Asrayev Z. R., Sariyev R. B


Download 0.81 Mb.
bet8/40
Sana27.10.2020
Hajmi0.81 Mb.
#137139
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   40
Bog'liq
kompyuterning yuzaga kelishi va rivojlanish bosqichlari

MAVZU: MIKROPROCESSORLAR



Mikroprocessor (MP), boshqachasiga central processing unit (CPU), — dasturli boshqariladigan, axborotni qayta ishlaydigan funkcional tugallangan qurilma bo’lib, u bitta yoki bir nechta katta (KIS) yoki juda katta (JKIS) integral sxemalar ko’rinishda tayyorlangan.

Mikroprocessor (MP) SHK ning markaziy bloki bo’lib, u mashinaning barcha bloklari ishini boshqarish hamda axborot ustida arifmetik va mantiqiy amallarni bajarish uchun mo’ljallangan.



Mikroprocessor tarkibiga quyidagi qurilmalar kiradi.

Boshqarish qurilmasi (BQ): mashinani hamma bloklariga kerakli vaqtda aniq boshqarish signallarini shakllantiradi va uzatadi (boshqaruvchi impulslarni), bu signallar bajarilayotgan amal xususiyati va oldingi amallar natijalari bilan belgilanadi; bajarilayotgan amal ishlatadigan xotira yacheykalari adreslarini shakllantiradi va bu adreslarni ЕHM ni mos bloklariga uzatadi; boshqarish qurilmasi impulslarning tayanchli ketma-ketligini taktli impulslar generatoridan oladi.

Arifmetik-mantiqny qurilma (AMK) — sonli va belgili axborot ustida barcha arifmetik va mantiqiy amallarni bajarish uchun mo’ljallangan (SHK larning ba’zi modellarida amallarni bajarilishini tezlashtirish uchun qo’shimcha matematik soprocessor ulanadi).

Mikroprocessorli xotira (MPX) — mashina ishlashining еng yaqin taktlaridagi hisoblashlarda bevosita ishlatiladigan axborotni qisqa vaqt saqlash, yozish va uzatish uchun mo’ljallangan; MPX registrlar asosida quriladi va mashinaning yuqori tezkorligini ta’minlash uchun ishlatiladi, negaki asosiy xotira (AX) tez ishlovchi mikroprocessorning samarali ishlashi uchun kerak bo’lgan ma’lumotni yozish, qidirish va o’qish tezligini har doim ham ta’minlayvermaydi. Registrlar — turli xil uzunlikdagi xotiraning tez ishlovchi yacheykalari (1 bayt standart uzunlikka еga bo’lgan va tezkorligi nisbatan pastroq AX yacheykalaridan farqli o’laroq,).

Mikroprocessorning interfeysli tizimi SHK ning boshqa qurilmalari bilan ulash va aloqa qilish uchun mo’ljallangan, u o’z ichiga MP ning ichki interfeysi, buferli еslab qolish registrlari va kiritish-chiqarish portlarini (KCHP),boshqarish sxemalari va tizimli shinani oladi.

Interfeys (interface) — kompyuter qurilmalarini o’zaro moslash va aloqa qurilmalari to’plani bo’lib, ularning o’zaro samarali ishlashini ta’minlaydi.


Kiritish-chiqarish porti (I/O port) — ulash apparaturasi bo’lib, mikroprocessorga boshqa qurilmalarni ulash imkonini beradi.

Taktli impulslar generatori chastotasi shaxsiy kompyuterning asosiy tavsiflaridan biri hisoblanadi va ko’p jihatdan uning ishlash

tezligini aniqlaydi, negaki mashinadagi har bir amal ma’lum taktlar soni davonida bajariladi.

Mikroprocessor quyidagi vazifalarni bajaradi:

•asosiy xotiradan (AX) buyruqlarni o’qish va deshifrlash (ochish);


  • ma’lumotlarni AX dan va tashqi qurilmalar (TK) adapterlarining registrlaridan o’qish;

  • so’rovlarni va buyruqlarni adapterlardan TK, larga xizmat ko’rsatish uchun qabul qilish va qayta ishlash;

  • ma’lumotlarni qayta ishlash hamda ularni AX ga va TK, adapterlarining registrlariga yozish;

  • SHK ning barcha boshqa uzellari va bloklari uchun boshqaruvchi signallarni ishlab chiqish.

Mikroprocessor qiymatlar shinasining razryaoliligi SHK ning razryadliligani aniqlaydi; MP adreslar shinasini razryadliligi uning adres kengligini aniqlaydi.

Adres kengligi — bu asosiy xotira yacheykalarining maksimal soni bo’lib, u bevosita mikroprocessor tomonidan adreslanishi mumkin.

Birinchi MP 4004 mikroprocessori Intel firmasi (AQSH) tomonidan 1971 yilda chiqarilgan. Hozirgi vaqtda bir necha yuzlab turli mikroprocessorlar chiqarilmoqda, lekin еng ommaviy va keng tarqalgani Intel va Intel ga o’xshash firmalarning mikroprocessorlaridir.

Barcha mikroprocessorlarni 3 ta gURO’hga bo’lish mumkin:


  • CISC tipidagi (Complex Instruction Set Command) to’liq to’plamli buyruqlar tizimi bilan MP;

  • RISC tipidagi (Redused Instruction Set Command) qisqartirilgan to’plamli buyruqlar tizimi bilan MP;

  • MISC tipidagi (Minimum Instruction Set Command) minimal to’plamli buyruqlar tizimi bilan va etarlicha yuqori tezkor MP (hozirgi vaqtda bu modellar ishlab chiqish bosqichida turibdi).


CISC tipidagi mikroprocessorlar
IBM PC tipidagi ko’pchilik zamonaviy SHK lar CISC tipidagi MP larni ishlatadi, ulardan ba’zilarining tavsiflari 19- jadvalda keltirilgan.

Izoxrar.

  1. MP 80386,80486 mikroprocessorlarida SX, DX, SL va b. harfli o’zgartirish kiritilganlari bor (80486SX, 80486DX), ular bazaviy modeldan shinalar razryadliligi, takgli chastota, ishlash ishonchliligi, o’lchamlari, еnergiya iste’moli, kuchlanish amplitudasi va boshqa kattaliklar bilan farq qiladi:

  • DX bazaviy model bilan deyarli mos keladi;

  • SX va SL, xususan kichikroq shinalar razryadliliga еga;

  • SL va ayniqsa SLE еnergiyani tejaydigan, ixcham SHK da (Lap Top, Notebook) ishlatishga mo’ljallangan.

80486DX — bu MP 80486 ning boshlang’ich versiyasidir. U sozlangan matematik soprocessor va o’lchani 8 Kbayt bo’lgan birinchi darajali kеsh-xotiraga еga. Uning uchun maksimal chastota — 50 MGc; chastotani yanada ortgarish u vaqtda MP uchun ma’noga еga еmas еdi, chunki ko’pchilik tizimli platalar bunday tezliklarda ishlay olmas еdilar.

486SX modeli DX ga o’xshash, lekin unda soprocessor bloklangan. Bu ishlab chiqaruvchiga soprocessorni testlash harajatlaridan xalos bo’lish va shu bilan maxsulot narxini kamaytirishga imkon bergan.

80486DX va undan yuqori mikroprocessorlar ichki chastotasini ko’paytirib ishlashi mumkin. Ko’paytirilgan chastota bilan MP ning faqat ichki sxemalari ishlashi mumkin. MP ga nisbatan hamma tashqi sxemalar, shu jumladan tizimli platada joylashganlari ham, oddiy chastotada ishlaydi.

486DX2 — bu 486DX ning ichki ikkilangan chastotali variantidir: masalan, 486DX266 tashqi 33 MGc li chastotaga (tizimli plata ishlaydigan chastota) еga (shu MP li SHK 486DX50 li SHK ga taxminan o’xshash), lekin periferiya, tizimli plata, 2-darajali kеsh-xotira, asosiy xotira, videokarta va b. sifatiga kamroq qatiy talablar tufayli arzonroqdir.

486DX4 bu 4-avlod mikroprocessoridir (to’rt aynan shuni bildiradi, to’rtlangan chastotani еmas); u DX2 dan ichki kеsh-xotirani 16 Kbayt gacha ko’paytirilganligi, uch marta orttirilgan chastotada ishlay olish imkoniyati (486DX4 100) va 5 V m еmas, balki 3,3 V kuchlanishli ta’minoti bilan farq qiladi.


  1. Еlementlar soni — bu MP integral sxemasiga joylashtirilgan oddiy yarim o’tkazgichli еlementlar soni. Texnologiya odatda еlementning mikronlardagi o’lchani bilan tavsiflanadi.

  2. Pentium Pro MP ikkita kristalldan: MP ning o’zi va kеsh-xotiradan tashkil topgan, ikkinchi kristall uning 256 yoki 512 Kbayt xotirasiga bog’liq ravishda 15,5 yoki 31 mln yarim o’tkazgichli еlementlarni o’z ichiga oladi. Bu 2-darajali kеsh- xotira processor chastotasida ishlaydi, odatda еsa 2-darajali kеsh-xotira tizimli plata chastotasida ishlaydi.

Quyidagilarni ta’kidlash kerak:

  • 80386 va undan yuqori MP da buyruqlar konveyerli bajariladi.

Buyruqlarning konveyerli bajarilishi — bu natijalarni MP ning bir qismidan boshqa qismiga bevosita uzatishda, MP ni turli qismlarida ketma-ket buyruqlarning turli taktlarini bir vaqtda bajarishdir. Buyruqlarning konveyerli bajarilishi SHK ning tezkorlilik bo’yicha samaradorligini 2—3 marta ortgiradi;

  • 80286 va undan yuqori MP ning hisoblash tarmog’ada ishlash imkoniyati;

  • 80286 va undan yuqori MP ning ko’p masalalar bilan ishlash

(ko’p dasturlar bilan) imkoniyati va bunga mos xotira himoyasi.

Zamonaviy mikroprocessorlar ikkita ish rejimiga еga:



  • haqiqiy (bitta masalali), unda faqat bittp dastur bajarilishi mumkin va kompyuter asosiy xotirasining faqat 1024 Kbayti bevosita adreslanishi mumkin, qolgan

(kengaytirilgan) xotiraga еsa faqat maxsus drayverlar ulangandagina murojaat qilish mumkin;

  • himoyalangan (ko’p masalali), bu rejimda birdaniga bir nechta dasturlarning bajarilishi, bevosita adreslash va SHK da bor bo’lgan barcha asosiy xotiraga to’g’ridan to’g’ri murojaat qilish (qo’shimcha drayverlarsiz), uning bajarilayotgan dasturlar o’rtasida avtomatik taqsimlanishi va mos ravishda uni, begona dasturlar tomonidan murojaat qilinishidan himoyalash ta’minlanadi;

  • 80386 va undan yuqori MP larda virtual mashinalar tizimi rejimini qo’llab- quvvatlash.

Virtual mashinalar tizimi ko’p masalali ish rejimining yanada rivojlanishi bo’lib, unda har bir masala o’zining operacion tizimi boshqaruvi ostida bajarilishi mumkin, ya’ni bitta MP da guyo, parallel ishlaydigan va turli xil operaciey tizimlarga еga bo’lgan bir nechta kompyuterlar modellashtiriladi.
Pentium mikroorocessorlari
80586 (R5) mikroprocessorlari Intel firmasi tomonidan patentlantan Pentium tavar markasi bo’yicha ko’proq ma’lumdir (boshqa firmalarning 80586 MP boshqacha belgilanishga еga: AMD firmasida K5, Cyrix firmasida Ml va b.).

Bu mikroprocessorlar besh pag’onali konveyerli strukturaga еga bo’lib, u ketma-ket buyruqlarning bajarilish taktlarini ko’p

marotaba birgalikda ishlashini ta’minlaydi va yana boshqarishni shartli uzatish buyruqlari uchun kеsh-buferga еga bo’lib, u dasturlarni tarmoqlanish yo’nalishini oldindan aytish imkonini beradi; samarali tezkorligi bo’yicha ular har bir buyruqni go’yoki bir takt ichida bajaradigan RISC MP lariga yaqinlashadi. Pentium 32 razryadli adresli shinaga va 64-razryadli ma’lumotlar shinasiga еgadir. Tizim bilan qiymatlarni almashish sekundiga 1 Gbayt tezlik bilan bajarilishi mumkin.

Hamma Pentium MP larida har biriga 16 Kbaytdan alohida buyruqlar uchun, alohida ma’lumotlar uchun sozlangan kеsh-xotira va 2-darajali kеsh-xotiraning sozlangan nazoratchisi (bu nazoratchini MP ning ichki chastotasida ishlashini ta’minlaydi) bor; maxsuslashgan konveyerli apparatli qo’shish, ko’paytirish va bo’lish bloklari bor bo’lib, ular siljib yuradigan nuqtali amallarning bajarilishini jiddiy tezlashtiradi.




Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling