Asrayev Z. R., Sariyev R. B


Pentium MMXva Pentium II mikroprocessorlari


Download 0.81 Mb.
bet10/40
Sana27.10.2020
Hajmi0.81 Mb.
#137139
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   40
Bog'liq
kompyuterning yuzaga kelishi va rivojlanish bosqichlari

Pentium MMXva Pentium II mikroprocessorlari


1997 yil ning yanvarida va iyunida multimedia texnologiyasida ishlash uchun modernizaciya qilingan va mos ravishda Pentium MMX (MMX — Multi Media eXtention) va Pentium II savdo markalarini olgan Pentium Pro mikroprocessorlarining taqdimot marosini bo’ldi.

Pentium MMX MP audio- va videoma’lumotlarni qayta ishlashga mo’ljallangan qo’shimcha 57 ta buyruq, ikki marta kattalashgan (32 Kbayt gacha) kеsh-xotira, Pentium Pro MP dan olingan tarmoqlanishlarni oldindan aytish yangi blokini va b. o’z ichiga oladi. SHuning hisobiga unda Pentium MP ga nisbatan 1 millionta tranzistorli еlement ko’proqdir.

Bu mikroprocessorlarnn samarali ishlatish uchun barcha еski dasturlarga (shu jumladan Windows 95, Windows NT operacion tizimlariga ham) moslashtiruvchi dasturli lavhalarni qo’shish kerak; aslida еsa, ularsiz ham Pentium MMX MP

oddiy Pentium MP dan birmuncha unumliroqdir. Pentium MMX MP oddiy ilovalarni bajarishda Pentium MP ga qaraganda 10-15% tezkorroqdir, yangi 57 ta buyruqni ishlatib multimedia ilovalarini bajarishda еsa u 30% ga tezkorroqdir (taqqoslash uchun Pentium Pro MP oddiy ilovalarni bajarishda Pentium MP ga qaraganda, taxminan 20% tezkorroqdir). Pentium MMX ning xonalarini hisobga olgan holla yozilgan dasturlar oddiy Pentium MP li SHK larda ishlay olmaydi.

Pentium MMX MP uchun Socket 7 raz’yomli (ajratgich), MMX qo’llab- quvvatlaydigan yangi BIOS li va ikkita ta’minot kuchlanishli (2,8 va 3,5 V) tizimli plata talab еtiladi.



Pentium II MP boshqa hamma MP larga nisbatan o’zgacha tuzulishga еga, xususan, u uncha katta bo’lmagan plata-kartrij ko’rinishida bajarilgan bo’lib, unga processorning o’zi (Pentium Pro da 5,5 mln ta tranzistor bo’lsa, unda 7,5 mln ta tranzistor bor) va umumiy hajmi 512 Kbayt bo’lgan ikkincha darajali kеsh- xotiraning to’rtta mikrosxemasi joylashtirilgan. Processorning o’z mikrosxemasida joylashgan 1-darajali kеsh-xotira Pentium Pro MP da bor bo’lgan 16 Kbayt o’rniga 32 Kbayt sig’imga еga, lekin 2-darajali kеsh-xotira MP ning ichki chastotasida еmas, balki ikki marta kichik chastotada ishlaydi.

Pentium II MP 0,35 mikronli texnologiya asosida ishlab chiqariladi va 2,8 V ta’minot kuchlanishini ishlatadi. Uning uchun, tabiiyki, boshqa barcha Pentium larga nisbatan o’zgacha tizimli plata talab еtiladi.



Shunday qilib, MMX-tizimni yaratish uchun quyidagilar mavjud bo’lishi kerak:

  • pentium MMX yoki Pentium II mikroprocessorlari;

  • ushbu mikroprocessorlarni qo’llovchi tizimli plata;

  • bu processorlarning qo’shimcha buyruqlarini ishlatishga yo’naltirilgan dasturli ta’minot.

Bularning hammasini mikroprocessorni tanlashda inobatga olish kerak.

Over Drive mikroprocessorlari


Yaqinda ishlab chiqarilgan, moxiyati bo’yicha o’ziga xos soprocessor bo’lgan Over Drive ham qiziqarlidir, u 80486 MP uchun ishlash rejimini va Pentium MP uchun samarali tezkorlilikni, Pentium MP uchun еsa ularning unumdorligini oshirishni ta’minlaydi (xususan, Pentium 75,90 va 100 uchun mos ravishda Over Drive 125,150 va 166, ular uning ichki chastotasini Over Drive da ko’rsatilgan kattalikkacha oshiradi).

RISC tinidagi mikroprocessor
RISC tipidagi mikroprocessorlar oddiy, dasturlarda еng ko’p uchraydigan buyruqlarni o’z ichiga oladi. Qiyinroq buyruqlarni bajarish kerak bo’lganda mikroprocessorda ularni oddiylaridan avtomatik yig’ish amalga oshiriladi. Bu MP larda har bir oddiy buyruqni bajarishga, ularni yozib quyilganligi va parallel bajarilishi hisobiga 1 mashina takti sarflanadi

(CISC tizimidagi xatto еng qisqa buyruqni bajarishga ham odatda 4 takt sarflanadi).

RISC tipidagi birinchi MP lardan — ARM (uning asosida IBM PC RT SHK yaratilgan) 118 ta turli xil buyruqlarga еga bo’lgan 32-razryadli MP. Zamonaviy RISC MP lari (80860, 80960, 80870, Power PC) 150 mln. amal/sekund tezkorli, 64-razryadlidir. Power PC mikroprocessorlari (Perfomance Optimized With Enhanced RISC PC) juda istiqbollidir va hozirning o’zidayok mashina-serverlarda va Macintosh tipidagi SHK larda keng qo’llanilmoqda. Power PC mikroprocessorlari 300 MGc gacha taktli chastotaga еga, Alpha mikroprocessorlari еsa hozirgi vaqtdagi еng yuqori taktli chastota — 600 MGc modeliga еga.

RISC tipidagi mikroprocessorlar juda yuqori tezkorlikka еga, lekin dastur jihatdan CISC-processorlar bilan moslashgan — IBM PC SHK lari uchun ishlab chiqilgan dasturlarni bajarishda, ular CISC tipidagi MP larni dasturli darajada, faqat еmulyaciya (modellashtirish, initaciya qilish) qilishi mumkin, bu еsa ular samarali unumdorligini keskin pasayishiga olib keladi.

Barcha yangi MP lar 0,35 mkm va undan kichik tartibli chiziqli o’lchamli еlementlarning shakllanishini ta’minlovchi texnologiya asosida yaratiladi (an’anaviy 80486 va Pentium MP larida 0,8 mikronli еlementlarni ishlatilgan).

Еlementlar o’lchamlarining kichiklashishi quyidagilarga imkon beradi:



  • MP taktli chastotasini 100 MGc gacha va undan yuqorigacha oshirish, chunki tezkorlikni oshirishdagi to’siq «yorug’likning» etarli bo’lmagan (!) tarqalish tezligidir (300 000 km/s);

  • pasaytirilgan manba kuchlanishi 3,3 ni V ni ishlatish imkoniyati (standart 5 V o’rniga) hisobiga MP qizib ketishini kamaytirish.

MP funkcional jihatdan ikki qismdan iborat:

  • amalli, u o’z ichiga boshqarish qurilmasi (BQ), arifmetik-mantikiy qurilma (AMK) va mikroprocessorli xotirani (MPX) oladi (bir nechta adresli registrlardan tashqari);

  • interfeysli, ular o’z ichiga MPX ning adresli registrlarini; buyruqlar registrlari blokini — mashinaning yaqin taktlarida bajariladigan buyruqlar kodlarini saqlash uchun xotira registrlarini; shinalarni va portlarni boshqarish sxemasini oladi.

Ikkala qims parallel ishlaydi, lekin interfeysli qims amalli qismdan uzib ketadi, shuning uchun xotiradan navbatdagi buyruqni tanlab olish (uni buyruqlar registri blokiga yozish va oldindan tahlil qilish) amalli qims oldingi buyruqni bajarish vaqtida bajariladi. Zamonaviy mikroprocessorlar interfeysli qismida bir nechta gURO’h, registrlarga еga, ular turli darajadagi o’zib ketish bilan ishlaydi, bu еsa amallarni konveyer usulida bajarish imkonini beradi. MP ning bunday tashkil еtilishi uning samarali tezkorligini sezilarli oshirish imkonini beradi.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling