Yalmog’iz:
Vaalaykum assalommas.
To’polonchilar:
Namaste, unaqa emasde.
Yalmog’iz:
Pishtay,pishtay,Namaste emish-a, Namaste pamastelaringizni ko’zinngga ko’rsataman. Agar saloming bo;lmaganda, 2 yamlab , 1 yutardim.
Kamola:
Yalmog’iz buvijonim, aylanib ketay o’zim sizdan. Avlod-ajdodlaringizdan o’zim aylanay!
Yalmog’iz:
O! Mening avlod-ajdodlarimga til tekkizma! Enangni Uchqo’rg’ondan ko’rsataman-a! Dadam rahmatlining dadalarining dadasi xo’jalardan bo’lganlar. Ti etogo ponimaysh?
Maqsuda:
Ha buvijon, ponimat qilamiz!
Kamola:
Buvijon, tinchlaning, axir siz bizning mehmonimiz-ku! Aytganlaringizning barchasini bir pasda muhayyo qilamiz.
Maqsuda:
Buvijon, nega bizning sinfdoshlarimizni quvib yuribsiz?
Yalmog’iz:
Hali bular sizlarning maktabingizda o’qishadimi? Bular sinfxonaning oldida lanka tepishayotgan ekan. Qo’llarida sotka, kimlar bilandir yarim soatlab gaplashib turishdi. Menimcha, bular “ ikki” chilar bo’lsa kerak-a?
To’polonchilar:
Yalmog’iz buvi! Bizni hadeb yerga uravermang, biz har doim “ ikki” olavermaymiz, onda-sonda “uch” ham olib turamiz!
Maqsuda:
Yalmog’iz buvi, sinfdoshlarimizni nega o’g’ri deyapsiz?
Yalmog’iz:
Bularning ko’zlari olazirak,hoynahoy ular Qorqizning sehrli sandiqchasining kalitini olib qochganlar.
To’polonchilar:
Yo’q, biz o’g’rilik qilmadik!
Yalmog’iz:
O’chir ovozingni! Bo’lmasa, tilingni yulib,ko’zingni o’yib olaman.
Kamola:
Buvijon, bularni kechiring,bugun bayram. Bu xatolarini boshqa takrorlashmaydi.
Yalmog’iz:
Ho, kechiraymi? O’lmasa,bularga hozir mantiqiy topishmoq beraman,maylimi?
Do'stlaringiz bilan baham: |