v) odatda, asossiz ravishda boylik orttirish xatoliklar, yanglishishlar natijasida ro‘y beradi.
Asossiz orttirilgan boylikni qaytarish majburiyati vujudga kelishi uchun: - Asossiz orttirilgan boylikni qaytarish majburiyati vujudga kelishi uchun:
birinchidan, bir shaxs ikkinchi shaxs hisobiga asossiz boylik orttirishi
ikkinchidan, bunday boylik orttirishga hech qanday qonuniy asos bo‘lmasligi shart
uchinchidan, mulk, asosan, yanglishish, xatolik bilan olinadi yoki tejaladi
Asossiz boylik orttirish oqibatida kelib chiqadigan majburiyatlarga misollar keltirib o‘tamiz. - Masalan, to‘lov-kontrakt asosida ta’lim oluvchi universitet talabasi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi g‘aznachiligi (g‘aznachilik boshqarmasi) hisobvarag‘iga universitetning shaxsiy hisobvarag‘ini ko‘rsatmagan holda pul mablag‘larini o‘tkazadi. Natijada o‘tkazilgan pul mablag‘i Moliya vazirligi g‘aznachiligida (g‘aznachilik boshqarmasida) qolib ketadi. Buning oqibatida talaba kreditor sifatida, g‘aznachilik esa qarzdor sifatida ko‘riladi. Yana boshqa bir vaziyatda talabaning otasi o‘g‘li Babadjanov Islom uchun pul mablag‘larini o‘tkazish uchun bankka topshiriq beradi. Bank ushbu topshiriqni bajarayotganda to‘lov maqsadini ko‘rsatganda boshqa kursda o‘quvchi Bobojonov Islomning nomini ko‘rsatadi. Natijada Bobojonov Islomning asossiz boylik orttirishi ro‘y beradi.
- Xalqaro telefon tarmog‘idan foydalanganlik uchun abonentning manzili va raqami ko‘rsatgan holda to‘lovni amalga oshirish haqida xabarnoma xatolik natijasida boshqa xonadonga taqdim qilinadi. Xabarnoma kimga berilganiga e’tibor qaratmagan holda fuqaro telefon o‘chirib qo‘yilmasligi uchun darhol to‘lovni amalga oshirib yuboradi. Natijada telefon xizmati haqini to‘lagan fuqaro va aslida to‘lashi lozim bo‘lgan fuqaro o‘rtasida asossiz boylik orttirish oqibatida majburiyat vujudga keladi.
Fuqaro A. fuqaro B.ga bir yil muddatga qarzga pul beradi. Qarzdor o‘z vaqtida pulni qaytarmaydi. Ushbu mablag‘larni qaytarish haqidagi da’voni shartnomaviy da’vo sifatida ko‘rsatish mumkin. Biroq, muddati o‘tib ketganidan so‘ng ushbu da’voni shartnomadan tashqari majburiyat ya’ni, asossiz boylik orttirish oqibatida kelib chiqadigan majburiyat sifatida baholash mumkin. - Fuqaro A. fuqaro B.ga bir yil muddatga qarzga pul beradi. Qarzdor o‘z vaqtida pulni qaytarmaydi. Ushbu mablag‘larni qaytarish haqidagi da’voni shartnomaviy da’vo sifatida ko‘rsatish mumkin. Biroq, muddati o‘tib ketganidan so‘ng ushbu da’voni shartnomadan tashqari majburiyat ya’ni, asossiz boylik orttirish oqibatida kelib chiqadigan majburiyat sifatida baholash mumkin.
- Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan misollar asossiz boylik orttirish oqibatida kelib chiqadigan majburiyatlar turli xil asoslar ya’ni, hodisalar, qonuniy va noqonuniy harakatlar va h.k. natijasida vujudga kelishi mumkinligi ko‘rsatadi. Ta’kidlash lozimki, bir shaxsning boshqa shaxs hisobidan mol-mulkka egalik qilish natijasida mulk hajmining oshishiga va ikkinchi tarafning mulkini kamayishiga olib keladi. Qo‘lga kiritilgan mulk, uning miqdorining ko‘payishi, qo‘lga kirituvchining qo‘shimcha xarajatlarisiz uning qiymatini oshishiga, masalan, bir shaxs boshqa shaxsning iltimosiga ko‘ra, ishonib topshirgan qarzini boshqa shaxsga topshirsa; tashkilot uning nomiga olingan tovarlarga qaytadan pul to‘lasa va hokazo.
- Mulkni tejash deganda, shaxs o‘z mablag‘larini sarf qilishi lozimligi, lekin sarf qilmaganligi yoki boshqa shaxsning xarajatlari qoplanmaganligi, yoki boshqa shaxsga mukofot to‘lanmasligi tushuniladi. Masalan, shirkatning to‘lov shartnomasiga ko‘ra, bank adashib boshqa shirkat hisobidan mablag‘ni chiqarib tashlasa, bitta shirkatning mablag‘i oshishi, boshqasinikining kamayishiga olib keladi. Agar shaxs, mulkdorning roziligisiz unga mukofot to‘lamasdan mulkdan foydalansa, mukofot to‘lanmasligi evaziga tejash kelib chiqadi. Asossiz boyishning eng ko‘p tarqalgan turi qo‘lga kirituvchining o‘ziga tegishli bo‘lmagan mulkka ega bo‘lishi tushuniladi. Bu shaklning asosiy turi – jabrlanuvchining qo‘lga kirituvchiga mulkiy foydaning berilishidir. Chunki taqdim etish asosida yotuvchi bitim yoki boshqa huquqiy asos bo‘lmagan, yoki e’tirof etilmagan. Rivojlangan tovar muomalasi sharoitida mualliflik, patent va boshqa huquqlarga daxl qilishlar kuzatilmoqda. Bunday xatoliklarga yo‘l qo‘yilganda noqonuniy foydalanuvchida ixtirolardan foydalanish, foydali modellar, sanoat namunalari, tovar belgilari, o‘zganing xizmat va tijorat siri, mualliflik va mutloq huquqlarga mukofot to‘lamaslik uchun litsenziya to‘lovlarni amalga oshirmaganligi natijasida asossiz tejash paydo bo‘lish holatlari ham uchraydi.
E`tiboringiz uchun kattakon rahmat. Sog` bo`ling salomat bo`ling.
Do'stlaringiz bilan baham: |