Asrayev Z. R., Sariyev R. B


Download 0.81 Mb.
bet5/40
Sana27.10.2020
Hajmi0.81 Mb.
#137139
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
Bog'liq
kompyuterning yuzaga kelishi va rivojlanish bosqichlari

Konfiguraciya fayli


Konfiguraciya fayli yordamida operacion tizimni kengaytirish va SHK ba’zi qurilmalarining ishlashiga ta’sir ko’rsatuvchi o’rnatuvchi parametrlarni o’zgartirish mumkin, xususan, yangi tashqi qurilmalarni ishlatish imkoniyatini ta’minlovchi drayverlarni ulash mumkin.

Tizimni konfiguraciyalash quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:



  • operacion tizimni aniq bir apparat resurslariga moslashtirish;

  • foydalanuvchining hamjihatlik interfeysini optimallash va yaratish;

  • DOS va SHK ning ishlash samaradorligini oshirish.

Konfiguraciyalash CONFIG.SYS faylida berilgan ko’rsatmalar (direktivalar) bo’yicha, tizimni yuklash vaqtida amalga oshiriladi, bunda quyidagi vazifalarlar bajarilishi mumkin:

  • operacion tizimning ish rejimlarini o’rnatish;

  • yangi tashqi qurilmalarning va qo’shimcha xotiraning drayverlarini ulash;

  • DOS rezident dasturlarini yuqori xotiraga o’tkazish imkoniyatini ta’minlash;

  • xotirani strukturlash (masalan, kiritish-chiqarish buferlari uchun xotira maydonlarini ajratish va sh. u.), utilitalarni sozlash, tizimning sharoitlarini shakllantirish va sozlash maqsadida DOS parametrlarini o’rnatish;

  • rezident dasturlarni yuklash;

  • kiritish-chiqarish standart qurilmalarini identifikaciyalash.

CONFIG.SYS fayli SHK ning barcha resurslarini (dasturli va apparatli) ma’lum chegaralarda o’zgartirish va shakllantirish imkomini beruvchi maxsus buyruqlarni o’z ichiga oladi.

Jarayonlarni avtoyuklash fayli


SHK da ishlaganda ba’zi bir doimiy jarayonlarning bajarilishini ta’minlovchi bir xil buyruqlarni tez-tez bajarishga tuo’ri keladi. Operacion tizim bu tez-tez takrorlanadigan buyruqlarni maxsus faylga birlashtirish imkonini beradi, bu fayl buyruqli fayl deyiladi (VAT kengaytmasi bilan, shuning uchun uni ko’pincha batch-fayl deyiladi; batch—paketli degan ma’nomi anglatadi). Buyruqli faylga kiritilgan hamma buyruqlar bu faylni bajarish ishga tushirilganda avtomatik ravishda bajariladi.

Еng muhim buyruqli fayllardan biri jarayonlarni avtoyuklash AUTOEXEC.BAT faylidir, uning bajarilishi bilan odatda DOS ni konfiguraciyalash yakunlanadi. AUTOEXEC.BAT, tizim ishga tushgandan keyin foydalanuvchi har doim berishi kerak bo’lgan DOS buyruqlarini o’z ichiga oladi, foydalanuvchini trivial (oddiy) amallarni bajarishdan ozod еgadi.

AUTOEXEC.BAT fayliga kiritilgan buyruqlar bo’yicha quyidagi jarayonlar bajarilishi mumkin:


  • operacion sharoitni va DOS ning ish rejimlarini shakllantirishni yakunlash;

  • bajariladigan fayllarni va qiymatli fayllarni qidirishning alternativ yo’llarini o’rnatish;

  • tez-tez ishlatiladigan marshrutlar uchun yo’llar nomini belgilash;

  • rezident dasturlarni yuklash;

  • biror dasturli qobiqni, masalan, Norton Commander ni ishga tushirish;

  • ishchi katalogni o’rnatish;

  • kiritish-chiqarish standart qurilmasini qayta belgilash;

  • foydalanuvchi tomonidan ma’lumot kiritishga DOS taklifining ko’rinishini shakllantirish;

  • sananing va vaqtning joriy qiymatlarini o’rnatish.

DOS ning Tashqi buyruqlari va utilitalari


DOS ning tashqi buyruqlari (yoki, aniqrogi, makrobuyruqlar) DOS ning ichki buyruqlaridan farqli ularoq rezident еmas (ya’ni DOS yuklangandan keyin ular tezkor xotirada doimiy joylashmaydi, balki ular u erga bajarilishi kerak

bo’lgandagina chiqariladi) va bevosita buyruqli fayllarda ishlatila olmaydi. Ular buyruqli processor tarkibiga kirmasdan, balki alohida dasturlar bilan amalga oshiriladi.

Tashqi buyruqlarga misollar: vaskur, undelete, format, exe2bin, sort, diskcomp, find va boshqa ko’p narsalar.

DOS utilitalari ko’p jihatdan tashqi buyruqlarga o’xshashdir, lekin, odatda, murakkabroq dasturlar bilan amalga oshiriladi va DOS ning servisli vazifalarining bajarilishini ta’minlaydi (tizimli resurslar bilan ishlashni engillashtiradi).



Operacion tizimni yuklash


Operacion tizimni yuklash deganda uni TЕQQ, ga bajarish uchun joylashtirilishi tushuniladi. DOS ni yuklash vazifasini tizimli yuklovchi deb ataluvchi maxsus dastur bajaradi. DOS ni yuklash kompyuter ulangandan keyin avtomatik boshlanadi.

SHK ulanganda doimiy еslab qolish qurilmasidan kiritish-chiqarish bazaviy tizimining (BIOS) dasturini o’qish amalga oshadi, u mashinaning ishga layokatliligini va uning o’zining ishga tushirilish dasturlarini tekshirishni (SHK ni testlash), dasturlashtiriladigan mikrosxemalarni va standart konfiguraciyaning tashqi qurilmalarini iniciallashtirilishini amalga oshiradi.

Bu ishlar muvaffaqiyatli tugagandan keyin OT ga еga bo’lgan disketani yoki yuklovchi dasturiga еga bo’lgan vinchesterni (Boot Record) o’qish bajariladi, ularning yordamida keyin TЕKX ga IBMBIO.COM va IBMDOS.COM dasturlarini yuklash amalga oshiriladi. IBMDOS.COM dasturi CONFIG.SYS faylini qidiradi va yuklaydi, undan olingan ma’lumotlar bo’yicha qo’shimcha drayverlarni oxiriga yuklash, joriy konfiguraciya qurilmalarini tekshirish va iniciallashtirish, uzulish vektorlari jadvalini sozlash amalga oshiriladi.

Keyin mashinani boshqarishni o’ziga olgan COMMAND.COM dasturini yuklash bajariladi (BIOS dasturi TЕQQ dan o’chirib tashlanadi). AUTOEXEC.BAT faylini qidirish va yuklash va faylni hamma buyruqlarini bajarish amalga oshiriladi. Displei еkranida ishga taklif еtish paydo bo’ladi (S:>, A:> yoki boshqa variantlar)



— SHK ishga tayyor.

SISTEMA PLATASI VA UNI TANLASH





ko’rinishi mavjuddir:

Sistemali yoki bosh (maotherboad) plata maydoni 100—150 sm2 bo’lgan bosmali plata ko’rinishga еga bo’lib, unga ko’p sonli turli xil mikrosxemalar, raz’yomlar (ajratgichlar) va boshqa еlementlar joylashtiriladi. Sistemali plata (TP) konstrukciyasining ikki asosiy

  • platada ishlash uchun kerakli hamma mikrosxemalar qattiq maxkamlangan — hozir bunday platalar bitta platali deb ataluvchi faqat oddiy uy kompyuterlarida ishlatilmoqda;

  • bevosita sistemali platada faqat minimal sondagi mikrosxemalar joylashtiriladi, qolgan barcha komponentalar еsa sistemali shina yordamida va konstruktiv tomondan TP da mavjud bo’lgan maxsus raz’yomlarga (slotlarga) o’rnatiladigan qo’shimcha platalarda (kengaytirish platalarida) birlashtiriladi; bunday texnologiyani ishlatuvchi kompyuterlar shinali arxitekturali hisoblash sistemalariga taalluqlidir.

Zamonaviy professional shaxsiy kompyuterlar aynan shu shinali arxitekturaga

еgadir.



Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling