2. Pedagogik qobiliyatning asosiy turlari. - 2. Pedagogik qobiliyatning asosiy turlari.
- 1. Bilish qobiliyati - fanning tegishli sohalariga oid qobiliyatdir. Bunday qobiliyatga ega bo‘lgan o‘qituvchi fanni o‘quv kursi hajmidagina emas, balki ancha keng chuqurroq biladi, o‘z fani sohasidagi kashfiyotlarni hamisha ko‘zatib boradi.
- 2. Tushuntira olish qobiliyati - o‘qituvchining o‘quv materialini o‘quvchilarga tushunarli qilib bayon etishi, material yoki muammoni ularga aniq va tushunarli qilib aytib berish, o‘quvchilarda mustaqil ravishda faol qiziqish uyg‘otish qobiliyatidir.
- 3. Kuzatuvchanlik qobiliyati - o‘quvchining tarbiyalanuvchining ichki dunyosiga kira olish qobiliyati o‘quvchi shaxsini va uning vaqtinchalik ruhiy holatlarini juda yaxshi tushuna bilish bilan bog‘liq bo‘lgan psixologik ko‘zatuvchanlikdir.
- 4. Nutq qobiliyati - nutq yordamida shuningdek imo-ishora vositasida o‘z fikr va tuyg‘ularini aniq va ravshan ifodalash qobiliyatidir.
5. Tashkilotchilik qobiliyati - birinchidan o‘quvchilar jamoasini uyushtirish muhim vazifalarini hal etishga ruhlantirishni, ikkinchidan o‘z ishini to‘g‘ri uyushganligini nazarda tutadi. - 5. Tashkilotchilik qobiliyati - birinchidan o‘quvchilar jamoasini uyushtirish muhim vazifalarini hal etishga ruhlantirishni, ikkinchidan o‘z ishini to‘g‘ri uyushganligini nazarda tutadi.
- 6. Obro‘ orttira olish qobiliyati - o‘quvchilarga bevosita emotsional irodaviy ta’sir ko‘rsatish va shu asosda obru orttira olishdir.
- 7. Kommunikativ - to‘g‘ri muomala qila bilish qobiliyati.
- 8. Kelajakni ko‘ra bilish qobiliyati - o‘z harakatlarining oqibatlarini oldindan kurishda, o‘quvchining kelgusida qanday odam bo‘lishi haqidagi tasavvur bilan bog‘liq bo‘lgan shaxsni tarbiyalab yetishtirishda, tarbiyalanuvchining qanday fazilatlarini taraqqiy etishini oldindan aytib bera olishda ifodalanadigan maxsus qobiliyat.
- 9. Diqqatni taqsimlash qobiliyati - o‘qituvchi uchun diqqatning barcha xususiyatlari hajmi, kuchi, idora qilina olishi ham taraqqiy etgan bo‘lishi muhimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |