Assalom, Yangi yil Kamola


Download 22.21 Kb.
bet1/8
Sana05.01.2022
Hajmi22.21 Kb.
#204808
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Assalom


Assalom, Yangi yil

Kamola :

Assalom, Yangi yil,yangi rejalar,

Yangi o’y-rejali kunduz-kechalar!

Yangilik yaratgan qo’llar bor bo’ling.

Yaxshilik chorlagan yillar bor bo’ling!

Maqsuda:

Assalom, Yangi yil,yangi kashfiyot

Mo’l bo’lsin senda baxt-saodat ziyoda,

Barchaning orzusi ushalsin,do’stlar,

Mehrdan poyondoz to’shalsin,do’stlar!

Kamola:

Assalomu alaykum,aziz mehmonlar,hurmatli ustozlar,Yangi yil bayramini intiqlik bilan kutgan bolajonlar!



Maqsuda:

Barchalaringizni eshik qoqayotgan Yangi yil bayrami bilan chin dildan qutlaymiz!



Kamola:

Bor bo’ling,do’stlarim,qaro ko’zlarim,

Siz bilan dil obod,yorug’ yuzlarim,

Qalblarni qamragan sehrlar oshsin,

Qayg’uni haydagan mehrlar oshsin.

Maqsuda:

Yana kulib keldi Yangi yil,

Qordek oppoq orzular bisyor,

Ezgulikka yo’g’rilgan qalblar,

Davra qurib aytaylik alyor!

Kamola:

Azizlar! Endi e’tiboringizga bayram dasturimizni havola etamiz.



Maqsuda:

Voy, Kamola, nega buncha shoshasiz? Hali Qorbobo,Qorqiz,Yalmog’iz buvi tashrif buyurishmadilar-ku? Ularsiz bayram qandoq o’tarkin-a?



Kamola:

Qizishmang, Maqsuda,Qorbobo bilan Qorqiz mening qo’l telefonimga SMS yubordilar.Ular biroz kechikib kelarkanlar.Yalmog’iz buvi hammadan oldin yetib kelar edilar,negadir kechikyaptilar.



Maqsuda:

Qaranglar, Yalmog’iz buvimiz kelyaptilar.



Yalmog’iz:

To’xta, senlar mensiz bayramni boshlamoqchisanlarmi?



Kamola:

Yalmog’iz buvi, o’zimning buvijonim! Nega jahlingiz chiqyapti? Nima bo’ldi? Biroz charchagan ko’rinasiz, keling salgina dam oling.



Maqsuda:

Avvalo, Assalomu alaykum,Yalmog’iz buvi!




Download 22.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling