Hamma:
Och qoladi.
Qorqiz:
Barakalla! Topinglarchi, dunyoda eng yovuz kishi kim?
Hamma:
Yalmog’iz!
Qorqiz:
Yo’q, topolmadinglar! Dunyodagi eng yovuz kishi bu ezma kishidir.
Kamola:
Navbat topishmoqlarga!
( Topishmoqlar aytiladi,keyin sahnada “We wish you are Merry Christmas” kuyi yangrab, raqs ijro etiladi)
Qorbobo:
Barakalla,qizlarim, qanday ajoyib raqs! Yalmog’iz, sen bizdan oldinroq kelding, Mabodo, bilmadingmi, 2021-yil qanday nomlanibdi?
Yalmog’iz:
Men qanday bilay, nafaqaxo’r bo’lsam, o’rmondagi radio buzilgan, gazeta-jurnal bo’lmasa!
Qorqiz:
Lekin , siz doim internetda onlinesiz-ku, axir siz “VIP” tasiz-ku! Nahotki,bilmasangiz?
Mayli, kim biladi 2021 yil qanday nomlandi?
Hamma: 2021-yil “Xalqaro Sog’liqni Saqlash Xodimlari yili”
Qorbobo:
O’zbekiston jannatmonand o’lkaga aylansin. Mening azizlarim! Endi men bilan Qorqizga javob bersangiz.Bizlar yana boshqa tashkilotlarga taklif qilinganmiz. Ular ham bizni intizorlik bilan kutishyapti! Xayr! Bayramingiz ko’ngilli o’tsin!
(Qorbobo va Qorqiz chiqib ketishadi)
Maqsuda:
Shuning bilan Yangi yil tantanalariga bag’ishlangan bazmimiz o’z nihoyasiga yetdi.
Kamola:
Xush kelibsan,elimizga,Yangi yil,
Ziyo sochgin yo’limizga,Yangi yil,
Zafar keltir, tinchlik, omonlik,
Quvonch keltir, elimizga, Yangi yil!
Maqsuda:
Yurtim dunyo turgincha tursin,
Yosh ko’ngillar yayrasin,kulsin.
Jahin ahli tashna mehrga,
Barchamizga omad yor bo’lsin!
(Oxirida “Yangi yil” qo’shig’i).
Do'stlaringiz bilan baham: |