2.3 Tasniflash/sektorlar bo‘yicha taqsimlash
2.3.1 Tasniflash/sektorlar bo‘yicha taqsimlash
Asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalarning davlat va nodavlat
sektorining statistik
ma’lumotlarini taqsimlash O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy faoliyat turlari tasniflagichi (IFUT,
2-taxrir) ga muvofiq amalga oshiriladi, mazkur tasniflagich Evropa Ittifoqidagi iqtisodiy faoliyat
tasniflagichi (NACE rev.2)ga mosdir.
Hisobning asosiy birligi bu – institutsional birlikdir.
2.4 Hisobga olish asoslari
2.4.1 Baholash
Nomoliyaviy aktivlarga investitsiyalar:
Davlat va nodavlat sektorining asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar davlat va nodavlat
sektorining
statistik hisobi, qo‘shimcha qiymat solig‘ini qo‘shgan holda,
hisobot davrida
amaldagi narxlarda, to‘lov amalga oshirilgan paytdan qat’iy nazar, haqiqatda o‘zlashtirilgan hajm
miqdorida amalga oshiriladi.
2.4.2 Hisobga olish asosi
Tranzaktsiya va oqimlar 2008 yilgi MHT tavsiyalariga muvofiq keladigan
hisoblash usuli bilan
ro‘yhatga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: