarning (brigada) bevosita ishtiroki bilan mexanik mehnat qurollari yordamida amalga oshirilishi tushuniladi. Shu bilan birga, bir vaqtning o‘zida mashina quvvatidan ham, kishining kuchidan ham foydalanishga erishiladi. Bunga yana xodim tomonidan qo‘l kuchi bilan ishlatiladigan mexanizmlar yordamida bajarilgan jarayonlar ham kiradi. Shaxtada kon qazuvchining bolg‘a bilan ko‘mirni urib tushirishi, presslarda rezina buyumlarni kesish, tikuv mashinasida kiyim-kechak tikish, qo‘l bilan harakatga keltiriladigan tokarlik jihozida detallarni yo‘nish, parmalash jihozida detallarni teshish va hokazolar bunga misol bo‘la oladi. XULOSA: Men bu mustaqil ish bo’yicha shuni xulosa qilib aytishim mumkinki, Asoslangan mehnat normalari ish joylarining tashkiliy - texnikaviy sharoitlarini hamda ishlab chiqarish imkoniyatlarini hisobga olishi uchun mehnatni normalash, ishlab chiqarish jarayonining elementlarini, ish vaqti sarfini va jihozlardan foydalanish vaqtini puxta o‘rganish taqozo qilinar ekan. Ishlab chiqarish jarayonining strukturasini o‘rganish uchun jarayon qanchalik oqilona loyihalanganini, uning tarkibi va tarkibiy qismlari texnologik va tashkiliy jihatdan bir-biriga uyg‘unligini aniqlash kerak ekan. Foydalanilgan adabiyotlar. - Abdurahmonov Q.X., Adilova G.A., Kurboniyozov I. R., Fayzieva M.K. Mehnatni tashkil etish va normalash. O‘quv qo‘llanma. -T.: TDIU, “Iqtisodiyot”, 2011.-270 bet.
- Bаkiyеvа I.А., Mеhnаtni tashkil etish va boshqarish. O‘quv qo‘llаnmа. – Т.: “Iqtisodiyot”, 2019. – 221 b.
Do'stlaringiz bilan baham: |